Jahon tarixi


Arab Xalifaligining O‘rta Osiyoga harbiy harakatlari va o‘z boshqaruvini o‘rnatishi



Yüklə 187 Kb.
səhifə5/7
tarix19.06.2023
ölçüsü187 Kb.
#117982
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi (5)

1.3. Arab Xalifaligining O‘rta Osiyoga harbiy harakatlari va o‘z boshqaruvini o‘rnatishi
651-yili arabalar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Bu yerda o‘rnashib olgach, arablar Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko‘radilar.
Movarounnahrni zabt etishning boshlanishi. Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni “daryoning narigi tomoni” deb ataganlar. Hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar esa Xuroson deb yuritiladi. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Movarounnahrga bo‘lgan hujumlar Xuroson noibi tomonidan uyushtirilar edi.
Arablar Movarounnahrga datlab uni bosib olish emas, balki harbiy jihatdan tayyorgar ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘aniyondan boshlanadi.
Narshaxiyning yozigacha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro sharifini qamalga oladi. Yordamga kelgan turklar va buxoroliklarning birlashgan qo‘shinlari jangda arablardan yengiladi, bir lak (yuz ming) dirham hajmda boj to‘laydi. Bojdan tashqari arablar to‘rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko‘p o‘ljalar bilan Marvga qaytadilar.
Oradan uch yil o‘tgach, Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo‘shinlari yana Buxoroga bostirib kiradilar. Sug‘d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordamga kelgan bir yuz yigirma mingli harbiy kuchga suyanib Buxoro malikasi dushman bilan jang qilish uchun o‘z qo‘shinini safga tortadi. Biroq, sug‘dliklar vahimaga tushib Buxoroni o‘z taqdiriga tashlab, jang maydonidan chiqib ketadilar. Natijada malika katta boj to‘lab, malikazoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini garovga berib, yana sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Said ibn Usmon Buxorodan Samarqand sari qo‘shin tortadi. Bir oydan oshiqroq davom etgan jangda sug‘dliklar qahramonona qarshilik ko‘rsatadilar. Said ular bilan sulh tuzib, kelishishga majbur bo‘ladi. Samarqanddan u o‘ljalar bilan bir qatorda 30 ming nafar asir olib qaytadi. Yo‘l-yo‘lakay u Termiz shahrini egallaydi.
Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari aslida ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida o‘zboshimchalik bilan amalga oshirgan talonchigidan iborat edi. Natijada, Movarounnahrning bir qator viloyatlari talanib , vayron etiladi.
Shubhasiz, arablarning talonchilik yurishlariga qarshi kurashish maqsadida Movarounnahrning mahalliy hukmdori o‘rtasida harbiy ittifoq tuzish uchun urinishlar bo‘lgan.6 VII asrning 80-yillari boshlarida ular hatto Sirdaryo etagida Xorazm yaqinidagi shaharlardan birida bir necha bor to‘planadi. Biroq, o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashish to‘g‘risidagi ularning sa’yi harakatlari amalgam oshmadi. Chunki Movarounnahrning siyosiy tarqoqligi hamda mahalliy hokimlar o‘rtasida nizolar bunga halaqit beradi.Bunday vaziyatdan esa arab lashkarboshlari ustalik bilan foydalanadilar.
Movarounnahrning zabt etilishi. VII asr oxirlarida butun xalifaliklarda tartib o‘rnatilgach, arablar Movarounnahrni uzul-kesil bosib olishga kirihadilar. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoy hududlarigacha bo‘lgan viloyatlarni xalifalikka bo‘ysundirish vazifasi yuklandi. Bu, shubhasiz, jiddiy va nihoyatda og‘ir vazifa edi. Harbiy yurishni Qutayba 705-yilda Balx viloyati atrofini zabt etishdan boshlaydi. Tez orada Chag‘niyon hokimi jangsiz taslim bo‘ladi. Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon yurishlarining ikkinchi davri boshlanadi.
707-yilda Qutayba katta qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib, Buxoro vohasiga kiradi. Uning bu yurishida sotqin Balx dehqoni va chag‘on-xodotlarning harbiy kuchlari ishtirok etadi. Poykandni qamalga oladi. Sug‘d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar qattiq turib, arablarga qarshilik ko‘rsatadilar. Qamal ellik kun davom etadi. Arablar shahar devoir ostidan lahim qazib, unga ruhna uradilar va ichkariga bostirib kiradilar. Poykand egallanib qo‘lida qurol tutishga qodir barcha erkak zoti qirib tashlanadi. Xotin-xalaj va yosh bolalar asirga olinib, shahar vayron etiladi. Poykand uzoq yillar davomida xarobazor bo‘lib yotadi.
Poykand fojiasidan keyin beshafqat Qutayba boshliq bu havfli dushmanga zarba berib, uni dafn qilish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun , Buxoro hukmdori Xunukxudot va Shopurkom hokimi Vardonxudot boshliq katta harbiy kuch hamda iqrq ming lashkar bilan yordamga kelgan turklar Tarob va Romitan oralig‘ida to‘planadilar. Ittifoqchilar Qutayba qo‘shinini qurshovga oladilar. Uning ahvoli nihoyatda tanglashadi. Undan halos bo‘lish uchun Qutayba o‘ta makkorliok bilan hiyla ishlatib, Movarounnahrning viloyat hokimlari ustidan birin-ketin g‘alaba qozona boshlaydi.
707-709-yillar mobaynida u Buxoro va uning atroflariga bir necha hujumlar qiladi, ko‘pdan-ko‘p qal’alar va obobd yerlarni bosib oladi. Buxoro viloyatiga hokim qilib u buxorxudot Tug‘shadani va unga amir qilib o‘z yaqinlaridan birini tayin etadi. Amir buxurxudot ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshi, aholiadn soliq undirish va uni o‘z vaqtida xalifalikka yetkazib berish kabi vazifalarni bajarar edi. Sulh shartnomasiga binoan buxoroliklar har yili xalifalikka ma’lum miqdorda boj to‘lash, uylarning yarmini arablarga bo‘shatib berishga majbur edilar. Qutayba Buxoro shahrining ibodatxonasini jome masjidga aylantirib, sug‘diy tili va xadita bitilgan “otashparastlikka” oid asarlarni yoqotadi. Ibodat qilish uchun masjidga qatnagan mahalliy aholining har biriga ikki dirhamdam pul hadya qilib, ularni islom diniga tortishga harakat qildi. Manbalarda ta’kidlanishicha, ikki dirham olish uchun ko‘proq kambag‘allargina qiziqar edilar. Ammo boylar pulga ham qiziqmas va masjidga ham bormasdilar.
710-yilda Qutayba Shuman, Nasaf va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rardi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelagan qulay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb etadi. Xorazm shohi Chag‘on va Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘alonidan qo‘rqib, 711-yilda yordam sorab Qutaybaga murojaat qiladi. Garchi dushman qo‘li bilan Hurzod tor-mor qilinib, o‘ldirilsa-da, ammo Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqillgini yo‘qotib, xalifalikni bojdoriga aylanadi. Uning qo‘shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur edilar.
Sug‘d yurishi. 712-yilda Qutayba arablardan tashqari Buxoro va Xorazm qo‘shinlari bilan Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ishxid Tarxun taxtdan tushirilib, unung o‘rniga Gurak (709-738) Sug‘dga podsho qilib ko‘rsatilgan edi. Bu, shubhasiz sug‘diylarning arablarga qarshi olib borgan kurashi tarixida muhim voqea bo‘ldi.7 Chunki u zamonasining vatanparvar siyosatdon arbobi bo‘lib, hukmronligi davrida imkoni boricha, arablarga qarshi g‘ayrat bilan kurash olib bordi. Guzak Qutaybaga qarshi chiqadi. Kattqo‘rg‘on bilan Karmana oralig‘ida Arbinjon mavzeida shiddatli jang bo‘ladi. Ammo Gurakning kuchi ojizlik qilib, Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Sug‘diylar Shosh podshohi, turklar hoqoni va Fag‘ona ixshidiga (hokimiga) elchilar yuborib, yordam so‘raydilar. Turk xoqoni saralangan qo‘shin yuboradi. Ammo Qutayba yordamga kelayotgan kuchlarni birlashmaslikka harakat qiladi.
Ularning yo‘lini tosib, qo‘qqisdan hujum qiladi va tor-mor keltiradi. Bu g‘alabadan so‘ng Qutayba Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Samarqand qamalga olinadi. Arablar shahar devori qarshisiga 300 manjaniqlar (tosh otish moslamasi) o‘rnatib, unga rahna urish uchun kecha-yu kunduz devorni teshishga kirishadilar. Sug‘diylar bir oy davomida shaharni qahramonona mudofaa qiladilar. Kamonda o‘q uzib, tashqariga chiqib, shiddatli janglar qilib dushmanga katta talofat yetkazadilar. Shunday bo‘lsa-da, Samarqand taslim bo‘ladi. Gurak bilan Qutayba o‘rtasida sulh tuziladi.Sulh shartnomasiga muvofiq Gurakning arablarga bir yo‘la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida bij to‘lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda birorta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni bo‘shatib, unda minbari bilan masjid bino qilish, otashparastlik ibodatxonasini buzib, butlarini topshirish kabi shartlarni bajarishi lozim bo‘ladi. Bularning evaziga Qutayba Gurakni Samarqand, Kesh va Naqshabga hokim qilib tayin etadi. Shunday qilib, u arablarga mute noib bo‘lib qoladi. Garchi Samarqand bosib olinsa-da, ammo Sug‘dning katta qismi arablarga bo‘ysunmaydi. Sug‘dliklar esa o‘zlarini mag‘lub his etmaydilar. Shuning uchun ulardan hayiqqan Qutayba Samarqandda ma’lum miqdorda harbiy kuch qoldirib, o‘zi yurishni davo, ettiradi.
Choch, Farg‘ona va Xo‘jandning arablar tomonidan zabt etilishi. Mug‘ tog‘idan topilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Qutayba o‘zining keyingi yurishlarida Choch, Farg‘ona va Turk xoqonligidan iborat yana bir harbiy ittifoqning qarshiligiga duch keladi.
Tabariyning yozishicha, 713-yilda Qutayba qo‘shin saflarini butlash maqsadida Buxoro, Kesh,Nasaf va Xorazm aholisidan 20 ming askar to‘plab berishni talab qiladi. Yig‘ilgan katta qo‘shin ikkiga ajraladi. Uning Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm qo‘shinlarining birlashmasidan iborat birinchi safi Choch viloyatiga, o‘zi boshliq asosiy kuch esa Ustrushona va Xo‘jand oralig‘i Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l oladi. Choch vohasi bosib olinib, Chochning poytaxti Madinat as-Shosh, juda ko‘plab qal’a va qo‘rg‘onlar hamda qishlog‘larga o‘t qo‘yilib, vayron etiladi. Qutayba Usturshona va uning soylik va adirlarida janglar qilib, Xo‘jand va Kosonni zabt etadi. 714-yilda u Choch va Turk xoqonligi kuchlarini ajratib, ittifoqchilarning birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Isfijobga yurish qiladi. 715-yilning boshida esa Farg‘ona vodiysi uzil-kesil egallb, Qoshqarga kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlaydi. Osha yili xalifa Vohid vafot etadi. Uning o‘rniga Qutaybaning g‘animi Sulaymon xalifalik taxtiga o‘tiradi. Bundat qismatdan norozi bo‘lgan Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon ko‘taradi. Lekin u 715-yilda Farg‘onada askarlar tomonidan o‘ldiriladi.
Shunday qilib, o‘n yil davomida muttasil olib borilgan qonli jang-u jadallar oqibatida Movarounnahr Arab xalifaligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsa-da, ammo uning mag‘rur aholisi o‘zini butkul tobe etilgan deb hisoblamaydi. Shu boisdan bu erksevar mamlakat xalqidan xavfsiragan Qutayba har yili kuzda Jayhundan qayta kechib, Sug‘d va Chichdan uzoqda, Xuroson diyorida xotirjam qishlar va bahor kirishi bilan yangi kuch top’lab, yana Movarounnahrga hujum boshlar edi.
Movarounnahrni arablar tomonidan osonlik bilan zabt etilishining sabablari. Avvalombor, mamlakatda hukm surgan siyosiy parokandalik va viloyat hukmdorlari o‘rtasida o‘zaro ziddiyatlar bosqinchilarga juda qo‘l kelgan. Bunday vaziyatdan ular ustalik bilan foydalana oladilar. Movarounnahrga bostirib kirilgan kundayoq arablar viloyat kuchlarini birmashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rdilar va buni uddasidan chiqa oldilar.o‘zaro olishayotgan hukmdorlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun yordan ko‘rsatib, har ikkisini birin-ketin bo‘ysundirdilar.
So‘ngra ular kuchidan boshqa viloyatlarni ishg‘ol qilishda foydalandilar. Sug‘dni zabt etishda Qutayba arab qo‘shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning harbiy kuchlaridan foydalangan edi. O‘n yil davom etgan jang-u jadallarda saflari siyraklashib qolgan qo‘shinga muttasil yangi-yangi harbiy kuchlar xalifalikning ichki viloyatlaridan safarbar etilib turildi. Nihoyat arabistonlik fotihlarga keskin qarshilik ko‘ratib, ular bilan shiddatli jangler olib borgan Movarounnahrning mehnatkash xalqi o‘z hukmdorlari tomonidan bir necha bor xionona sotqinlikka uchradi. Xalq ommasining mustaqillik yo‘lida dushmanga qarshi olib brogan kurashida bosqinchilik qilish o‘rniga ularning aksariyat bosqinchilarning tagi puch va’dalariga uchib, arablarga taslim bo‘lishni afzal ko‘rdilar. Shu sababli ham vatanparvar xalqimizning arabistonlik fotihlarga qarshi qahramonona kurashlariga qaramay, xalifalik Movarounnahrni bosib olishga muvoffaq bo‘ldi.
Arab xalifaligi tarixi jahon tarixida alohida o‘rin tutib, Muhammad payg‘ambar boshchiligidagi yagona din – islomga da’vat insoniyat tarixida muhim bosqichni boshlab berdi. Xalifalik vujudga kelgunga qadar Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda ko‘p sonli arab qabilalari ijtimoiy rivojlanishning turli bosqichlarida istiqomat qilgan va islom dini tarqalishi arafasida arab qabilalarida patriarxal-urug‘chilik munosabatlari yemirilib, uning zamirida yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga kelayotgan edi. Qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ular joylashgan hudud ham ta’sir ko‘rsatib, Arabiston yarimoroli shimolidagi qabilalar, asosan, chorvachilik bilan kun kechirgan bo‘lsa, Yaman, Xijoz atroflaridagi hudud aholisi karvon yo‘li ustida joylashganligi uchun ham rivojlanishning yuqoriroq pog‘onasida bo‘lgan.
Xalifalik vujudga kelgunga qadar arablar diplomatiyasi ko‘proq qabilalar va urug‘lar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan kelib chiqib amalga oshirilgan.8 Bu holatni Muhammad payg‘ambarning ilk siyosiy faoliyatida ham kuzatish mumkin. Arabiston yarim orolining rivojlangan shaharlaridan biri Makkada yagona din e’tiqodi targ‘ibotini boshlagan Muhammadga ergashuvchilar soni dastlab juda kam bo‘lgan. Katta aslzodalarning yangi dinga o‘tishi ular mavqelariga putur yetkazish xavfi ostida ular Muhammad va uning safdoshlarini taqib ostiga olganlar. Vaziyat Muhammad hayoti uchun tobora havfli bo‘lganligi sababli, payg‘ambar Yasribga ketishga qaror qiladi. Bu vaqtda Yasrib vodiysining asosiy o‘troq aholisi hisoblangan majuziy e’tiqoddagi aus va xazraj qabilalari bir-biri bilan o‘zaro urush natijasida zaiflashib qolgan edi. Qabilalar vakillarining aksariyat qismi boy Makka savdogarlaridan qarzdor bo‘lganligi ularning Muhammad bilan yaqinlashishiga sabab bo‘ldi. Muhammad 620- va 622- yillarda ikki bora aus va xazraj qabilalari vakillari bilan Akabi tepaligida muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijasida mazkur qabilalar Muhammadga sodiqlik to‘g‘risidagi qasamyodini berib, payg‘ambar va uning safdoshlarini 41 Yasribda qabul qilish va himoya qilish majburiyatini oladilar.
Ular yagona Ollohga etiqod qilishlarini ma’lum qildilar. Kelishuvga muvofiq, Muhammad va uning safdoshlari milodiy 622-yilning 20 sentabrida (robi al-avval oyining 8 kunida) Makkadan Madinaga «hijrat» (ko‘chish) qiladilar. Shundan boshlab musulmonlarning oy taqvimiga asoslangan yangi yil hisobi boshlanadi. Muhammad payg‘ambar bilan Yasribga ko‘chib o‘tgan makkalik musulmonlar «muhojirlar» deb atalib, Yasribda makkaliklar qo‘nim topgan joy «Madina an-Nabiy» – «Payg‘ambar shahri» degan nomni oladi. O‘sha davrda Madina aholisining islomni qabul qilgan qismi «ansorlar»ga, ya’ni «yordamchilar»ga aylanadi. Makkadan Madinaga hijrat Arab xalifaligi tarixida katta ahamiyat kasb etadi. Aynan Madina bosqichida bo‘lg‘usi davlatchilikning tamal toshlari qo‘yilib, ilk musulmon diniy jamoasi tashkiliy ko‘rinishga kela boshladi. Dastlab musulmonlarning ibodatxonasi bo‘lgan «masjid» bir paytning o‘zida jamoat yig‘ilishlari o‘tkaziladigan va elchilar qabul qilinadigan muassasa vazifasini ham bajaradigan bo‘ldi. Payg‘ambarning Madinaga ketishi va u yerda qo‘nim topishi uning Makkadagi raqiblariga tinchlik bermasdi. Endi makkaliklar Madinaga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. 624-yilda makkaliklar bilan Madina musulmonlari o‘rtasida Badr yaqinida birinchi yirik jang bo‘lib o‘tadi va jangda 300 dan ortiqroq musulmondan iborat Madina qo‘shini makkaliklarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Keyingi yili Uxud tog‘i yaqinidagi jangda makkaliklar Madina qo‘shinlarini mag‘lub etishga erishgan bo‘lsa ham, ammo Madina Yasrib vodiysidagi o‘zining oldingi mavqeini saqlab qola oldi. 627-yilda makkalik aslzodalar yetakchisi Abu Sufiyon o‘n mingga yaqin askardan iborat qo‘shin bilan Madinaga navbatdagi yurishni boshladi. Umumiy askarlari soni uch ming kishidan oshmagan Madina qo‘shini o‘sha vaqtlarda Arabiston uchun yangi himoya usulini (taktikasini) ishlab chiqdi, unga ko‘ra shahar devoridan tashqarida xandaq qazildi. Dushman qo‘shini xandaqdan o‘tish imkonini topa olmaydi.
Ammo madinaliklarning ittifoqchisi sifatida jangga kirgan yahudiylar qabilasi kelishuvni 42 buzib, makkaliklar tarafiga o‘tib ketdi. Qamal cho‘zilishi tufayli tezkor g‘alabaga umid bog‘lagan Makka qo‘shini orasida kelishmovchiliklar boshlanib ketadi va tarixda «Xandaqlar yonidagi jang» nomini olgan jangni Abu Sufiyon to‘xtatib, ortiga qaytib ketishga majbur bo‘ladi. 628-yilda Muhammad payg‘ambar mingdan ortiq sa’hobalari (safdoshlari) bilan ziyorat uchun Makkaga otlandi. Mazkur ziyoratdan ko‘zlangan asosiy maqsad diniy amallarni bajarish bo‘lganligi bois, payg‘ambar safdoshlariga o‘zlari bilan qurol olmaslikka buyruq beradi. Madinalik as’hobalarning qurolsizligiga qaramasdan Makka aholisining bir qismi ziyoratchilarni shaharga kiritmaslik uchun yo‘lni to‘sadi. Qon to‘kilishning oldini olish maqsadida Muhammad payg‘ambar quraysh qabilasi vakili Suhayl ibn Amr bilan muzokaralar olib boradi. Xudaybiya degan joyda ikki tomon kelishuvga erishdi.
Unga muvofiq, ular o‘rtasida o‘n yilga tinchlik sulhi imzolandi, ziyoratga kelgan madinalik musulmonlar ortga qaytarilib, kelgusi yilda ziyorat qilishlariga ruhsat berildi. Ularning Ka’baga – Makka ziyoratiga qurolsiz kelishlari sharti belgilandi. Qurayshlarning eng og‘ir talabi Makkaga kelgan musulmonlarning bu yil ziyoratga kiritilmasdan ortga qaytarilishi bo‘ldi. O‘z navbatida Muhammad payg‘ambar Makka savdo karvonlarning madinaliklar tomonidan talon-taroj qilinmaslik majburiyatini oldi.9 Makkaliklar va madinaliklar o‘rtasida imzolangan mazkur shartnoma amalda Makka aholisining aksariyat qismi tomonidan Muhammad payg‘ambar hokimiyatining tan olinganligini anglatgan.
Shartnomaga asosan, kelgusi, ya’ni 629-yilda ikki mingga yaqin madinalik musulmonlar payg‘ambar yetakchiligada haj ziyoratiga kelganida, makkaliklar shahar tashqarisiga chiqib ketishdi. Makkalik qurayshlarning ikki yirik namoyondalari – Xamid ibn Valid va Amir ibn al Aslar Madinaga tashrif buyurib, islomni o‘z e’tiqodi sifatida tan olishganliklarini ma’lum qiladilar. Xudaybiya shartnomasidan keyin Muhammad payg‘ambar diplomatik faoliyatini faollashtirib yubordi. Yaqin qo‘shni hududlarga hamda davlatlarga islomni qabul qilish da’vati bilan maktublar yuboriladi.
Payg‘ambarning o‘zi najrazlik xristianlar 43 delegatsiyasini qabul qilgan. Madina va Suriya oralig‘idagi Xaybar vodiysidagi qator mustahkam qo‘rg‘onlarning sohiblari bo‘lgan yahudiylar Madinaga hujum qilish harakatida ekanligini tushunib yetgan Muhammad payg‘ambar ular huzuriga muzokaralar olib borish uchun Abdulla ibn Ravox ismli elchini yubordi. Lekin bu qabilalar payg‘ambar taklifini rad qilib, arablarning gatafan qabilasi bilan musulmonlarga qarshi ittifoq tuzdi.
Ular tomonidan tuzilgan ittifoq Muhammad qo‘shini tomonidan mag‘lubiyatga uchratildi. 630-yilda (hijriy 8-yil) Suriyadagi xristianlar tomonidan payg‘ambarning elchisi al-Xaris ibn Umayr o‘ldiriladi. Bunga javoban Muhammad Zayd ibn Xaris boshchiligida ularga qarshi qo‘shin yubordi. Oddiy xalqqa talofatlar yetkazmaslik maqsadida Muhammad uch ming askardan iborat qo‘shinga faqatgina qurolli dushman bilan kurashishga, tinch aholiga teginmaslik to‘g‘risida buyruq beradi. Shu yili qurayshlar qabilasining ittifoqchisi bo‘lgan bakr qabilasi musulmonlar ittifoqchisi bo‘lgan xuzao qabilasiga hujum uyushtirdi. Bu hujumni qurayshlarning ham qo‘llabquvvatlashi amalda ular (ya’ni qurayshlar) tomonidan Xudaybiya shartnomasining ochiqdan-ochiq buzilishini anglatar edi. Lekin muvaffaqiyat madinaliklar tomonidaligini ko‘rgan qurayshlar darhol ularning huzuriga Abu Sufiyonni muzokara uchun yuboradi, ammo bu safar kelishuvga erishilmadi.
Mazkur voqeaga javoban Muhammad o‘z askarlariga Makkani egallash haqida ko‘rsatma beradi. Abu Sufiyon shaharni musulmonlarga topshirishga rozi bo‘ldi. Shu tariqa, Muhammad tomonidan Makka egallangan 630- yil bo‘lg‘usi Arab xalifaligi rasman tashkil topgan sana sifatida tarixga kirdi. Makka va Madinada o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan Muhammad huzuriga tez orada xavozin qabilasidan Zuxayr ibn Surod boshchiligida vakillar kelib islomga o‘tishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi va o‘zlarining musulmonlar qo‘lida asirlikda bo‘lgan qabiladoshlarini ozod qilishini so‘raydi. Ularning istagi musulmonlar tomonidan qondirildi.
Qisqa muddat ichida Arabiston yarim orolida mustahkamlanib borayotgan yosh davlatning keyingi kuchayishi hududda istiqomat 44 qilib kelayotgan arab-xristianlari va ularning ittifoqchisi bo‘lgan Vizantiya imperiyasini ham tashvishga solib qo‘ydi. Vizantiya imperatori Irakliy bu davlatga qarshi katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqqan. Ammo ularga qarshi musulmonlar 30000 kishilik qo‘shin yuborganligi haqida xabarni eshitgan vizantiyaliklar jangga kirmasdan ortga qaytib ketadilar. Shu tariqa Muhammad payg‘ambar umrining oxiriga kelib deyarli butun Arabiston yarim orolini o‘z nazorati ostiga olgan yangi va kuchli davlat tashkil qilishga erishadi. U payg‘ambar bo‘lishi bilan birga siyosiy arbob, talantli diplomat va ayni vaqtda mohir harbiy yo‘lboshchi sifatida ham tarixga kirdi.
Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin (632-y) uning eng yaqin safdoshlari xalifa (o‘rinbosar) sifatida boshqaruvni olib bordilar. O‘ttiz yilga yaqin «choryorlar» boshqaruvi davrida Abu Bakr (632-634), Umar ibn al-Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-656), Ali ibn Abu Toliblar (656-661) xalifalik qilishib, ular payg‘ambar olib borgan siyosatni davom ettiradi. Arabiston yarim orolidagi yagona din targ‘iboti qo‘shni davlatlar va xalqlarga yo‘naltirildi. Bu paytda mintaqada arab bosqinchiligi uchun ancha qulay vaziyat hukm surardi. Xalifalikning asosiy ikki yirik raqiblari– Vizantiya va Eron sosoniylarini uzoq yillik o‘zaro urushlar (602- 628), ichki siyosiy tanglik zaiflashtirib yuborgandi. Vizantiyada yashillar va ko‘klar guruhlari o‘rtasidagi kurashlar bilan birga pravoslav dini ichida borayotgan keskin diniy qarama-qarshiliklar mamlakatni xonavayron qilayotgan bo‘lsa, Eron sosoniylari davlatida oliy hokimiyat uchun ruhoniylar va harbiy lashkarboshilar o‘rtasida kurash avj olib ketishi ichki nizolarni kuchaytirgan edi. Bu vaziyatdan foydalangan arablar qisqa muddat ichida (640- 647) Vizantiyaning Osiyo va Afrikadagi kattagina hududlarida o‘z nazoratini o‘rnatadi. Eron sosoniylariga qarshi urush uzoq davom etib, ular uchun halokatli yakunlandi.
Urush vaqtida arablar harbiy kuch bilan birga diplomatiyadan ham ustalik bilan foydalanadilar va Eronga ko‘plab elchilarni yuboradi. Masalan, 635-yilda Kadisiya yaqinidagi jangda Eronning Rustam boshliq asosiy qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchrashidan oldin forslar huzuriga kelgan musulmon 45 elchilari islom dinining mazmun-mohiyatini yaxshiroq tushuntirish maqsadida (chunki Eronda bu davrda hukmron din zardushtiylik edi) islomning mohiyati, Muhammad payg‘ambar faoliyati haqida suhbatlar olib borganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. 651-yilda arablar Xurosongacha bo‘lgan hududlarni bosib oladi.
Sosoniylarning so‘nggi hukmdori Yazdigerd III Marv vohasida o‘ldirilishi bilan sosoniylarning to‘rt asrdan ziyodroq davom etgan hukmronligi barham topdi. Xalifa Usmon davridan boshlab arablarda avj olib ketgan hokimiyatga egalik qilish harakati dastlab Usmon, keyinchalik xalifa Ali ibn Abu Tolibning halokati bilan yakunlandi. Ali o‘limidan so‘ng uning tarafdorlari Alining o‘g‘li al-Xasanni taxtga o‘tqazgan bo‘lsa ham, u mavqeini bu davrda mustahkamlab olgan Muoviyaga oliy hokimiyatni topshirishga majbur bo‘ldi.10 Shu tariqa, Arab xalifaligida choryorlar davri tugab, davlat boshqaruvi sulolaviy monarxiyaga aylandi. Taxtga o‘tirgan Muoviya ummaviylar sulolasiga asos soldi, mazkur sulola vakillari yuz yilga yaqin (662– 750) Arab xalifaligida hokimiyatni boshqarganlar. Ummaviylar hukmronligi davrida ham qo‘shni hududlarga harbiy yurishlar davom ettirilib, jumladan Vizantiyaga ham qarshi bir necha bor urushlar olib borildi. Katta ko‘lamdagi harbiy yurishlar natijasida Pireney yarimorolidan G‘arbiy Hindistongacha, Kavkaz va O‘rta Osiyodan Yaman va Afrika sahrolarigacha bo‘lgan hududlar Arab xalifalining bevosita nazoratiga o‘tdi.
Ummaviylar davrida arab xalifaligining diplomatik aloqalari Xitoydan Ko‘hna qit’agacha bo‘lgan hududlarda olib borildi. Ummaviylarning poytaxti bo‘lgan Damashq dunyoning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. Sulolaning davlat boshqaruvi, xususan, tashqi aloqalar tartiblarida mahalliy an’analardan tashqari, Vizantiya va Eron sosoniylari boshqaruv tartibining ta’siri katta bo‘lgan. Ummaviy Abdumalik ibn Marvon (692–705) boshqaruvi davrida xalifalikning barcha hududlari uchun yagona pul tizimi joriy qilindi, davlatning rasmiy qaydlari va hujjatlari faqatgina arab tilida olib boriladigan bo‘ldi1 .
Ungacha davlatning rasmiy hujjatlarini yuritishda turli tillardan foydalanib kelingan, masalan, Suriyada–yunon, Eronda–fors, Misrda-kopt tillari. Asta-sekinlik bilan rasmiy til sifatida qabul qilingan arab tili adabiyotga ham ko‘chdi. Bunga ibodatning faqat arab tilida olib borilishi ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Natijada yagona rasmiy va badiiy tilga aylangan arab tili butun G‘arbiy va O‘rta Osiyo, Shimoliy Afrika va Arablar Ispaniyasi uchun xalqaro tilga aylandi. Shuning uchun ham til va dinga asoslanib ko‘pgina Arab xalifaligiga tobe hududlarda taraqqiy qilgan madaniyat va ilm-fan umumiy nom ostida «arab» yoki «musulmon» madaniyati deb atalgan. Aslida bu madaniyatning gullab-yashnashiga ko‘plab arab bo‘lmagan xalqlar ham munosib hissa qo‘shganlar. Ummaviylarning Movarounnahrni egallashlari va Xitoy chegaralariga yaqinlashuvi Chin imperatorini tashvishga solgan. Xitoy imperatori islomning asoslarini tushuntirish va musulmonlar haqida ma’lumot olish uchun Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim huzuriga o‘z vakillarini yuboradi. Bunga javoban arablar Xubayra ibn ashShumruj boshchiligida elchilarni Xitoyga yo‘llaydi. Xubayra Xitoy imperatoriga islomning arkonlari va musulmonlar haqida ma’lumot beradi va «osmon o‘g‘li»dan yangi dinga o‘tishini, rozi bo‘lmasa juzya to‘lashni yoki urushni tanlashni so‘raydi.
Bu talabdan darg‘azab bo‘lgan imperator elchilarni jazolamoqchi bo‘lgan, biroq uning qarshisida katta harbiy salohiyatga ega bo‘lgan raqib turganligini tushunib, arablarga juzya to‘lashga rozi bo‘ladi. Manbalarda Xitoyga 713-yilda Arab xalifaligidan elchilar kelganligi haqida, Qutayba ibn Muslimning Farg‘onaga yurishidan so‘ng Farg‘ona ishxidi Xitoydan panoh topganligi va Qutayba o‘limidan so‘ng xitoyliklar yordamida Farg‘ona hukmdori o‘z davlatini qaytarib olganligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud. Xalifa Xisham I ibn Abdumalik (724–743) davrida ham tashqi siyosatda harbiy harakatlar davom ettirilgan. Bu yurishlar ko‘proq arablar bilan kelishuv shartnomasini imzolagan, biroq uni bajarmagan yoki buzgan hududlarga, xalqlarga qarshi qaratilgan. VIII asrning birinchi choragidan boshlab Arab xalifaligida hukmron sulolaga qarshi bo‘lgan yangi kuch–Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning tarafdorlari oliy hokimiyat uchun kurash boshlab yubordi.
Abbosiylar dastlab targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borishdi, kattagina tarafdorlar guruhidan iborat 47 tayanchga ega bo‘lgach, ochiqdan-ochiq qurolli kurash yo‘liga o‘tdi. Natijada 750-yilda ummaviylar sulolasiga barham berilib, besh asrdan ziyodroq (750–1258) hukmronlik qilgan yangi sulola – abbosiylar arab xalifaligi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.11 Dastlabki abbosiy xalifalari – al-Mansurdan to Xorun ar-Rashidgacha bo‘lgan xalifalar hukmronliklari davrida xalifalik oldingi mavqeini saqlab qolish bilan birga kuchli markaziy boshqaruvni qo‘llarida ushlab tura olishdi. Abbosiylar davrida asosiy e’tibor ichki kurashlarni tugatishga qaratilganligi bois, deyarli yangi hududlar bosib olinmadi (Sitsiliya, Malta va Krit orollaridan tashqari).
Davlat boshqaruvida Eron sosoniylarining an’analari davom ettirilib, kuchli markaziy boshqaruvni amalga oshirishga harakat qilinadi, vazir lavozimi joriy etilib, unga katta vakolatlar berildi. Boshqaruv sohalari bo‘yicha qator vazirliklar–devonlar tashkil etildi. Bosh vazir qo‘lida jami yetti boshqaruv devonlarining nazorati bo‘lib, ular ichida eng nufuzli devonlar–harbiy, moliya, shuningdek, tashqi faoliyatni olib boruvchi «devoni risolat» bo‘lgan. «Devoni risolat» (Devoni ar-rasail) da ma’lum bir ish yuritish va marosimlar tartiblari ishlab chiqilgan. Keyingi davr tarixiy manbalari orqali abbosiylar davrida diplomatik munosabatlarning umumiy ko‘rinishi haqida ba’zi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. IX asr muarrixi Abul Fazl Bayhakiy1 (995–1086) qaydlarida elchilik tartiblari haqida quyidagi ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Elchi sifatida ikkita shaxs yuborilgan. Ulardan biri saroy mulozimlaridan bo‘lsa, ikkinchisi o‘qimishli kishilardan tanlab olingan. Odatda elchilarga to‘rtta maktub berilgan. Maktubning biri elchilik yuborilayotgan hukmdorning nomiga yo‘llangan. Qur’on oyatlari bilan boshlangan mazkur maktubda ikki davlat hukmdorlarining unvonlari sanab o‘tiladi va yaxshi tilaklar tilanib, salom yo‘llangan. Yorliqda, shuningdek, yuborilgan elchining imtiyozlari keltirilib, u orqali berib yuborilayotgan hujjatlar sanab o‘tiladi.
Maktubga xos yana bir jihat shuki, xulosa qismida elchilik yuborilayotgan davlat hukmdoridan elchilarni ushlab qolmaslik va tez fursatlarda ularni ortiga yuborish so‘ralgan. Birinchi elchi nomiga bitilgan ikkinchi maktubda 1 U 19 yil davomida g‘aznaviylarning «Devoni risolat» («divan ar-rasail»)ida faoliyat yuritgan. 48 elchining yo‘riqnomasi o‘z aksini topgan. Uchinchi yorliqda ham yuborilayotgan elchilikdan ko‘zlangan maqsad aks ettirilgan, ammo bu hujjat aynan muzokara vaqtida egasiga berilishi kerak bo‘lgan. Oxirgi yorliqda yuborilgan sovg‘alarning ro‘yxati, ularning kimga, qanday sharoitda topshirilishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topgan. Elchi o‘zi bilan keltirgan sovg‘a-salomlarni va yuklatilgan vazifa bo‘yicha muzokaralarni olib borishi kerak edi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli tugasa shartnoma imzolangan. Buning uchun elchiga shartnomaning tayyor nushasi berilgan bo‘lib, unga o‘zgartirish kiritish man etilgan.
Xorijiy davlat hukmdori shartnomaga rozi bo‘lmagan taqdirda elchiga muzokaralarni davom ettirish vakolati berilgan. Elchi muzokara jarayonidan o‘z davlat boshlig‘ini, albatta, xabardor qilib turishi lozim bo‘lib, kerakli vaziyatda yangi ko‘rsatmalarni so‘rashga haqli bo‘lgan. Shartnoma imzolanadigan bo‘lsa, elchi mazkur shartnomani mustahkamlash uchun o‘zi borgan davlat hukmdoridan, uning o‘g‘illaridan va yaqinlaridan qasamyod qilishlarini talab qilishi lozim bo‘lgan. Elchiga topshirilgan eng muhim vazifalardan biri sovg‘a topshirish tartibi bo‘lgan. Sovg‘alarning bir qismi elchilar hukmdor saroyiga yetib kelgan vaqtida taqdim etilsa, qolgan qismi elchilik muvaffaqiyatli yakun topgan vaqtda davlat boshlig‘iga topshirilgan. Elchiga taqdim etilgan sovg‘alar ro‘yxatida asosiy o‘rinni qimmatbaho gazlamalar va idishlar egallagan.
Sovg‘alarni jo‘natish va taqdim etishni nazorat qilish bo‘yicha maxsus amaldor tayinlangan. Abbosiylar davrida ham faol tashqi siyosat olib borilgan. Ayniqsa xalifa Xorun ar-Rashid (785–809) va franklar hukmdori Karl Buyuk (768–814) o‘rtasida elchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash mumkin. Tarixiy adabiyotlarda ikki hukmdor munosabatlari haqida bir qancha ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Manbalarda ko‘rsatilishicha, ular ikki marotabadan elchilik almashishgan. Xususan, 802- va 807-yillarda Xorun ar-Rashid elchilari Karl Buyuk huzuriga tashrif buyurganligi, qimmatbaho sovg‘alar qatorida fil, shuningdek, Quddusdagi Iso payg‘ambar hilxonasi kaliti keltirilganligi aytib o‘tiladi. Undan tashqari, Buyuk Karlning otasi Pipin Pakana (laqabi) huzuriga kelgan saratsin (musulmon) elchiligi haqida ham ma’lumot mavjud. Ayrim adabiyotlarda bo‘lsa (masalan, «Исто- 49 рия дипломатии» kitobida) bu elchiliklarning bo‘lmaganligi qayd etilgan. Ikki mintaqa – Yevropa va Osiyoda vujudga kelgan va taraqqiyoti, gullab-yashnashi deyarli bir davrda ro‘y bergan franklarning korolinglar sulolasi va Arab xalifaligining abbosiylar sulolasi o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Franklar davlati kuchaygan davrda qo‘shni mamlakatlar bilan munosabat o‘rnatilishga intilishini va aksincha Arab xalifaligi tomonidan xorij davlatlar bilan aloqalar o‘rnatishga bo‘lgan harakatlar ikki tomon o‘rtasida rasmiy darajada aloqalar o‘rnatilganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Shuningdek, arablar va franklar birbirini juda yaxshi bilganlar, ayrim vaqtlarda ularning manfaatlari to‘qnash kelgan (732-yilda Puate yaqinidagi jang). Ammo elchilikdan ko‘zlangan siyosiy maqsadlar haqida ma’lumotlarning uzuq-yuluqligi va deyarli umuman noma’lumligi sabab bu elchilik almashinuvlari ko‘pincha oddiy sovg‘a-salomdan nariga o‘tmagan degan xulosaga kelishga sabab bo‘lgan. IX asrning birinchi choragidan to X asrning o‘rtalarigacha Arab xalifaligidagi siyosiy beqarorlik uning tarkibidagi ko‘plab hududlarning mustaqil tarzda ajralib ketishiga olib keldi.
Abbosiy xalifalar harbiy salohiyatini mustahkamlash va kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan «g‘ulomlar» otryadlarining nufuzi ortib, uning natijasida xalifalar ular qo‘lidagi «qo‘g‘irchoq» hukmdorlarga aylanib qoladi.12 X asrning o‘rtalaridan boshlab abbosiylar sulolasi vakillari dunyoviy hokimiyatdan mahrum bo‘lib, rasmiy diniy hokimiyatning boshlig‘iga aylanadi. Bu davrda Buidlar sulolasi (945–1055-yy) Arab xalifaligidagi boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi. 1055- yilda xalifalikning poytaxti saljuqiylar hukmdori To‘g‘rulbek tomonidan egallangandan so‘ng xalifalikda saljuqiylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Bu sulola vakillari turk g‘ulomlari otryadlari va buidlardan farqli ravishda xalifalar ichki siyosatiga aralashmaganlar. Bunga saljuqiylarning islomning sunniy oqimiga e’tiqod qilishlari ham sabab bo‘lgan.
Saljuqiylar sulolasi barham topgach, Iroqda abbosiy xalifalar yana yarim asrdan ziyod hukmronlik qiladi. 1258- yilda mo‘g‘ul xoni Xulaguxon tomonidan so‘nggi xalifa Al-Muxtasimning (1242–1258) o‘ldirilishi va Bog‘dodning mo‘g‘ullar tomonidan egallanishidan so‘ng Arab xalifaligi tarixi rasman yakunlanadi.

Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə