Jahon tarixi



Yüklə 187 Kb.
səhifə1/7
tarix19.06.2023
ölçüsü187 Kb.
#117982
  1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi (5)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RAT MAXSUS VA OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

GUMANITAR FANLAR FAKULTETI “JAHON TARIXI” KAFEDRASI


“O‘ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN




MAVZU: Arab xalifaligi Umaviylar davrida.
Bajardi:________________________
Tekshirdi :______________________
Chirchiq-2022/2023
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………….
I. BOB: ARAB XALIFALIGI UMMAVIYLAR SULOLASI DAVRIDA......
1.1. Xalifalik tushunchasi va Arab xalifaligining tashkil topishi ......................
1.2. Xalifalik boshqaruvi Ummaviylar sulolasi qo‘liga o‘tishi………………..
1.3. Arab Xalifaligining O‘rta Osiyoga harbiy harakatlari va o‘z boshqaruvini o‘rnatishi ……………………………………………………………………….
II BOB: VII-VIII ASIRDA ARAB XALIFALIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI..................................................................
2.1. Arab xalifaligining savdo ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Savdo-sotiqning rivojlanishi……………………………………………………………………..
2.2. Ummaviylar hukmronligi davrida arab-musulmon madaniyat……………
Xulosa………………………………………...………………….…………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………..


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lgan milliy istiqlolga erishilganidan so‘ng ijtimoiy hayotning ko‘pgina sohalari qatori ma’naviyatga, madaniy merosga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham kuchaydi. Respublikamizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni ayniqsa, ma’naviyat sohasida jadal davom etmoqda. Mustaqillik mafkurasi va milliy g‘oya yoshlar ongiga ko‘proq singib borayotgani bois ularda komillikka intilish, ajdodlarimiz merosi, ularning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi, umuman, madaniyat tarixiga bo‘lgan qiziqish kuchaymoqda.
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyat muhim vazifa bo‘lib qoldi1”.
Dunyo sivilizatsiyalari tarixida muhim o‘rin tutuvchi Arab Xalifaligi tarkibiga kirgan barcha xalqlar qatori Markaziy Osiyo xalqlari ham benihoya darajada ulkan hissa qo‘shganlar. Ushbu yuksalishiga hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon ahlining hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lib, keng miqyosda e’tirof etilmoqda. Shuningdek, arablar jahon xalqlari madaniyatiga ta’siri shunchalik beqiyoski, Arab xalifaligi tarkibiga kirgan Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan tashqari, hatto Yevropa davlatlari ham ushbu ta’sirdan chetda qolmadi. Faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o‘zigina yaratgan sof madaniyat bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas. Har bir asosiy qismini shu millatning o‘zi yaratgan bo‘lsa-da, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi va ta’siri bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Ma’lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘lishini hammamiz yaxshi tushunamiz2”.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu kurs ishini dolzarbligi va ahamiyatlilik darajasini belgilaydigan bo‘lsak, u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Arab xalifaligining Islomni yoyilishida beqiyos hissasi va ular olib brogan harbiy yurishlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar bu jarayonlarda Ummaviylar sulolasining hissasi muhimdir.

Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə