Mirzo Ulug’bek ilm-fan homiysi



Yüklə 229,7 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.01.2023
ölçüsü229,7 Kb.
#98743
mirzo-ulug-bek-ilm-fan-homiysi



Mirzo Ulug’bek - ilm-fan homiysi
 
N.Allabergenov 
nurbek_allabergenov@mail.ru
Berdaq nomidagi QDU
 
 
Annotatsiya: 
Maqolada buyuk bobokalonimiz, buyuk olim, ma’rifatli hukmdor 
Mirzo Ulug’bekning shaxsi va jahon ilmiga qo’shgan hissasi haqida keltirilgan. 
Uning boshqaruv zamonidagi bir qator o’zgarishlar va yangilanishlar tahlil qilingan.

Kalit so’zlar: 
Temuriylar, Markaziy Osiyo, Movarounnahr, «Ziji jadidiy 
Ko’ragoniy», «Tarixi arba Ulus» 
Mirza Ulugbek is a patron of science 
N.Allabergenov 
nurbek_allabergenov@mail.ru 
KSU named after Berdak 
Abstract:
The article describes the personality of our great grandfather, great 
scientist, enlightened ruler Mirzo Ulugbek and his contribution to world science. A 
number of changes and updates during his administration are analyzed. 
Keywords:
Timurids, Central Asia, Movarounnahr, "Zizhi jadidi Koragoniy", 
"Tarihi arba Ulus" 
“Transoksianada Temurni o’rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’bek 
Samarqandda birinchi Akademiyaga asos soldi” Volter 
Bu buyuk tarix o’tgan davrlar ichida qanchadan-qancha jahongirlarni
qanchadan-qancha olim-u fuzalolarni ko’rdi. Ularning har biri o’z davrining 
buyuklari sanalgan, ularga alohida hurmat bilan qaralgan. Ayniqsa bizning Markaziy 
Osiyo mintaqamizda bunday buyuk zotlarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Bunday 
buyuk zotlardan biri Temuriyzoda Shohrux Mirzoning o’g’li Mirzo Ulug’bekdir. 
Mirzo Ulug’bek milodiy 1394-yili 22-mart kuni Sultoniya shahrida tavallud topdi. 
Mirzo Ulug’bek tug’ilgan paytda unga Muhammad Tarag’ay deb ism qo’yiladi, 
keyinchalik esa «Ulug’bek» degan tahallus beriladi. Mirzo Ulug’bek o’sha davrdagi 
Temur saroyidagi an’anaga ko’ra Saroy Mulkxonim tarbiyasiga beriladi. Mirzo 
Ulug’bek yoshligidan ilm-fanga juda qiziqgan, ko’plab kitoblarni o’qib juda tez 
savod chiqargan.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
401


Mirzo Ulug’bek juda yosh paytida ya’ni 15 yoshida Movarounnahr taxtiga 
o’tiradi va davlatni 40 yil boshqaradi. Mirzo Ulug’bek bir vaqtning o’zida adolatli 
podsho, ham aql-u tafakkurda tengi yo’q olim va ko’plab ma’naviy fazilatlarni o’zida 
mujasam qilgan buyuk shaxs edi. Mirzo Ulug’bek harbiy yurishlarni unchalik xush 
ko’rmaydi, uning harbiy yurishlari faqatgina yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarni 
bartaraf etish uchun tashkil qilingan. U ko’proq ilm-fan bilan mashg’ul bo’lgan, 
shahar va qishloqlarni obodonlashtirish bilan band bo’lgan. Misol qilib aytadigan 
bo’lsak Mirzo Ulug’bek 1417-yili Buxoroda, 1420-yili Samarqandda, 1432-1433-
yillari G’ijduvonda madrasalar barpo etadi
1
. Bu shundan dalolatki Mirzo Ulug’bek 
tabiatan tinchliksevar, vatanparvar, ilm-fanga, bunyodkorlikka mehri baland inson 
bo’lgan.
Mirzo Ulug’bek Samarqandni katta madaniyat va ilm-fan markaziga aylantirdi. 
Smarqand akademiyasiga asos soldi. Bu akademiya o’z davrining katta ilmiy 
dorulfununi hisoblangan. Unda diniy - Qur’oni Karim, hadis va tafsirdan tashqari, 
tabiiy fanlar - riyoziyot, xandasa, ilmi hay’at, tibbiyot, surat al-ard o’qitilgan. Bu 
akademiyada o’z davrining buyuk olimlari Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Al Koshiy, 
Ali Qushchi, Muiddin Al Koshiy, tib olimi Avaz Kirmoniy, Ismatillo Buhoriy, Kamol 
Badaxshoniy va boshqalar faoliyat olib borganlar, ko’plab ilmiy ishlar qilganlar
2

Mirzo Ulug’bek o’zi astranomiyadan tashqari she’riyat bilan ham muntazam 
shug’ullanib turgan, Alisher Navoiyning «Majolis un - nafois» (Nafis majlislar) va 
Abu Tohirxojaning «Samariya» asarlarida Mirzo Ulug’bek she’rlaridan ba’zi 
namunalar keltirilgan. «Muhit ut-tavorix» da olimnig zo’r musiqashunos ekanligi 
haqida ham ma’lumotlar qoldirilgan. Mirzo Ulug’bek davrida bir necha asarlar 
yangidan ko’chirilgan, arab va fors tilidan turkiy tilga tarjima qilingan. Shuni misol 
qilib keltirishimiz mumkinki, 1444-yili Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul- haqoyiq» 
nomli asari yangidan ko’chirilgan
3
.
Mirzo Ulug’bek o’zi asos solgan rasadxonasida ko’plab ilmiy kuzatishlar olib 
borgan. Bu kuzatishlar natijasida 1437-yili «Ziji jadidiy Ko’ragoniy» asari 
tugallangan. To’rt qismdan tashkil topgan bu asarning 2-qismi 22 bobdan iborat 
bo’lib 1018 ta yulduzning turg’un holati keltirilgan
4
. Bu asar astronomiyaga oid juda 
qimmatli ma’lumotlarni o’zida jamlagan katta ilmiy manbadir. Ushbu asar ko’p asrlar 
davomida astronomiya ilmida keng foydalanilib kelindi. Bu «Zij» ga ko’plab olimlar 
o’zining sharhini keltiganlar, bulardan eng mashhurlari: Abduvali Birjandiy, 
Qozizoda Rumiy, Mirim Chalabiylardir. Mirim Chalabiyning sharhi eng mukammal 
sharh hisoblanadi
5
. Yana shuni ham ta’kidlab o’tmoq joizki Mirzo Ulug’bekning 
1
Abdurahmon Abdurahmonov, «Ulug’bek Akademiyasi», T. «Qomuslar bosh tahririyati», 1994-y, 6-b. 
2
B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil, 121-b. 
3
B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil, 121-b. 
4
B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil, 124-b. 
5
B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil, 125-b. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
402


katta va boy o’n besh ming jilddan iborat kutubxonasi bo’lgan, ammo u hozirgacha 
topilmagan. Ulug’bek tarix ilmiga ham beqiyos hissa qo’shgan va ko’plab asarlar 
bitgan uning «Tarixi arba Ulus» (To’rt ulus tarixi) nomli asarida turklarning 
afsonaviy ota - bobolari hisoblangan Turkxon ibn Yofasdan to buyuk Amir Temur 
vafotigacha to’rt ulusga qaram bo’lgan mamlakatlarda sodir bo’lgan voqealar haqida 
hikoya qilinadi
6
. Mirzo Ulug`bek ning «Tarixi arba Ulus» asari 1425-yili yozib 
tamomlangan. Bu asar «Ulusi - arbayi Chingiziy» va «Tarixi - arba Ulus» nomlari 
bilan mashhur. Ammo Yevropa sharqshunos olimlari orasida birinchilar qatori bu 
asarni o’rgangan va uning qisqacha tarzdagi tarjimasini e’lon qilgan polkovnik Mayls 
yetarlicha asosga ega bo’lmasdan bu kitobni «Shajarat ul-atrok» («Turk xoqonlari 
shajarasi») deb ataydi
7
. Bu asar taxminan muqaddima va yetti bobdan iborat. «Tarixi 
arba Ulus»ning saqlanib qolgan nusxalariga qisqacha to’xtalib o’tsak. Hozirda uning 
qisqartirilgan to’rtta nusxasi mavjud bo’lib uning ikkitasi Angliyada, bir nusxasi 
Hindistonning Bankupur shahri kutubxonasida, to’rtinchi nusxasi AQSHning 
Xarbard universitetida saqlanadi
8
.
Mirzo Ulug’bekning ilmda qilgan katta kashfiyotlariga ko’plab olimlar, 
tarixchilar yuqori baho berganlar va o’zlarining iliq fikrlarini bildirganlar. O’z 
davrining yirik tarixchisi va davlat arbobi Abdurazzoq Samarqandiy O’z misralaridan 
birida Mirzo Ulug’bekni Handasa (geometriya) ilmida ham tenggi yo’q deb 
ta’riflaydi: 
Chun Ulug’bek Mirza dar ilmi handasa, 
Natovon yaft dar hazoron madrasa.
Ya’ni:
Handasa ilmida Ulug’bek Mirzodekni 
Minglarcha madrasalardan topib bo’lmaydi.
9
Buyuk o’zbek olimi Qori Niyoziy shunday yozgan edi: «Har qanday tarixiy 
shaxsning jahon maydonida paydo bo’lishi, hech qanday tasodifiy bo’lmay, balki 
uning ijodi ma’lum meros va ma’lum zamin asosida vujudga keladi. Shuning kabi, 
Ulug’bek ijodining zamini ham tasodifiy emas»
10
. Chindan ham Mirzo Ulug’bek 
olimlik va fozillikda tengi yo’q edi. Akademik V.V.Bartold Ulug’bek haqida shunday 
deydi: «Musulmon olamida uningdek podshoh mutlaqo bo’lmagan edi. U o’zining 
matematika, geometriya, falakiyot, tarix fanlarida qilgan olamshumul kashfiyotlari 
bilan ilm - fan sahifalarida o’chmas iz qoldirdi. Shuning uchun ham u yirik olimlar va 
adiblarninggina emas, balki barcha avlodning taqdir va tahsiniga sazovor bo’ldi». 
Mirzo Ulug’bekning buyuk ma’naviy merosi yetishib kelayotgan yosh avlodning 
6
B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil, 128-b.
7
B.Ahmedov, N.Norqulov, M.Hasaniy. «Mirzo Ulug’bek To’rt Uus tarixi», T. «Cho’lpon» , 1994-y, 4-bet. 
8
B.Ahmedov, N.Norqulov, M.Hasaniy. «Mirzo Ulug’bek To’rt Uus tarixi», T. «Cho’lpon» , 1994-y, 4-bet. 
9
B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil, 120-b. 
10
B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil, 122-b. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
403


ma’naviyatini, 
ma’rifatini 
o’stirishda 
va 
tarbiyalashda, 
dunyoqarashini 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan biz yoshlar buyuk 
bobomizning boy ma’naviy merosini asramog’imiz va kelajak avlodga asl holida 
yetkazmog’imiz darkor. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Abdurahmon Abdurahmonov, «Ulug’bek Akademiyasi», T. «Qomuslar bosh 
tahririyati», 1994-y. 
2. B.Ahmedov, «Tarixdan saboqlar», T. «O’qituvchi», 1994-yil. 
3. B.Ahmedov, N.Norqulov, M.Hasaniy. «Mirzo Ulug’bek To’rt Uus tarixi», T. 
«Cho’lpon» , 1994-y. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
404

Yüklə 229,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə