Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Horijiylar. 
(Al-xavorij) Bu oqimning nomi «chiqish», «qarshi bo'lish», «isyonchilar» ma'nolarini 
anglatuvchi arabcha «xaraja» so'zidan olingan. Bu oqim islomdagi ilk sektalardan hisoblanadi. U Ali bilan 
Muoviya o'rtasida xalifalikning oliy lavozimini qo'lga kiritish uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida 
paydo bo'lgan. 
Xorijiylar 661 yili Alini o'ldirishgan. Muoviya xukmronligi yillarida (661-680) va undan keyin 
xorijiylarning yirik qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Ular X asr Shimoliy Afrikada hatto o'z davlatlarini – 
rustamiylar sulolasini ham o'rgatishga muvaffaq bo'lishgan. Xorijiylar o'z davrida birmuncha demokratik 
shiorlarni ilgari surishgan. Bu oqim tarafdorlari hozirgi paytda avvalgi siyosiy faolligini yo'qotganyu ular 
Jazoir, Umon, Tanzaniya, Livan kabi mamlakatlarda uchraydi. 
Sufizm – 
islomdagi yirik oqimlardan biridir . uni sufiylik yoki tasavvuf ham deyiladi. Bu islomdagi 
diniy-mistik falsafiy oqim bo'lib, ta'limotning asosiy ma'nosi islom va xudoga munosabatdir. Zohidlik va 
mistik asosga qurilgan bu oqim ruhiy kamolotga erishishning asosiy yullari 4 bosqichdan iborat deb 
hisoblangan. Bular shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatdan iborat bo'lib, har bir bosqichning murakkab talablari 
musulmonlar umrini tamoman qamrab olgan 
Sufiylik iqimi tariqatlari o'rta asrlarda har xil joylarda turli ko'rinishda bo'lgan. Masalan, O'rta 
Osiyoda naqshbandiyliq yassaviyliq kubroviyliq Kavkazda - muridizm, Tataristonda – voisovchilar va 
boshqa tarlari tarqalgan. 
Zaydiylar. 
Feodal nizolar zaminida VIII asr o'rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh 
ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi 
740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bo'lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo'zg'oloniga boshchilik 
qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo'shinlari bilan bo'lgan 
jangda o'z tarafdorlari bilan birga halok bo'lgan. 
Zaydiylar 864 yili Eronning shimolida o'z davlatlarini to'zishgan. 901 yili esa ular Yamanda davlat 
xokimiyatini qo'lga olishgan. Bu davlat 300 yilgacha yashagan. Zaydiylar diniy ta'limotning shakllanishiga 
ishonishni, Qur'on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e'tiqodni amaliy harakat bilan 
mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko'pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o'z turmush 
tarziga ko'ra sunniylarga ham yaqin turgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə