Jahon tarixi


II BOB: VII-VIII asirda Arab xalifaligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Yüklə 187 Kb.
səhifə6/7
tarix19.06.2023
ölçüsü187 Kb.
#117982
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi (5)

II BOB: VII-VIII asirda Arab xalifaligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
2.1. Arab xalifaligining savdo ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Savdo-sotiqning rivojlanishi
Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar tortib olindi. Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olindi. Xalifalik qo‘shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb etdilar.
Arablar Movarounnahrni bosib olgach, bu yerdagi yer-mulklar xalifaga qarashli bo‘lib qoldi.13 Xalifa davlat yerlarini iqto tariqasida in’om qilgan. Davlat yerlari ayrim harbiy yo‘lboshchilar va amaldorlarga umr bo‘yi yoki mulkka vorislik tariqasida berilgan. Biroq yerlarning asosiy egasi xalifa sanalar va u iqtodorlardan ushr olish huquqiga ega edi. Yirik yer egalari – dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib, daromadning ma’lum qismini xalifalik xazinasiga jo‘natish majburiyatini olgan edilar.
Arablar tomonidan Movarounnahr bosib olingach, “Xiroj”, “ushr”, “zakot”, “jizya” kabi soliqlar joriy etiladi. “Juz’ya” jon boshiga solinadigan soliq bo‘lib, musulmon bo‘lmagan fuqarolardan asosan pul yoki mahsulot shaklida undirilgan. Islomni qabul qilmagan boylardan 48, o‘rtahollardan 24, kambag‘àl dehqon va hunarmandlardan 12 dirhamdan jizya solig‘i olingan. “Xiroj” esa dehqonlar daromadidan undirilgan va bu daromadning 1/3 qismiga, hatto undan ortig‘iga ham teng bo‘lgan. “Zakot” odatda pul daromadlarining 1/40 ulushi (2,5%) ga teng bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, “Ushr” (arabcha o‘ndan bir) degan soliq ham bo‘lgan. Bu soliq turi davlat foydasiga olinadigan soliq bo‘lib, natura va pul shaklida asosan dehqonchilik mahsulotlaridan olingan.
Bulardan tashqari aholiga mahalliy va mavsumiy soliq va majburiyatlar ham yuklangan edi. Aholidan olinadigan markazlashgan soliqlar hajmi daromadning qariyb yarmini tashkil etardi. IX asrda yashagan arab tarixchisi Xo‘rdodbehning ma’lumot berishicha, xalifalikka faqat xiroj solig‘i hisobiga Sug‘d viloyati 326 ming, Farg‘ona 280 ming, Shosh 607 ming, Ustrushona 50 ming dirham soliq to‘lagan. Buxoroga belgilangan xiroj solig‘i miqdori bulardan ham ko‘p bo‘lgan.
Arablar og‘ir soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmagan fuqarolarni haqoratlab va xo‘rlab taxtachalarga “qarzdor” degan yozuvlar yozdirib, ularning bo‘yniga osdirib qo‘yar edilar.
Arablar islom dinini qabul qilib musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularga imtiyozlar berdilar. Jumladan, islomni qabul qilganlar “juz’ya” va “xiroj” kabi soliqlardan ozod qilingan. Bu ikki soliqdan ozod qilish siyosatini xalifa Umar II ham qo‘llagan va qonun ijrosini Xurosonga 717-yilda noiblikka tayinlangan Jarroh ibn Abdulladan talab qilgan.
Ilk oʻrta asrlarda aloqa vositalari va pochta tizimi
Avvalgi oʻtgan davrlarda mamlakatlar, shaharlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatish, xabar va axborotlar almashish va tarqatish ishlarini amalga oshirish masalalari chuqur tarixga ega. Qadimdan xabar almashuvining xar hil turlari boʻlib, jumladan, ovozli ya’ni nogʻora sadolari, olovli, tutunli, yoruqlik nurlaridan foydalanish, kabutarlar yordamida xabar almashish hamda karvonlar orqali estafeta usuli bilan kerakli ishlar tashkil etilgan.
Oʻtgan asrlarda davlatlar, shaharlar va zarur joylar bilan aloqa oʻrnatish, axborot almashish, xabar yuborish, oʻzaro muloqot ishlarini tashkil etish Buyuk Ipak Yoʻli orqali amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Arastuning qadimiy qoʻlyozmalarida oʻz ifodasini topgan. Qadimda choparlar yordamida Buyuk Ipak Yoʻli orqali axborot almashish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu karvon yoʻli boʻylab, xar 15-20 kilometr oraliqda alohida pochta stansiyalari (rovotlar) boʻlib, ushbu stansiyalar maxsus xarbiylar tomonidan qoʻriqlangan.
Maxsus choparlik xizmatini oʻtovchilar xonlikning maxsus kumush yoki bronzadan yasalgan 3-6 santimetrli, egalari nomi koʻrsatilgan tamgʻalar bilan ta’minlangan. Mazkur tamgʻalar choparlarga karvon yoʻllari va belgilangan yoʻnalishlarda erkin harakatlanishlari, xonlik pistirmalaridan bemalol oʻtish, pochta stansiyalarida ovqatlanish, otlarni almashtirish, dam olish va oʻzidagi barcha axborotlarni keyingi choparga uzatish imkoniyatlarini bergan.
VII asrdan boshlab Oʻrta Osiyo hududi Arab xalifaligi tomonidan amalga oshirildi.14 Arab xalifaligi gʻarbda Ispaniyadan sharqda Xitoy chegarasigacha boʻlgan hududni egallagan ulkan hududni egallagan. Shuning uchun bu uch qit’ada joylashgan mamlakatda pochta tizimini rivojlantirish hayotiy zarurat edi. Arab tarixchisi At-Tabariyning “Tarixi Tabariy” asarida turklar yurtida joylashgan rabotlar, ularning ta’minoti va umumiy aloqa tizimi haqida ma’lumot beriladi. Yana bir arab tarixchisi Ibn al-Xamadoniyning “Axror al-Buldon” asarida Oʻrta Osiyo hududida, shimoliy karvon yoʻllari boʻyida tashkil etilgan pochta bekatlari haqida ma’lumot beradi.

2.2 Ummaviylar hukmronligi davrida arab-musulmon madaniyat


Ummaviylar xalifaligi davri adabiyoti. VII asr yarmidagi harbiy yurishlar adabiyotda o‘zining keng ifodasini topdi. Shoirlar arab jangchilarining jasurligini olqishlashdi. Arab sarkardalarining donoligi va harbiy iste’dodiga tahsinlar o‘qishdi. Islom dushmanlarini ayovsiz qoralashdi va din uchun hayotini qurbon qilgan shahidlarni ko‘klarga ko‘tarishdi. Ayni paytda adabiyotda xalifalik taxti uchun ummaviylar va ularning raqiblari o‘rtasidagi siyosiy kurash ham o‘z aksini topdi. She’riyat go‘yoki siyosiy kurashning quroliga aylangan edi. Ummaviylarni yoqlab chiqqan shoirlar sulola vakillari tomonidan yuksak taqdirlandi. Bu shoirlar ichida al-Axtal, al-Farazdaq va al-Jarirni alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Al-Axtal (640-710) o‘z davrining yetakchi shoirlaridan bo‘lib Muoviy va Yazid davrida saroy shoiri edi. Xalifa Abd al-Malik uni “ummaviylar shoiri” degan unvon bilan taqdirlagan. Al-Axtal she’riyati ummaviylar sulolasining xalifalik taxtidagi hokimiyatini tasdiqlovchi badiiy qurol edi. Uning she’rlarida ummaviylar qat’iy xarakterli, sahovatpesha, musulmonlar hukmdori bo‘lishga loyiq barcha ijobiy fazilatlar sohibi sifatida tasvirlandi. Аl-Ахtаl shе’riyatidаgi fахr hаm siyosiy хаrаktеrgа egа. U o‘z qаbilаsining Umаviylаr sulоlаsigа sоdiq ekаnligini, хаlifаlik uchun qilgаn хizmаtlаrni, qаbilаsidаn chiqqаn qаhrаmоnlаr, ulug‘ insоnlаrni, bir vаqtlаr qаbilаsi erishgаn g‘аlаbаlаrni fахr bilаn kuylаydi. Al-Axtal shuningdek, ziyofatlar she’riyati muallifi hamdir. Arab adabiyoti uni may (sharob)ning betakror kuychisi deb ataydi. Shuningdеk, Аl-Ахtаl Irоqdа yashаydigаn аl-Jаrir vа аl-Fаrаzdаq dеgаn shоirlаr ustidаn kulib hаjviy shе’rlаr bitgаn.
Al-Farazdaq (641-732) asosan satirik she’rlar muallifi deb e’tirof etiladi. O‘zining uzoq umr yo‘li mobaynida u ham Ibn Zubayrning tarafdori, ham ummaviylarni qo‘llab-quvvatlovchi shoir sifatida ijod qildi. U аsоsаn, mаdhiya, risо, fахr, hаjv, vаsf, g‘аzаl jаnrlаridа qаlаm tеbrаtdi. Shoir 50 yil mоbаynidа zamondoshi аl-Jаrirni o‘ziga raqib hisoblab, u bilаn siyosiy-shе’riy jаng qilgаn shоirlаrdаndir.15 Shundаy ekаn аl-Fаrаzdаqning hаyoti siyosiy vа аdаbiy kurаshdа o‘tgаn. Shuning uchun uning ijоdidаgi shе’rlаri siyosiy vа аdаbiy kurаsh хаrаktеrgа egа. Аl-Fаrаzdаq аsаrlаri tаriхiy аhаmiyatgа egа, chunki ulаr o‘shа dаvr shаrt-shаrоiti, Umаviylаr hоkimiyati vаqtidаgi аrаblаr hаyoti vа аn’аnаlаri, shоirning o‘zi vа muхоliflаri hаyoti hаqidа хаbаr bеrаdi.
Al-Jarir (653-753) ham saroy shoirlaridan biri bo‘lib, she’rlarida ummaviylarni Tangri tomonidan tanlab olingan hukmdorlar sifatida ta’riflab, ular sha’niga bag‘ishlab asarlar yaratdi. Al-Jarir al-Farazdaqni o‘ziga dushman bilib, satirik she’rlarida uni ochiqdan ochiq haqoratlardi. Xalifalarga ikki shoirning qarama qarshiligi huzur baxshlardi, bu esa ular o‘rtasidagi kurashni yana avj oldirardi. O‘z qаbilаsigа bo‘lgаn sаdоqаt vа muhаbbаt, uning dushmаnlаrigа bo‘lgаn nаfrаt shоir shе’rlаrining аsоsiy mаzmunini tаshkil qilаdi. Siyosiy kurashlarga qurol bo‘lib xizmat qilgan she’riyatdan tashqari, ummaviylar davrida yana lirik she’riyat ham rivojlandi. Lirik she’riyat muhabbat tarannumi, ruhiy kechinmalar va zavq-u shavqqa juda boy edi. She’riyat islomgacha bo‘lgan ba’zi an’analardan yiroqlashdi.
Arablarning o‘sha davrdagi betakror lirik shoiri Umar ibn Abu Robia (644-711) edi. Uning she’riyatida asosiy o‘rin ayollarga ajratilgan. Shoirlarning asosan xalifalarni ulug‘lab she’r yozishiga o‘rgangan kishilar uning lirik she’rlar bitishiga hayron bo‘lishardi. Shu haqda u: “Men erkaklarni emas, ayollarni madh etaman” degan ekan. O‘zining she’rlarida Umar ayollar jozibasini, dong‘i chiqqan ayollarning yuksak fazilatlarini va albatta, o‘tli muhabbatni tarannum etdi.
Ummaviylar davrida ayniqsa, notiqlik san’ati asarlari juda mashhur bo‘lib ketdi. Siyosiy kurashlarning avj olishi notiqlarga bo‘lgan talabni yanada oshirdi, ular endi katta shaharlar aholisini o‘z nutqlari bilan o‘zlariga ergashtira olishlari kerak edi. Ummaviylar davrida Iroq diniy va siyosiy qarama-qarshiliklar markazi bo‘lgani uchun notiqlar ahamiyati ayniqsa bu yerda juda yuqori edi. Notiqlar o‘z nuqtai nazarlarini Qur’on oyatlari bilan mustahkamlaganlar.
Mashhur notiqlardan biri al-Hajjoj bo‘lib, uning nutq va va’zlari qattiq ohangda, hushyorlikka da’vat bilan to‘la edi. Ayni paytda uning nutqlari obrazliligi, mantiqiyligi, barqaror yangrashi bilan tinglovchi xotirida katta ta’surot qoldirardi. 16Uning so‘zamon nutqidan quyidagi parchani ko‘rishimiz mumkin: “Ey, iroqliklar! Darhaqiqat, shayton qoningizda, asab tomirlaringizda makon qurib, miyangizga qadar yetib borgan. Shundan sizlarni ongizga ta’sir qilib, turli qarama-qarshi fikrlarga duchor qilgan”.
Umаviylаr dаvridа kichik hаjmdаgi nаsriy аsаrlаr hаm rivоj tоpdi. Ulаr uchgа bo‘linаdi: hitоbоt, tаvqiоt (хаlifа vа аmrlаrning nоrоzilik vа аvf etish mаvzulаri tаlqin qilingаn qisqа хulоsаlаr) vа rаsоil (qisqа, lo‘ndа nаsriy аsаr; undаn hikmаtlаr, fаlsаfiy fikrlаr, tаriхiy dаlillаr, shаriаt аhkаmlаri hаqidаgi mulоhаzаlаr jоy оlgаn).
Me’morchilik. Muhammad (s.a.v.) davrida bunyod etilgan Makkadagi birinchi masjid Xalifa Volid I davri (705-715-yillar)da butunlay qayta qurilib, masjid atrofi keng hovlili, peshayvonlar bilan o‘raladi. Masjidga tilla, kumush va marmar bilan hashamdor bezaklar beriladi.
Arablarning o‘zga yurtlarga bosqinchilik yurishlari boshlangach, o‘sha yurtlarning mahalliy ibodatxonalari yangi binolar qurilgunga qadar vaqtinchalik ibodat uchun foydalanilib turildi. Shu sabab Ummaviylar davriga oid masjidlarning aksariyati xristian cherkovlarini buzish yoki qayta qurish orqali bunyod etilgan. Ularga misol qilib Quddusdagi 686-691-yillarda qurilgan Qubbat as-Sahra masjidini, shuningdek, xalifa Volid I buyrug‘i bilan 705-yilda Damashqda qurilgan Ummaviylar masjidini misol qilishimiz mumkin. Quddusdagi masjid milodiy 70-yilda rimliklar tomonidan buzib tashlangan podsho Sulaymon ibodatxonasi o‘rniga qurilgan bo‘lsa, Damashqdagi masjid Ioann Kristetil cherkovini qayta qurish orqali barpo etilgan.
Damashqdagi Ummaviylar masjidi qurilishiga xalifa Volid I Xalifalikdagi eng mashhur me’morlar, dekoratorlar hamda naqqosh rassomlarni jalb etdi. Masjid devorlari marmar bilan bezatilgan, plitalarga turli naqshlar tushirilgan. Masjidni bezashda 30 ga yaqin ranglardan foydalanilgan, ayniqsa, yashil, ko‘k, oltin tusli ranglar ko‘p ishlatilgan. Masjidning ichki qismi esa qator ustunlar bilan bir necha qismga bo‘lingan.
Ushbu davr masjidlari haqida gap ketganda, ilk musulmon me’morchiligining murakkab arxitekturali inshooti bo‘lgan Quddusdagi Qubbat as-Sahra (“Qoya gumbazi” yohud “Qoya ostidagi gumbaz”) masjidiga ham alohida to‘xtalib o‘tish kerak. U xalifa Abdulmalik davrida 686-691-yillarda bunyod etilgan. Uning o‘rnida yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, rimliklar tomonidan vayron qilingan Sulaymon ibodatxonasi joylashgan edi. Qubbat as-Sahra islomning eng muqaddas ziyoratgohlaridan biri bo‘lib, o‘rta asrlarda muqaddasligi bo‘yicha uchinchi (Makka va Madinadagi masjidlardan keyin) bo‘lgan.
Masjid loyihasi o‘zida to‘g‘ri sakkizburchakli shaklni aks ettiradi. Ikki ayvonli markaziy bino gumbaz bilan qoplangan. Uni to‘rt ta yirik ustun ko‘tarib turadi. Ustunlar orasida uchtadan korinf uslubidagi qadimiy ustunchalar bo‘lib, ayvonlarni ham shunday kichik o‘lchamdagi to‘sinlar ko‘tarib turadi. Arablar bu masjidni “Qoya ostidagi gumbaz” deb atashlarining sababi shundaki, masjid markazida yotgan xarsang tosh go‘yo Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbonlik uchun olib borgan tog‘dagi qoyaning bir bo‘lagi hisoblandi. Masjid bu go‘zal qiyofasini hozirga qadar saqlab qolgan. Geometrik naqshlar ko‘rinishidagi juda yorqin, jozibali mozaikalar, rang-barang va tilla suvi yurgizilgan yozuvlar masjid devorlari, arkalar va gumbazni bezab turibdi.
Ummaviylar davrida shaharlarda qurilgan saroylar, qasrlarning deyarli barchasi bizning davrimizgacha yetib kelmagan.17 Faqatgina hozirgi paytda suvsiz sahroga aylangan joylardagi “sahro qasrlari” so‘nggi rim va vizantiya qishloq, qo‘rg‘onlariga ancha o‘xshab ketadi. Ularga misol qilib, 1936-yilda arxeologlar tomonidan ochilgan Qasr al-Xayr al-G‘arbi (VIII asr) qasrini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu “sahro qasrlari” asosan amaldorlarga va katta yer egalariga tegishli bo‘lib, ular qismangina saqlanib qolgan xolos. Ummaviylar davriga mansub “sahro qasrlari”ni qurishda xalifalikning turli joylaridan keltirilgan mohir ustalar qatnashgan bo‘lib, ularning har biri o‘z mamlakatining badiiy uslublaridan, san’atidan, bezaklaridan unumli foydalanganlar. Ummaviylar davriga mansub barcha san’at turlarida bo‘lgani kabi qasrlardagi bezaklarda ham antik davrga va musulmon davriga xos bo‘lgan belgilar o‘zaro aralashib ketgan. Bu narsa ayniqsa, 1935-1943-yillarda arxeologlar tomonidan ochib o‘rganilgan Xirbet al-Mafjar qasrida yaqqol seziladi. Hozirgi Iordaniya hududida joylashgan bu qasr Ummaviylar davridagi boshqa qasrlardan o‘z tuzilishi bilan biroz farq qiladi. Unda saroydan tashqari masjid va hovlisida hovuz ham bo‘lgan. Qasr pollari rangli plitalar bilan bezatilgan.
Ummaviylar davridagi naqqoshlik va tasviriy san’at haqida hozirgi Iordaniya hududida joylashgan Qusayr Amro va Mshatta qasrlaridagi topilmalar ham katta ma’lumot beradi. Qusayr Amro va Mshatta qasrlari vizantiyalik va suriyalik me’morlar tomonidan antik-vizantiya an’analariga monand ravishda barpo qilingan.
Qusayr Amroning faqatgina bitta zali xarobalari va hammom devori saqlanib qolgan bo‘lib, ularga turli xil tasvirlar tushirilgan. Ulkan devoriy rasmlar arablarning kundalik turmush tarzidan lavhalarni o‘zida aks ettiradi. Har xil figuralar yordamida g‘alaba, tarix, falsafa va she’riyatning ramziy timsollari mohirona ifodalangan. Ular ichida o‘smir, o‘rta yoshli kishi va qariya rasmi antik davr san’ati ruhida bo‘lib, lavhalar inson hayoti bosqichlarini aks ettiradi. Qusayr Amroning markaziy zali devoriga shuningdek, musiqachilar, raqqosalar, cho‘milayotgan ayol, turli hayvon va qushlarning yorqin tasviri tushirilgan. Afsuski, bu suratlarni yaratgan iste’dodli musavvirlarning nomi bizga ma’lum emas. Taxminlarga ko‘ra, bu asarlar yunonistonlik va suriyalik rassomlar mo‘yqalamiga mansubdir.
Ummaviylar davriga mansub inshootlar ichida Mshatta qasri alohida o‘rin tutadi. Qasr VII-VIII asrlarda hozirgi Iordaniya hududida qurilgan. Ammo xalifa Volid I vafotidan so‘ng qasr qurilishi chala qolgan. Keyinchalik butunlay vayron bo‘lgan. Mshatta 1840-yilda nemis arxeologlari tomonidan ochilgan. Qasrning tuzilishi islom davrigacha bo‘lgan Suriya hukmronligining harbiy inshootlarini eslatadi. Mustahkamlangan to‘rt burchakli hovli atrofida xonalar joylashgan. Asosiy kirish joyi to‘g‘risida joylashgan ayvonli zal rasmiy qabul joyi bo‘lgan. Bu qasrni mashhur qilgan narsa asosiy kirish joyining ikki tomonidagi devorning pastki qismida toshga o‘yib ishlangan naqshli plita bo‘lib, u 5 metr balandlikda, zigzag shaklidadir. Zigzaglar ulkan uchburchaklarni tashkil etgan, uchburchaklar ichiga esa, turli lavhalar tushirilgan, ular ichidan sherlar, ho‘kizlar, qushlar va boshqa tasvirlarni aytib o‘tish mumkin. Bu naqshli plitalarni turk sultoni 1903-yilda Germaniyaga sovg‘a qilgan. U Berlindagi musulmon mamlakatlari san’ati muzeyida saqlanmoqda.
Taqiqlarga qaramasdan Arab xalifaligining I asrida musavvirlar tirik mavjudotlar suratini yaratdilar. Ummaviy xalifalarning saroylari VII-VIII asrlarda hayvonlar va odamlarning haykaltaroshlik asosida yaratilgan tasviriga to‘la bo‘lgan.
Quddusdagi muhtasham masjidda xalifa Abdulmalik (yohud Abd al-Malik) davri (685-705)da jannat, do‘zax va payg‘ambarning yirik devoriy surati yaratildi. Arab tarixchisi Makriziy musulmon musavvirlarining tarjimai hollarini yozib qoldirgan. 18Ammo uning asari bizgacha yetib kelmagan bo‘lib, faqatgina keyingi asrlarda uning ijodiga nisbat beriladi. Bular ichida eng qiziq ma’lumot ikki musavvir Kaziriy (Qaziriy) va Ibn Aziziy haqidagi hikoyalardir.
Kunlarning birida ularning ikkisi ham fotimiylardan bo‘lgan vazir Vazuriy huzuriga taklif qilinadi. Ibn Aziziyga shunday figura chizish buyuriladiki, go‘yo u devordan chiqib kelayotgandek bo‘lishi kerak. Qaziriy esa, devorga kirib kelayotgan figurani chizishi kerak edi. Bu topshiriqni musavvirlar a’lo darajada bajarishdi. Saroyda yig‘ilganlar qarshisida ikki raqqosaning tasviri paydo bo‘ladi. Birinchi raqqosa oq libosda, qora fonda tasvirlandiki, xuddi devor ichiga kirib ketayotgan edi. Ikkinchi raqqosa esa qizilga burkangan va sariq fonda bo‘rtib chiqqandek mohirona tasvirlangan edi. Vazir bu ajoyib san’at asarlaridan juda hayratga tushadi va musavvirlarni yuksak taqdirlaydi.
Qohira saroylarining birida baland peshayvonga shoirlarning haykallardan iborat portretlari o‘rnatilgan edi. Har bir portretning ustiga shoirlar ijodidan eng go‘zal she’riy namunalar joylashtirilgan edi. Ming afsuski, Qusayr Amro devoriy suratidan bo‘lak boshqa hech bir yirik tasviriy san’at va haykaltaroshlik namunalari bizgacha yetib kelmagan. Ummaviylar davriga mansub qasrlarda saqlanib qolgan haykallar so‘nggi antik davr an’analari ruhida ishlangan.
Suriya va Mesopotamiyada VII-VIII asrlarda amaliy san’atning turli sohalari rivojlandi. Ular ichida kulolchilik, to‘qimachilik, shisha buyumlar yasash va boshqalarni aytib o‘tishimiz mumkin.
Ummaviylar davrida ilm-fan. Sharqshunos olimlar “arab-musulmon madaniyati”ni yoritar ekanlar, shubhasiz Xalifalikda taraqqiy etgan ilm-fan xususida to‘xtalmay o‘tmaganlar. Biroq ularning deyarli barchasida abbosiylar davrida gullab-yashnagan fan tarmoqlari va ularni taraqqiy etishiga benihoya ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ilmiy izlanishlari hamda fan sohasidagi yutuqlari yoritilgan. Buning sababini tarixchi olim Bahrom Abduhalimov quyidagicha izohlaydi: “Ummaviylar hukmronligi davrida diniy ilmlar va arab tiliga e’tibor berilgan bo‘lsa, Abbosiylar davriga kelib tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqish ortdi”. Lekin bu ummaviylar davrida ilmiy izlanishlar umuman bo‘lmagan degan xulosaga kelishimizga asos bo‘lolmaydi.19 “Sharq va G‘arb” monografiyasi muallifi Fozila Sulaymonova o‘zining “Islom va ilm” maqolasida ummaviylar davri ilm-faniga qisqacha to‘xtalib, quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: “Xalifalikda ilmiy izlanishlar erta, Ummaviylar davridayoq boshlandi, ko‘plab suryoniy olimlar xalifalar saroyida xizmat qildilar.
Bular orasida Sever Sebaxt (VII asr), Jirjis Usquf, Ya’qub Ruhaviy (640-702) va boshqalar bor edi. Ular yunon tilidagi qator asarlarni suryoniy tiliga o‘girganlar”.
Xulosa
Inson yaralibdiki, xalqlar hech qachon bir-biridan ajragan, o‘z qobig‘iga berkingan holda yashagan emaslar. Insoniyat erishgan hayotning turli tomonlaridagi ulkan g‘alabalar faqat hamkorlik, boshqa xaqlar yutuqlaridan foydalanish, ilg‘orlarga yetib olish va o‘zib ketishga intilishning mahsulidir.
G‘arbda Ispaniyadan Sharqda to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan mintaqani o‘z ichiga olgan buyuk davlat, Xalifalik tarkidagi xalqlar shunchalik ravnaq topishining boisi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablar bo‘lsa, ikkinchi tomondan islom ta’limotining o‘zi bo‘ldi. Bu ta’limotda din aqidalari va bilim, ilm-fan shunchalik chambarchas bog‘langan ediki, bunday holatni hech qachon va hech qaysi diniy ta’limotda uchratmaymiz. Turli sohalar – me’morchilik, miniatyura, musiqa, xattotlik va kitobat san’ati, amaliy san’at, ilm-fan hamda adabiyotni qamrab oldi.20 Bu sohalar VII-XI asrlarda misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etdi.
Islom insoniyat tarixida eng mustahkam hissa qo‘shdi, ilm rivojining o‘sha davr uchun oliy bo‘lgan cho‘qqiga ko‘tarilishini ta’minladi. Bu taraqqiyot faqat Sharq xalqlari manfaatlariga xizmat qilmay, umum madaniyat, sivilizatsiya rivojiga xizmat qildi. Arab xalifalari o‘z davrining buyuk mutafakkirlarini bir joyga to‘plab, ularga homiylik qildilar. Bag‘dodda tashkil etilgan “Bayt al-hikma” ana shunday olimlar bir yerga jamlangan ilmiy markaz edi. Ta’kidlash joizki, markaziy osiyolik olimlarning Bag‘dodda faoliyat olib borishi, insoniyat fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr ar-Roziy, Ahmad al-Farg‘oniy kabi olimlarning ismlari butun dunyoda chuqur ehtirom bilan tilga olinadi. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo olimlari antik ilmlarning qayta tiklanishida ishtirok etdilar, o‘z asarlari bilan qator tabiiy-ilmiy fanlarni bir tizimga solib, fan sifatida shakllantirdilar va ularni yangi fikrlar, g‘oyalar bilan boyitdilar. Umuman, bu davr olimlari hech qachon tor ramkadagi millatparast bo‘lmaganlar, ular insoniyatga xizmat qilganlar. Haqiqatdan ham amalda shunday bo‘ldi. Arab-musulmon olimlari yaratgan ilm-fan Yevropaga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu ta’limotlar boshqa iqtisodiy, ijtimoiy sharoitda yanada rivoj topdi va umuminsoniy sivilizatsiyaga xizmat qildi.
Islom dini, Pireney yarimorolidan to G‘arbiy Xitoygacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan xalifalikning ijobiy munosabati natijasida ilm-fan misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy etdi. Uning umuminsoniyat tarixi uchun ahamiyati beqiyos va uni hech qanday jarayon bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Hozirgi fanlarning poydevori o‘sha vaqtlarda yaratilgan, uning amalga oshirilishida ishtirok etganlarning aksariyati Markaziy Osiyolik olimlar bo‘lganlar. Diniy e’tiqodi yagona bo‘lgan turli millat, xalq vakillarining aql-zakovati, idroki, bilimi, ma’naviy boyliklari bir maqsadga qaratilganligi va islom dinining birlashtiruvchi kuchi tufayli ilm-fan va madaniyat bobida umuminsoniy g‘alabaga erishildi.

Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə