Bu haqida Prezident Sh. M. Mirziyoyev shunday deydi: barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham xal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir



Yüklə 19,58 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü19,58 Kb.
#110039
Маматраимова - илмий рахбар хулосаси


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Mamatraimova Dilshoda Chorshanbiyevnaning “Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari” mavzusidagi dissertatsiya ishiga rahbar
XULOSASI
Mamlakatimiz hayotidagi so‘ngi yillaridagi o‘zgarishlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Bu haqida Prezident Sh.M.Mirziyoyev shunday deydi: “...Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham xal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan imkon qaratilmoqda”.
Qolaversa, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish” degan dasturiy g‘oya yoshlarni Ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o‘ta sharafli vazifa ekanligini ta’kidladilar.
Yangi sharoitlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi.
Shu jihatdan talaba Mamatraimova Dilshoda Chorshanbiyevna tomonidan tanlangan magistrlik dissertatsiyasining muammosi sifatida tanlangan mavzu shu jihatdan dolzarb sanaladi. “Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari” mavzusidagi dissertatsiya ishida birinchi sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish, ularning kelajakda munosib vorislar bo‘lib kamol topishlarida ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash magistrlik ishining maqsadi yetib belgilangan.
Talaba o‘z dissertatsiya ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligini asoslagan, ob’ekt, predmet, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilagan, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyatini yorita olgan. Shu bilan birga adabiyotlar tahlili ham belgilangan talablar va me’yorlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan.
Ishning birichi bobida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining mazmuni, mohiyati, darsliklarda matnlar bilan ishlash hamda o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda Sharq va G‘arb olimlarining fikrlarini tizimli berib borgan. Ikkinchi bobida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida matn bilan ishlash, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish yo‘llari va metodlariga oid qarashlar, amaliy ishlanmalar, metodlar, o‘qitishga doir mashg‘ulot ishlanmasi, keyslar, darajali testlar, glossariy berilgan. Uchinchi bobida tajriba-sinov ishlari dasturi, savollar jamlanmasi hamda natijalar keltirilgan.
Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari Jarqo‘rg‘on tumanidagi 36-umumiy, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 86-umumiy hamda Sho‘rchi tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni misolida o‘rganilib, ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilishi ta’lim muassasasida o‘qitish sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Talaba Mamatraimova Dilshoda Chorshanbiyevna tomonidan tadqiqot dasturida belgilangan vazifalar yetarli darajada tadqiq etilgan. Ish yakunlangan.
Ammo ishda yetarli darajada kamchiliklar mavjud:
1. Dissertatsiya matni tahrirga muxtoj.
2. Adabiyotlarni rasmiylashtirilishini qayta o‘rnatilgan tartibda tahrirlash kerak.
3. Har bir bob bo‘yicha tavsiya va umumiy xulosa va takliflarni yana takroran qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.
Mazkur kamchiliklar dissertatsiya ishini himoyaga olib chiqishga monelik qilmaydi.
Talaba Mamatraimova Dilshoda Chorshanbiyevna tomonidan yozilgan “Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqot ishi yakunlangan bo‘lib, OTMlarida magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablariga to‘la javob beradi, deb hisoblayman va mazkur dissertatsiya ishini himoyaga tavsiya etaman.


Pedagogika fanlari doktori, prof.
Yüklə 19,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə