Reja: 5-tashabbus mohiyati



Yüklə 22,17 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü22,17 Kb.
#134722

5-tashabbus va uning yuksak ma`naviy madaniyatni ta`minlashdagi o`rni

Reja:
1. 5-tashabbus mohiyati


2. 5-tashabbus yoshlarga berilgan imkoniyat
3. 5-tashabbus va uning yuksak ma`naviy madaniyatni ta`minlashdagi o`rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e‘tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san‘at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.


Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta‘lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma‘naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste‘dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
 Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi.
Ana shu ezgu g‘oya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va san‘at maktablari cholg‘u asboblari, sport ob‘ektlari jihozlar bilan ta‘minlandi.
Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Ma‘rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Yig‘ilishda bu tajribani mamlakatimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Birinchi tashabbus bo‘yicha, bugungi kunda, mamlakatimizdagi 800dan ortiq madaniyat markazlari, 312ta musiqa va san‘at maktablariga atigi 130 ming nafar o‘g‘il-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati o‘quv qo‘llanmalari, notalar to‘plami, musiqa asboblari, mebelь va jihozlar bilan yetarli darajada ta‘minlanmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va san‘at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini o‘rganib, ularning faoliyatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Madaniyat vazirligi va Xalq ta‘limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumta‘lim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Tashabbuskor iste‘dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta‘kidlandi.
Atoqli san‘atkor va iste‘dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olinib, bu tajribani butun respublikaga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san‘atni rivojlantirishga mas‘ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.
Musiqa va san‘at sohasida oliy ma‘lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e‘tibor qaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim hamda Xalq ta‘limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.
Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta‘lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.
Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi qo‘yildi.
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruktsiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun‘iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta‘kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Uchinchi tashabbus bo‘yicha videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam ko‘rsatiladi.
Bugungi kunda barcha maktablarda kompьyuter texnikalari bo‘lishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq ta‘limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompьyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta‘minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompьyuter o‘yinlari markazlarini tashkil etish, ularda yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bo‘lishi zarurligi ta‘kidlandi.
To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘ladi.
Lekin ko‘plab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar o‘rnida tashkil etilgan “Axborot-resurs markazlari” o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi.
Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qo‘shimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va uyushmalarga “Kitob karvoni” loyihasi doirasida badiiy, ma‘rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yig‘ilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do‘koni tashkil etishi kerakligi ta‘kidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda ko‘chma kitob pavilьonlarini joylashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda “Bibliobus”larni yo‘lga qo‘yish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish vazifasi qo‘yildi.
Beshinchi tashabbus bo‘yicha yig‘ilishda xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalari ham muhokama qilindi.
Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonalarini qurish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari ko‘p joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24 mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Prezidentimiz mehnat qilish istagidagi ayollar ish o‘rinlari sonidan ancha ko‘pligini hisobga olib, korxonalarda ishni 2 smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini ta‘kidladi.
Yig‘ilishda qayd etilgan 5 ta tashabbusni keng joriy qilish maqsadida barcha hududlarga mutasaddi rahbarlar mas‘ul qilib biriktirildi. Shuningdek, bu vazifalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari, “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan mas‘ul va javobgar etib belgilandi.
Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`lim
Oxshash xabarlar:

  • O'zbekiston respublikasi davlat madhiyasi haqida referat

  • Konstitutsiya haqida insho rejasi, referat

  • Volfgang Amadey Motsart hаyoti vа ijodi haqida referat

  • 5 tashabbus haqida she'rlar

  • Ehtiroslar va tashabbus haqida

  • KONSTITUTSIYA-BAXTIMIZ POYDEVORI referat

  • Mirzo Ulug’bek va uning akademiyasi (referat, insho, matn)

  • 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”-referat

  • Axborot tizimlari va ularning turlari-referat

  • Intellekt va kreativlik mavzusida referat

  • Bolalar psixologiyasi referat

  • Faoliyat va motivatsiya mavzusida referat

  • Ekologik muammolar va ularning yechimi (Referat)

  • 5 ta muhim tashabbus (Tadbir ssenariysi)

  • Prezident tomonidan 5 ta muhim tashabbus




  • Besh muhim tashabbus dastlab Toshkent viloyatining Boʻka tumani va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tajriba sifatida joriy etildi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatining besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi Mansur Masharipov. — 42 ta tuman va shaharlarning 168 ta olis va ogʻir ahvoldagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shuningdek, birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha yurtimizdagi mavjud 800dan ortiq madaniyat markazlarida 4522 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularga 1762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan 36503 ta toʻgarakka 1 million nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan. Umumtaʼlim maktablarida tasviriy sanʼat va musiqa yoʻnalishidagi 36 503 ta toʻgaraklarga 1,1 mln.nafar (18%) oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan. 3 mingdan ortiq musiqa jihozlari yetkazib berilgan.

Shu bilan birga matbuot anjumanida qolgan 4 yoʻnalish yuzasidan ham qilingan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.
Jumaladan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha umumtaʼlim maktablarida 10 ta sport turi boʻyicha 49 196 ta sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 1,2 mln nafar oʻquvchi-yoshlar muntazam shugʻullanib kelishayotganligi hamda 254 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga 328 875 nafar, 54 ta Sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 33 438 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilinganligi haqida maʼlumotlar aytib oʻtildi.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish boʻyichayoshlarni kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishini tashkil etish maqsadida 72 ta “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi ham yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 mln dan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi, “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 ta nomdagi 590 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi.
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2019-yillar davomida 2 mln. 170 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, 8 nafar tanlov gʻoliblari boʻlgan yosh kitobxonlar Prezident sovgʻasi “Spark” avtomashinasi sovrindori boʻlganligi ham yoshlarimizni kitobxonlik ruhiga yana qaytganini yorqin isbotidir.
Tadbirda “Yosh kitobxon” tanlovining 2020-yilgi saralash bosqichlari
23-25-dekabrʼ kunlari barcha tuman (shahar)larda oʻtkazilishi toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi va bu jarayon online tarzda amalga oshirilishi aytib oʻtildi.
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish yoʻnalishi ham eng dolzarb yoʻnalishlardan biri boʻlib bugunga kelib Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan sohaga oid tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi hususida qizgʻin muzokaralar boʻldi.
Xulosa
Xulosa qilib ayganda, Ilk marotaba yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiri, gender tenglik va ular bandligini taʼminlash maqsadida “Qizlar ovozi” platformasi yaratildi,— deydi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshligʻi Mukarram Nurmatova. — Forum doirasida mamlakat istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini taʼminlash, shuningdek demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda qizlar faolligini oshirish maqsadida joylarda “Qizlar ovozi” klubi tashkil etildi.
Oʻtgan davr mobaynida xotin-qizlar uchun jami 170 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi. Tijorat banklari va Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion soʻm kreditlar ajratildi.
Hozirgi kunda respublikamizda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar soni 3 596 406 nafarni tashkil qilmoqda. Joriy yilda 76,2 mlrd. soʻm imtiyozli mablagʻlar evaziga 76 198 nafar yosh xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi, shuningdek, 15 935 nafar yosh xotin-qizlar kasb-hunarga oʻrgatildi.

Foydalanadigan adabiyotlar ro’yxati.



1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun,.-T.;O’zbekiston.
1997 y.
2.Kadrlar tayyorlash milliy dasrturi,-T.;O’zbekiston. 1997 y.
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari-T.;Kvinta print. 4.Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogika.T.; O’qituvchi, 1993.
5.Xasanboeva O.U. va boshqa.Maktabgacha ta’lim pedagogika .T.; Ilm ziyo. 2006.
6.Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”.”Tafakkur sarchashmalari” T.: 2013 y.
7.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashiroti T.; 2013 y
8.КозловаС.А. КуликоваТ.А.ДошколънаяпедагогикаМ.Академия.2002 г
9.Волотина Л.Р. Дошколъная педагогика М. Лавиринт. 2005г
Yüklə 22,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə