“Tuproq unumdorligini oshirishda kolloidlarning o‘rni ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar xulosasi



Yüklə 16,25 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü16,25 Kb.
#118455
Ilmiy rahbar xulosasi bakalavr


Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5141000-
“Tuproqshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabasi Bo‘riyeva Shaxrizoda Shavkat qizining “Tuproq unumdorligini oshirishda kolloidlarning o‘rni ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI
Hozirgi davrda tuproq qoplamini kompleks ravishda o‘rganish uchun barcha ilmiy-tadqiqot institutlari, tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari mavjud bo‘lgan universitet va institutlarda ilmiy va amaliy ishlarni bajarish uchun zamonaviy asbob–uskunalar bilan jihozlangan va ta’minlangan. Tuproq qoplamini dala, kuzatuv va laboratoriya sharoitida o‘rganish uslublari hozirgi paytda mukammal ishlab chiqilgan.
Tuproqlardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish tajribasi va ulardan mehnat obyekti sifatida foydalangan sari, tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasi fanlarining kelgusida rivojlanish istiqbollari mamlakatimiz va dunyo aholisini o‘simlik va chorva maxsulotlari bilan ta’minlash asosini buzilishdan va ifloslanishdan himoya qiladi.
Tuproqshunoslik fani XVII asrning boshida shakllana boshlagan, ammo inson tomonidan tuproqqa ishlov berish, undan qishloq xo‘jaligida foydalanish tarixi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi.Yevropa, asosan, O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda: Yunoniston, Rum, Suriya, Iroq, Assuriya, Mesopotamiyada dehqonchilik madaniyatining rivojlanish tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar antik davr faylasuflari va donishmandlari bo‘lgan Aristotel, Teofrast, Lukretsiy, Vergiliy, Varron, Kolupella, Pliniy va Katon asarlarida keltirilgan va bizning hozirgi davrgacha yetib kelgan. Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi insoniyat va qishloq xo‘jaligi tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘oriladigan dehqonchilik miloddan oldingi V asrda Meksika, Xitoy, Misr, Mesopotamiya, Eron, Movarounnaxr, Sir va Amudaryolar oralig‘idagi mamlakatlarda rivojlangan. O‘rta Osiyoda yer haydaydigan omoch qadimgi davrlardan to XX asrlargacha ishlatib kelingan.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi , dolzarb muammolarini tahlil qilish uchun bir nechta metodlar qo‘llaniladi. Bu metodlar, tuproqlarning sifat bahosini tadqiq qilish, tuproqlarning xossa va xususiyatlarini hisobga olishga kabi bir necha muhim jarayonlarni oʻz ichiga oladi.
Bitiruv malakaviy ishi Bo’riyeva Shaxrizoda Shavkat qizi tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishi, 3 bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishi kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari, mavzuning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, uning predmeti va obyekti yoritilgan.
Birinchi bob adabiyotlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mavzu bo‘yicha dunyo miqyosida va O‘zbekistonda o’tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, Insoniyat tarixida kishilar tuproqni uzoq o‘tmishdayoq o’rganib unga ekin ekib asrab avaylab kelishgan.Tuproq haqidagi ilk bor ma’lumotlar eramizdan 3-4 ming yil ilgari Xitoyliklar, Greklar, Misrliklar turli xil asarlarida yozib qoldirishgan. Eramizdan 4-asr oldin yashagan faylasuflar Arestotel va Teofrast asarlarida tuproqning xossalari tarkibi tuzilishi va o‘simlilar oziqlanishi haqida ilk ma’lumotlar qayd etilgan.
Ishning ikkinchi bobida Tuproq kolloidlari ham boshqa kolloidlar kabi ikki, ya’ni zol va gel holida bo‘ladi. Natijada tuproqlarning fizik-suv, fizik mexanik xossalari yaxshilanadi tuproq kolloidlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan koagullanish va singdirish jarayonlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega. Quyida tuproqning singdirish qobiliyati haqida ma’lumot berilgan.
Uchinchi bobida Kolloidlar tuproqda asosan gel holatida bo‘ladilar, gellar ma’lum darajada suvli bo‘ladi. Nam tuproqda kolloidlar zol holatida, ya’ni zarrachalar suv yordamida birbiridan ajralgan bo‘ladi. Gel holatidagi zarrachalar suv yordamida ajralmagan bo‘ladi. Zol holatidagi kolloid zarrachalarning mustahkam turishi ulardagi elektrokinetik potensialga bog‘liq bo‘ladi.
Bitiruv malakaviy ishining oxirida ilmiy-tadqiqot ishining natijalari ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Shuningdek mazkur bitiruv malakaviy ishida orfografik, imloviy, xatoliklilar mavjud, lekin ushbu xatoliklar mazkur Bitiruv malakaviy ishini himoyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bitiruv malakaviy ishi shu tipdagi ishlarga qo‘yilgan talabga mos deb xisoblayman. Ushbu bitiruv malakaviy ishini yakuniy davlat atstatsiyasi komissiyasida himoya etishga tavsiya etaman.
Oʻzbekiston fanlar akademiyasi
Umumiy va noorganik kimyo instituti
bosh ilmiy xodimi: k.f.d. prof. , Sh.A.Kuldasheva
Yüklə 16,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə