Jahon tarixi



Yüklə 187 Kb.
səhifə3/7
tarix19.06.2023
ölçüsü187 Kb.
#117982
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi (5)

Maqsad va vazifalari. Arab xalifaligi Ummaviylar davrini o‘rganishning dolzarbligi shundaki, mustaqil ijtimoiy-siyosiy taraqqiqyot yo‘lida borayotgan musulmon Sharqi va umuman, ko‘plab Osiyo va Afrika mamlakatlaridagi madaniy-ma’naviy meros va madaniy qadriyatlarning hozirgi jamiyatda, uning ma’naviyati va mafkurasida tutgan o‘rni muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Musulmon dunyosi ularning harbiy diplomatiyasi yaratgan madaniy merosning nafaqat Sharq, balki G‘arb mamlakatlarining ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan roli, shuningdek, ular madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini xolisona yoritish, uni to‘laqonli tadqiq etish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois yuqoridagi masalalarni yangicha qarashlar va mezonlar asosida o‘rganish tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.3
Kurs ishining tuzilishi Kurs ishi kirish, ikkita bob, to‘rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
Kurs ishining obekti va predmeti: Arab xalifaligining Umaviylar davrida bo‘lib o‘tgan voqrliklar madaniy hayoti, ijtimoiy – iqyisodiy ahvoli , ularning siyosiy maydondagi kurashlari, tarixiy adabiyotlar maktab kollaej va litseylar uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari hamda manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy manbalar orqali mavzu mazmunini tadqiq qilish.
Kurs ishining tuzulishi. (ishning tuzulishini yozing)
I BOB: ARAB XALIFALIGI UMAVIYLAR SULOLASI DAVRIDA

    1. Xalifalik tushunchasi va Arab xalifaligining tashkil topishi

Arab xalifaligi (632 – 1258) – Arabiston yarim oroli, Yaqin va Oʻrta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini oʻz ichiga olgan saltanat.
VII - VIII asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifaligi asoschisi paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr Siddiqdir. Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 630–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xulafoi Roshidin" ("Toʻgʻri yoʻldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi. Xalifa Umar ibn Xattob davrida (634-644–yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi. Koʻp sonli arab qoʻshinlari oʻz zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yoʻnaltiradilar. Bir necha oʻn yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar.
Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar. Jangari arablar gʻarbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qoʻshinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab xalifaligi VIII asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi: 788-yilda Magʻribning gʻarbiy qismida (hozirgi Marokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) agʻlabiylar sulolasi (800 – 909) hukmronligi oʻrnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa IX asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: tohiriylar (821 – 873), safforiylar (873 – 900) va somoniylar (865 – 999) bosh koʻtarib chiqdilar. Ular Arab xalifaligiga nomigagina tobe boʻlib, aslida mustaqil hukmdor edilar.
Arab xalifalariga 945-yilda boshlab shialikka eʼtiqod qiluvchi Eron buvayhiylari hukm oʻtkaza boshladilar. Buvayhiylar Bagʻdod va butun Iroq hududlarini nazoratga olib, xalifani nomiga hukmdor qilib qoldirdilar. 1055-yilda saljuqiy turklar sultoni Toʻgʻrulbek buvayhiylarga zarba berib, Bagʻdodni egallaydi. Saljuqiylar abbosiy xalifalarni avvalgi mavqesiga qaytaradilar, lekin amalda ular turklarga tobe etiladi. XII asr boshlarida Saljuqiylarning zaiflashuvi abbosiy xalifalarni nisbatan erkin hukmdorga aylantiradi. Xorazmshoh Takash (1172-1200) ning 1194-yilda Iroqdagi saljuqiylarga bergan zarbasi abbosiylarni saljuqiylardan tamomila mustaqil qiladi. Xalifa an-Nosir davrida Takashning vorisi Muhammad Xorazmshoh bilan ziddiyatlar vujudga keladi, ammo Xorazmshohning 1217-yilgi Bagʻdod yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi, xalifalik mustaqilligini asrab qoladi. Arab xalifaligi 1258-yilda moʻgʻullar tarafidan tugatildi.
Arab xalifaligi. Qadimda Arabiston yarim orolida yashab kelayotgan arablar Somoniy qavmiga mansubdirlar.
Arablarda VII asr boshlarida siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchaydi. Arabistonda sodir bo‘lgan bunday ijtomoiy va siyosiy vaziyat, mamlakatning birlashuviga olib keldi.4 Bunday harakatlar -ning asosiy tarfdori bo‘lib, shaharlarning savdogar va hunarmand aholisi ko‘tarildi.
Bu harakat buyuk va birdan-bir haq yo‘l – yagona e’tiqodga da’vat qilishdan boshlandi.Bu yakkaxudolik dini bo‘lib, tarixda u “itoat” , “tabelik” va “bo‘yin egish” m’nolarini anglatuvchi “islom” nomi bilan shuhrat topadi.Buyuk va yagona tangri – Ollohning Yerdagi rasuli sifatida Arabistonning yirik markazi Makka shahrida duntoga kelgan Muhammad binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari O‘zlarini “muslim” (musulmonlar) ning xudo oldida teng ekani, rizq-ro‘zni barchaga Yaratguvhining o‘zi yetkazib berishi hamda jamiyatda adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ‘ib etadilar.
Dastavval o‘z ona shahrida muvaffaqiyat qozona olmagan Muhammad 622-yil 16-iyulda Makkadan Madina shahriga hijrat qilishga majbur bo‘ladi. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida qabul qilingan hijriy yil hisobi boshlanadi. Shunday qilib, islom bayrig‘i ostida Makka shahrida boshlagan tavhidlik dini targ‘iboti Madinaga ko‘chadi va bu shahar kurashning markaziga aylanadi.
Muhammad vafot etgach, avval Abu Bakr (632-634), so‘ngra Umar (634-644), Usmon (644-656) va Ali (656-661) lar “xalifa”, ya’ni “o‘rinbosar” deb e’lon qilinadi.Ular hukmronlik qilgan davrda Arabiston islom dini to‘la g‘alaba qozonib, tarixda ilk bor o‘ta markazlashgan musulmon davlati – Arab xalifaligi tashkil topadi.
Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo‘ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylandi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida islom islom aqidalari, e’tiqod talablari, shariat ahkomlari, huquqiy va axloqiy me’yorlarni o‘z ichiga qamrab olgan yangi mafkuraviy boy va o‘ta nodir manbai – Qur’oni Karimning ahamiyati nihoyatda buyuk bo‘ldi. Ko‘p mamlakatlar bo‘ysundurilib, behisob o‘ljalarga ega bo‘lgan



Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə