Jahon tarixi


Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 187 Kb.
səhifə2/7
tarix19.06.2023
ölçüsü187 Kb.
#117982
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi (5)

Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi: O‘zbekiston olimlari tomonidan mavzuga doir masalalar atroflicha yoritilgan. Xususan, F.Sulaymonova , B.Abduhalimov , Hoji Ismatulloh Abdulloh , A.Murodov, U.Uvatov va boshqalar musulmon madaniyatini tadqiq etishga muhim hissa qo‘shganlar. Bu o‘rinda F.Sulaymonovaning “Sharq va G‘arb” monografiyasida arab-musulmon madaniyatini yaxlit holda tadqiq etganligini alohida ta’kidlash zarur. Fitrat o‘z darsligini Andalusdagi ummaviylar davlatining tashkil topishi, faoliyati va uning ijtimoiy-siyosiy ahvolini bayon qilish bilan yakunlaydi. Ummaviylar xalifaligi zavol topgan zamonda Abdur-Rahmon binni Muoviya binni Hishom ismli kishi Andalusga qochib ketgan edi. Andaluslik musulmonlar uni o‘zlarining podshohi qildilar. Abdur-Rahmon 135 (hijriy) yilda Andalus taxti saltanatiga o‘ltirib, u mamlakat obodligi yo‘lida ko‘p xizmat qildi, masjidlar va madrasalar qurdirdi, kanallar va yo‘llar ochdirdi. Mamlakat tijorati va ziroatini tarakqiy qildirdi. Shunday qilib, Andalus mamlakatida ham bir Islom saltanati ta'sis qilindi. Andalus musulmonlarining oqibat ahvoli borasida quyidagilarni yozadi: Musulmonlar Andalusda hukmron bo‘lgan zamonlarda ul yerning nasroniylari ko‘p osuda va rohatda bo‘lganlar.
Ularga hyech vajdan zulm va jabr qilmaganlar. Lekin Islom hukumati u yerda tugatilgandan so‘ng va mamlakat Ferdinand qo‘liga o‘tgach, Islom ahli uchun zulm va muruvvatsizlik darvozalari keng ochildi. Ularni zo‘rlik va jabr bilan nasroniylikka o‘tkazdilar, ularning dodlarini so‘ramaganlar. Masjid va madrasalarni vayron qildilar. Bosvortga ko‘ra, bu yerda ummaviylarning qaror topishini chindan ham muvaffaqiyat desa bo‘ladi, chunki Iberiya yarim orolining jug‘rofiy sharoiti markazlashishga va qattiq qo‘llik bilan davlatni boshqarishga to‘sqinlik qilardi. Amirlik Sevilya va Kordovaga tayanar, biroq joylarda amirlar hokimiyati uncha mustahkam emas edi.Garchi ispan-roman aholisining anchagina qismi islomni qabul qilgan bo‘lsada (ularni muvalladun deb atardilar), ko‘pchilik hamon nasoroligicha qolgan edi (ularni al-mustaribun deb atashgan)

Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə