Dinshunoslik ma'ruza doc


KURSNING AMALIY AHAMIYATI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

KURSNING AMALIY AHAMIYATI
. «Dinshunoslik» kursining amaliy ahamiyati, oliy maktab 
talabalarining shu sohadagi bilim doiralarini kengaytirish, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan erkin fikr 
yuritish hamda ilmiy va diniy ta'limotlarni hozirgi fanlar va talablar nuqtai nazaridan turib o'rganishdan 
iborat. 
«Dinshunoslik» o'zining o'rganish va ilmiy tekshirish ob'yektiga ega. U dinning paydo bo'lishi, 
ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e'tiqodlarning paydo bo'lishi va 
yashashi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o'rganadi. «Dinshunoslik» kursining 
vazifasi dinni falsafiy, tabiiy-ilmiy, tarixiy va psixologik nuktai nazarlardan har tomonlama tahlil qilishdan 
va va bu tahlil bergan dalillarni umumlashtirishdan iborat. «Dinshunoslik asoslari» predmeti tabiiy-ilmiy, 
insonshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o'zaro uzviy bog'liqlikda rivojlanadi. Uning etika, 
estetika, tarih etnografiya, arxeologiya, psixologiya, hurfikrlilik va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan 
mustahkam bog'liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitadi. 
«Dinshunoslik» kursining O'zbekiston xalqlari tarixi bilan uzviy bog'liqligini alohida ta'kidlash 
zarur. Zero, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi umuman din, xususan islom tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib, 
fan va madaniyat tarixiy taraqqiyotida keyingi ming yillikda islom ta'limotining ta'siri kuchli bo'lgan. 
O'zbekiston xalqlari tarixi predmeti qadimgi zamonlardan hozirgi davrgacha jamiyat taraqqiyotidagi 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy rivojlanish bosqichlarini o'rgansa, bu jarayonning barcha jihatlarida 
mavjud dinlarning aralashuvi, yohud kuchli ta'siri bulgan. Xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida 
islomning kirib kelishi va hukmron mafkuraga aylanishi bu xalqlar tarixida katta iz qoldirgan. 
Oliy maktab talabalari uchun yangi o'quv predmeti sifatida o'qitilayotgan Madaniyat tarixi va 
nazariyasi bilan dinshunoslik asoslari kursi o'zaro uzviy bog'liqdir, chunki madaniyat tarixi bilan din tarixi 
bir-biridan ajralmagan, aksincha o'zaro ta'sir o'tkazib kelayotgan jarayondir. Bu tarixiy taraqqiyot 
hodisalarning ob'yektivligini, rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish har ikkala o'kuv predmeti uchun ham 
ahamiyatlidir. Bir-birini to'ldiruvchi O'zbekiston xaqlari tarixi bilan «Dinshunoslik» o'quv predmetlari 
yoshlarni bu sohadagi zarur bilimlar bilan qurollantiradi. 
«Dinshunoslik» kursi o'qitishning yana bir amaliy ahamiyati shundaki, mustaqillik tufayli 
mamlakatimizda boshlangan ijobiy o'zgarishlar din tarixiga, u bilan bog'liq bo'lgan madaniy merosga 
xolisona ob'yektiv munosabatni o'rnatish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar tug'risida»gi qonunning qabul qilinishi hozirgi sharoitda demokratik va insonparvar 
jamiyat qurayotgan O'zbekiston xalqlari hayotida katta ahamiyatga ega bo'lib, o'z natijasini ko'rsatmog'da. 
Dinga, diniy tashkilotlarga va dindorlarga nisbatan to'g'ri munosabatning qayta tiklanishi haqiqiy 
vijdon erkinligini amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Oxirgi mustaqillikning o'tgan yillarida urushdan 
keyingi davrga nisbatan bu sohada kup ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, qonun doirasida diniy 
tashkilotlar va jamoalar uchun to'liq erkinliq yangi diniy jamoalarni, jumladan masjid va madrasalarni 
ruyxatdan o'tkazish, diniy ibodatlarni bemalol ado etish, diniy adabiyotlar nashr etish, diniy arboblar va 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


talkilotlar faoliyatiga munosabatda jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Diniy tashkilotlarning jamoat 
tashkilotlari, tinchlik va xayriya ishlarida faol qatnashishdan iborat huquq kafolatlandi va ro'yobga 
chig'arildi. 
Madaniy va ma'naviy marosimlarni, diniy qadriyatlarimizni tiklash. Ilm toliblariga o'rgatishga 
g'aratilgan chora-tadbirlarni xalg'imiz keng quvvatladi. Mustaqilligimiz sharofati bilan ilm-fan, din 
sohasida katta iz qoldirgan olimu-fozillar, ulamolardan iborat vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Ahmad 
Yassaviy, Hakim Termiziy, Axmad Farg'oniy, Navoiy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy va 
boshqalarning utkazilgan va bulajak yubileylarini tantanali nishonlash va meroslarini o'rganishga keng yo'l 
ochildi. 
«Dinshunoslik» kursining falsafa, tarih etika, psixologiya fanlari bilan bogliqligidan tahqari bu kurs 
din sosiologiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, uning natijalari muqim amaliy ahamiyatga ega. 
Din va sosiologiyada muayyan aholi o'rtasida dinga, uning qadriyatlariga hamda ijtimoiy rolini 
aniqlash maqsadida sosiologik tadqiqotlar o'tkaziladi. Bu tadbir sosiologik tadqiqot metodtkasi, so'rov 
varaqalari ishlab chiqilgandan so'ng ishga solinadi. Olingan natijalar muayyan hududda diniy vaziyatni
diniy ong darajasini, ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlashda yordam beradi. 
Bulardan tashqari «Dinshunoslik» din antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din aksiologiyasi kabi 
fan tarmoqlari yutqlaridan ham foydalanishning muayyan amaliy ahamiyati mavjuddir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə