Arab mamlakatlarida so’zlashuv lahjalari annotatsiya



Yüklə 15,3 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü15,3 Kb.
#136694
Xusnidinova Nozima


Xusniddinova Nozima Mansur qizi
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Filologiya va tillarni o’qitish yo’nalishi
2-kurs talabasi
ARAB MAMLAKATLARIDA SO’ZLASHUV LAHJALARI
Annotatsiya: Hozirgi kunda arab adabiy tili va lahjalariga qiziqish oshib bormoqda. Ushbu tezisda arab tili va uning hozirgacha o’zgarmasdan saqlanib kelganligi, lahjalar haqida, qanday qilib bir butun tildan juda ham ko’p lahjalar vujudga kelganligi va eng asosiy qismda eng mashhur Misr lahjasi haqida fikr yoritiladi.
Kalit so’zlar: arab adabiy tili, lahja, qabilalar, til, “Islom fathi”, xalifalik, som tillar oilasi, arab davlatlari, muloqot vositasi, talaffuz, grammatika, leksik, fonetik.
KIRISH
Arab tili fasohat va balog’at tili hisoblanadi. Ushbu til somiy tillar oilasiga mansub bo’lib, bu tilda 422 mlndan ortiq kishi so’zlashadi va dunyoda eng ko’p gaplashiladigan beshinchi tildir.[1] Arab tili 16 asrdan ko’proq vaqt davomida o’z shaklini saqlab qolgan kam sonli tillardan biridir. Tadqiqotchilar: “Arablarning tili uzoq vaqt soyada qoldi, chunki yozma ifodasi yo’q edi”, - deya ta’kidlashadi. Chunki, islom dini kirib kelgunga qadar arab tili faqat og’zaki tarzda bo’lgan. She’riyat bilan shug’ullanuvchi arablar she’rlarini kitob ko’rinishiga keltirmaganlar. Islom dini kirib kelgandan keyin asta-sekin yozma tarzga ko’cha boshladi. Birinchi manbalar Qur’on va hadislardir. Ko’plab mavjud bo’lgan arab qabilalarining parchalanishiga qaramay, islomning paydo bo’lishi, tarqalishi va Qur’on tiliga bo’lgan ishtiyoq bu tilni saqlanib qolishiga katta sabab bo’ldi. Ammo shu bilan birga, turli qabilalar tilining sofligi masalasi ko’tarildi.
ASOSIY QISM
Lahja -- umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar tomonidan ishlatiladigan, yaxlit lisoniy tildan ajralib turuvchi vositasidir.[2] Arab shevashunosligiga qizish IX asrdan boshlandi. Arablar ham o’z shevalarining farqini seza boshladilar. Arab tilida lahjalar yuzaga kelishining eng katta sabablaridan biri bu arab tiliga boshqa bir tilning ta’sir etishiga borib taqaladi. “Islom fathi” sodir bo’lganidan keyin ko’plab mamlakat va qabilalarga islom va shu bilan birgalikda arab tili ham kirib bordi. Tabiiyki, xalifalik arablar hukumatiga tegishli bo’lgan va bir qancha arab aholisi ham xalifalik hududlariga ishlash, kun kechirish, savdo-satiq va bir qancha maqsadlarga ko’ra yashab qolganlar. O’z-o’zidan ikki tomon yaqin tarzda hayot kechirishlari, turmush masalalari tufayli bir til ikkinchi tilga o’zaro ta’sir o’tkazgan. Ushbu “Islom fathi” yuzaga kelgan hududlardagi aholining asl tillari som tillari oilasi turiga mansub va arab tiliga yaqin bo’lgan. Xalifalikning uzoq muddat saqlanib qolishi, tillar o’zaro bir-biriga yaqin bo’lishi va yaqin tarzdagi hayot muhiti vaqt o’tishi bilan arab bo’lmagan xalqlarning arablashishiga sabab bo’lgan. Shuningdek, asli arab bo’lmagan xalqlarning tillaridagi so’zlar, talaffuz va arab tili aralashishuvi tufayli har bir hududda o’ziga xos turli xil lahjalar paydo bo’la bo’shlagan. Misol uchun: Al-Johiz ta’kidlashicha shahar aholisi o’zlariga o’rnashgan qabilalarning lahjalariga qarab gapirgan. Abu Xoldun(1332-1406) o’zining muqaddimasida o’troq va ko’chmanchi badaviylar nutqidagi farqlarga atab bir bob yozadi va har birining mintaqasi o’z lahjasiga ega ekanligi aytadi. Sharqiy va G’arbiy lahjalar bir-biridan farq qilishini, shuningdek Andolusey lahjasi boshqalardan ajralib turishini ta’kidladi. Uning aytishicha, tildagi bunday o’zgarishlar fath bo’lmagan hududlarning arab bo’lmagan aholisi bilan aloqa qilish natijasidir.
Bugungi kunga kelib, dunyoda arab tili davlat tili darajasiga ko’tarilgan 22 ta davlat mavjud. Bu davlatlarning har birida o’ziga xos va bir-biridan keskin farq qiluvchi arab lahjalaridan foydalanadilar. Eng ko’p tarqalgan lahjalar: Hijoz, Iroq, Suriya, Misr va Mag’rib lahjalaridir. Shu lahjalar ichida arab tiliga yaqini Suriya lahjasi hisoblanadi. Arab adabiy tilidan kattagina farq qiluvchi lahja Mag’rib lahjasi.
Misr lahjasi arab tili lahjalarining sharq guruhiga kiradi. U arab adabiy tilidan fonetik, leksik va grammatik qurilishi jihatidan farq qiladi. Misr lahjasi Misr Arab Respublikasi aholisining barcha qatlamlari uchun oddiy kundalik so’zlashuvdan tortib, hattoki rasmiy muzokaralarda og’zaki shakldagi muloqot vositasidir. Misr lahjasi kino, teatr, radio eshittirish, televizion ko’rsatuvlar, badiiy adabiyot va davriy matbuotda arab adabiy tili bilan birga qo’llanib kelinmoqda.[3] Ayni sabab tufayli, deyarli barcha arab davlatlarida Misr lahjasini tushunadilar va mashhur hisoblanadi. Misr lahjasi va arab adabiy tilidagi fonetik farqlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak. Eng ko’zga tashlaniladigan jihati bu qof ,, قاف “ harfini" ء" hamza tarzida, jiim "جيم " harfini "giim" tarzida," ثاء" harfini" تاء" tarzida talaffuz qilinishidir. "Bu" so’zi arab adabiy tilida "haza" yoki "hazihi", misr lahjasida esa "haza" o’rniga "da" va "hazihi" o’rniga "di" kalimasi ishlatiladi. Hattoki, kishilik olmoshlarida ham ba’zi o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. "Nahnu" so’zini "ehna", ,,anta” so’zini ,,enta”, ,,antum” so’zini ,,entu”, ,,huva” so’zini ,,hovva”, ,,hiya” so’zini ,,heyya”, ,,hum” so’zini ,,humma” ko’rinishida talaffuz qilishadi. Grammatik o’zagrishlarga misol keltiradigan bo’lsak, kelasi zamon fe’li yasash uchun hozirgi zamon fe’liga ,, هاء “ harfi qo’shiladi, shunda adabiy tilidagi "Saas’alu" so’zi, misr lahjasida "has’al" ga almashtiriladi. Eng ko’zga tashlanadigan jihati bu Misr lahjasida juda ham ko’p kalimalar arab adabiy tilida uchramaydi. Arab tilini yaxshi biladigan lekin umumiy shevalar haqida ma’lumoti yo’q kishiga lahjada muloqot qilish qiyinchilik tug’diradi. Chunki ko’p foizli mahalliy aholida arab adabiy tilida gapirish bilan bog’liq muammo bor, zero tushunsa ham. Misol uchun: "na’am"-"ayva","sanandzir"- "hanashuuf", "izan"- "ba’a", "tamam"-"meeshi", "hakaza"-"keda", "sayyara"- "arabiyya", "lakin"- "bas" va hokazo.
XULOSA
Har qanday tilda lahjalarni uchratish tabiiy hol, lekin lahjalar adabiy tildan keskin uzoqlashib ketib, yangi tillarni hosil qiladigan bo’lsa, bu xalqni bir tana sifatida ushlab turuvchi umumiylik, hamjihatlikni yo’q qilishi mumkin. 22 Arab davlatlarida bir kuch sifatida hamjihatlikni ushlab turuvchi arab tilini xalq orasida yo’qotmaslik zarur. Aks holda, bu xuddi bir jondan ajralib chiqib ketgan tana a’zolariga o’xshaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. https://www.google.com/gasearch?q=how%20much%20people%20speak%20in%20arabic&tbm=&source=sh/x/gs/m2/5

  2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Lahja

  3. Abdullaev A. B., Baynazarova A.A. Arab tilining Misr lahjasi (uquv- uslubiy qo‟llanma). –Т.: Toshkent islom universiteti, 2009. – 76 b.

Yüklə 15,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə