Dinshunoslik ma'ruza doc


Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar. 
Oktabr to'ntarishidan keyin dastlabki 
davrlarda vijdon erkinligi masalasini, ya'ni davlat va din o'rtasidagi yangi munosabatni izchillik bilan 
amalga oshirishga harakat qilindi. Bu sohada 1918 yil 23 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi 
tomonidan e'lon qilingan «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g'risida»gi dekret 
dastlabki qadam bo'ldi. Bu dekretda davlat organlari yoki diniy tashkilotlar tomonidan fuqarolarning 
vijdon erkinligiga zo'rlik va tazyiq ko'rsatishning har qanday ko'rinishlariga chek qo'yish; ularga dinga 
bo'lgan munosabatlarini amalga oshirishda to'la erkinlik berish; dinga munosabat bilan bog'liq bo'lgan 
shaxsning huquqlarini ilgarigidek cheklab ko'yishlarni bekor qilish; hamma rasmiy aktlarda dinga 
bo'lgan mansublik shartlarini olib tashlash asosiy maqsad ekanligi qayd qilingan edi. Diniy 
tashkilotlarga o'z funksiyalarini to'la amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi 
lozimligi alohida uqtirib o'tilgan. Shunday qilib, dekret asosida har bir kishiga xohlagan dinga e'tiqod 
qilish yoki e'tiqod qilmaslik huquqi berilgan. Dekret Sovet davlatining dinga nisbatan munosabati negizi 
bo'lib, uning asosiy g'oya va prinsiplari ittifoqdosh respublikalar Konstitusiyalari va shu sohadagi 
qonunlarida o'z ifodasini topgan va keyinchalik bularni rivojlantirishga xarakat qilingan. Jamiyatda yuz 
bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o'zgarishlar. Millionlab mehnatkashlarning bundan 
buyongi turmush tarzida ularning dunyoqarashlariga, ma'naviy hayotiga ham sezilarli ta'sir etgan. 
Hayotni qayta qurish, madaniy inqilobni amalga oshirish, odamlarni eskilik sarqitlaridan xalos qilish 
va shu kabi shiorlar ostida va ko'pincha ma'muriy va o'zboshimchalik yullari bilan minglab cherkov, 
masjid, ibodatxonalar, madrasa, seminariya, akademiyalar yopib qo'yildi, din peshvolari, ruhoniylar va 
ko'pgina dinga ishonuvchilar qatag'on qilindi. 
Bunday muhim jarayonlar ayniqsa chekka o'lkalarda, shu jumladan O'rta Osiyoda g'oyat keskin va 
dahshatli tus oldi. Birgina O'zbekiston hududida 24 mingdan ortiq masjid yopildi, ularning binolari 
bo'zilib tashlandi. Mahalliy aholi musulmonlari uchun aziz, muqaddas bo'lgan xalqning tarixiy va 
madaniy merosi hisoblangan yuzlab obidalar, maqbaralar, masjidu madrasalar xarobalarga aylantirildi. 
Toshkent shahridagi 26 madrasadan 1930 yilda 23 tasi bo'zib tashlandi. Dindorlik uchun odamlar 
quvg'in qilindilar, ularning molu mulklari ayovsiz musodara etildi. Bunday qonunsizliklarga 
chidolmayYU shahar va qishloq aholisidan anchagina qismi qo'shni mamlakatlar – Afg'oniston va 
Sharqiy Turkiston (Uyg'uristonga) qochib ketishga majbur bo'ldi. Aholini «tezroq savodxon va ma'rifatli 
qilish» bayrog'i ostida asrlar bo'yi xalqning madaniy boyligi, ma'rifat quroli, milliy g'ururi bo'lib kelgan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


arab alifbosiga asoslangan yozuv bekor qilinib, 11 yil ichida (1929-1940 yillarda) avval lotin, so'ng rus 
alifbolari majburiy joriy etildi. Bu katta ma'naviy falokat edi. Albatta, chunki mahalliy xalqlar bu bilan 
o'z o'tmishidan, boy tarixiy va madaniy merosidan, ajdodu avlodlari yaratgan boyliklardan mahrum 
bo'lishga mahkum etildi. qadimiy madaniyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan zamin, dunyoga mashhur olimu 
mutafakkirlar yetishtirib bergan xalqlar endi «savodsiz», «qoloq», «madaniyatsiz» ga chiqarib qo'yildi. 
Agar 1984 yilda mamlakat bo'yicha hammasi bo'lib 7 ta musulmon uyushmasi ro'yxatdan o'tkazilgan 
bo'lsa. Keyingi to'rt yil mobaynida jami bo'lib butun mamlakat bo'yicha 18 masjid ochildi, xolos. Ammo 
buning natijasida dindorlik kamaygani yo'q. Din mahalla, xonadonlar, kishilar qalbiga, ichki dunyosiga 
yanada chuqurroq kirib boraverdi. Ruxsat etilmagan ibodatxonalar, masjidlar, «maxvfiy» diniy 
maktablar soni ko'payaverdi. Shunday qilib, dinga nisbatan qo'llanilgan ko'p yillik ma'muriy-zo'ravonlik 
siyosati vijdon erkinligi tamoyillarini qo'pol ravishda buzdi, butun jamiyatga, shu jumladan 
O'zbekistonga juda katta zarar keltirdi. Faqat mustaqillik sharofati bilan yuqorida qisqacha tavsiflangan 
ma'muriy ateizmga va qonunbuzarliklarga barxam berildi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə