59
JISMONIY YOKI RUHIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BOR BOLALAR
TA’LIM – TARBIYASIGA YANGICHA YONDASHUV.
1.D.T. Yuldosheva
2.Xasanboyeva Zilola Xusniddin qizi
1. QDPI Maxsus pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi
2. 406 -guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7762070
Ma’lumki, rivojlanishida nuqsoni bor bolaning tug’ilishi oilaning istiqbolini tubdan o’zgartiradi.
Farzand tarbiyasida ota-ona oldida ko’plab mas’uliyatli vazifalar ko’ndalang turadi, nuqsoni bor
bolani tarbiyalashda esa ular bir necha muammolarga duch keladilar. Bunday oilalarni
aniqlash, alohida yordamga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish va maktabga tayyorlashda
ularning ota-onalariga bu borada korreksion-pedagogik yordamni berish bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Davlatimizning ustivor siyosati yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog’lom va aqlan
barkamol qilib voyaga etkazishdir. Bu o’rinda rivojlanishida nuqsoni bo’lgan ayrim ijtimoiy
himoyaga muhtoj bolalar tarbiyasi alohida e’tiborda bo’lib kelgan. Bola tarbiyasi dastlab oilada
o’z ota-onasining bag’rida jismonan, aqlan va ma’nan shakllanib boradi. Farzandlar tarbiyasi
ko’p jihatdan oiladagi muhitga, atrofdagi kattalarning bolani tarbiyalashga bo’lgan
munosabatiga bog’liqligi, ota-onaning jamiyat oldida mas’ul ekanligi, davlatimizning qator
qonun va qarorlarida qayd etilgan.
Nogiron bolalarni ma’naviy va jismonan barkamol inson bo’lib etishishi uchun pedagogik
omilni, ya’ni tarbiyaning maktabgacha ta’lim jarayoniga alohida e’tibor berishini talab qiladi.
Ota-ona bolani maktabga tayyorlashda undagi mavjud bo’lgan nuqsonlarni bartaraf etishga oid
korreksion-pedagogik usullarni to’g’ri qo’llay bilish va bunda maktabgacha ta’lim muassasa
murabbiylari maxsus mutaxassis pedagoglar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozimligi
adabiyotlarda ta’kidlangan.
O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan har bir maxsus o’quv muassasasi borki, undagi bolalar
masalalariga oid ishlarning barchasi ota-onalar roziligi asosida amalga oshadi. Inklyuziv ta’lim
deb nom olgan tizim esa bolalarning ta’lim olishida o’ziga xos huquqiy asosni yaratadi. Bunday
ta’lim tizimi shunday falsafaga asoslanganki, hamma bolalar nogironligining og’irligiga
qaramasdan, ular ta’lim tizimining jonli hamda ajralmas vakillari sanaladi. Ammo, alohida
yordamga muhtoj bolalarning maxsus ta’lim dasturi talablariga qanchalik layoqatli ekanini
aniqlash ham muhim vazifalardan biri ekanligini unutmaslik kerak.
Ayni kunda ta’lim tizimi muammolari sirasiga oila muammolaridan sanalgan alohida yordamga
muhtoj bo’lgan bolalar bilan bog’liq masalalar o’zining dolzarblik xususiyatini yo’qotmagan.
Aynan Toshkentdagi nogiron bolalar va ota-onalar klubiga tegishli ma’lumotlarga qaraganda,
poytaxtda bunday oilalar soni 2000 dan ortiq ekanligi ma’lum bo’ldi. Bolalarni reabilitatsiya
qilish va moslashtirish haqida gap ketganda, albatta to’g’ridan-to’g’ri oilasidan oladigan
yordam tasavvur etiladi. Agarda bunday oila iqtisodiy tanglik holatida bo’lsa, ijtimoiy mehnat
va ta’lim olishda to’sqinliklarga duch kelsa, tabiiyki, u o’zini ruhan ojiz sezadi. Natijada, ota-ona
farzandlarining har tomonlama o’sishi hamda rivojlanishi yo’lida unga madad bo’lish o’rniga,
undan samara kutishdan ancha yiroqda bo’ladi. Faqatgina nogiron farzandi bor bo’lgan
60
oilalarning muammolari o’z yechimini topgan taqdirdagina, ularni to’liq reabilitatsiya va
integratsiya bilan ta’minlashi mumkin.
Ma’lumki, rivojlanishida nuqson va buzulishlarning barchasi ham chaqaloqlik davrida yuzaga
kelavermaydi. Bunday o’zgarishlarning aksariyati kattaroq yoshda aniqlanishi mumkin. Ular
ko’pincha asab sistemasining, eshitish va ko’rish a’zolari hamda nutqdagi nuqsonliklar misolida
namoyon bo’ladi.
Chet el adabiyotlarida rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga go’daklik davridanoq erta yordam
ko’rsatishning turli modellari yozilgan bo’lib, bunda Shvetsiyadagi markazlar, AQSHdagi erta
dahl qilish dasturi kiradi. Sankt-Peterburg shaxridagi “Integratsiya tarbiya markazi” yuqoridagi
markazlarning modeli asosini hisobga olgan holda Erta yordam ko’rsatish xizmatini (Slujba
ranney pomoshi - SPR) tashkil etgan bo’lib va hozirgi davrgacha ish olib bormoqda. Erta
yordam ko’rsatish xizmatining faoliyati rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning go’daklik
davridanoq ( 0 dan 3 yoshgacha) va ular oilalariga yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan.
Tajribalar shuni ko’rsatganki, bola hayotining birinchi yilida rivojlanishida uncha ko’zga
tashlanmaydigan o’zgarishlarni payqamay, kerakli davolash va o’qitish chora-tadbirlari olib
borilmasa, kelajakda ta’lim olishda qiyinchilik va muammolarga duch kelish muqarrar. Boshqa
tomondan rivojlanishida og’ir o’zgarishlar bo’lgan bola bilan har tomonlama tegishli
mashg’ulotlar olib borilsa, yuqori natijalarni qo’lga kiritishga imkon beradi. Shuning uchun
ham, mashg’ulotlar qanchalik erta boshlansa, ko’tilgan samaraga erishish shunchalik oson
kechadi.
Bolaga ta’lim-tarbiya berishni uy sharoitida olib borish – bu juda mashaqqatli va sinchiklab
ishlashni talab qiladigan mehnatdir. Bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, endigina ish
boshlagan pedagoglar uzoq muddat olib borilgan mashg’ulotlaridan ko’rinarli natija
bo’lmaganidan umidsizlikka tushib qolishadi. Lekin bunday bolalar ustida ishlash kisidan
ayniqsa katta diqqat va sabr-matonatni talab etadi. Bolada harakatga, mehnatga bo’lgan
ishtiyoqini oshirish, hattoki, ta’kidlash unchalik lozim bo’lmagan narsalarga to’xtalish, uni
qayta-qayta rag’batlabtirish va uni maqtab turish, uning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini
yanada orttirish, shuningdek bolada hamma isni risoladagidek bajaraman degan ishonchni
rivojlantirhs eng muhim jihatlar sanaladi. Bolaning topshiriqqa bo’lgan ijobiy qarashini
nazardan chetda qoldirish yaramaydi, uning erishayotgan oddiygina, sezilar-sezilmas
muvaffaqiyatlarini ajratib ko’rsatish hamda baholab borish kerak. Pedagog faoliyatining bosh
g’oyasi asosida tarbiyalanuvci qalbida hayotga nisbatan ishonch hamda umid hislarini
uyg’otgan holda quvonch, shodlik, muvaffaqiyatga erishish, omad tuyg’ularini mazasini totib
ko’rishga undash yotadi. Hattoki, bir martalik yutuqni qo’lga kiritishning o’zi bola hayoti va
turmush tarzini o’zgartirib yuborishi mumkin.
Bolaga ta’lim berishni uy sharoitida yo’lga qo’yish – bu bir necha jihatga daxldor bo’lgan jarayon
bo’lib, pedagog bilan hamkorlikda ishlash istagida bo’lgan, qolaversa psixologik muhitni tashkil
eta bilgan oila uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Bir necha yillar davomida tadqiqotchilar
tomonidan uyda ta’lim olinayotgan bolaning oilasidagi ma’naviy-ruhiy muhiti bilan birga,
onaning bolasidagi xatti-harakatlarga nisbatan munosabati, farzandining ta’lim-tarbiya olish
61
jarayonidagi ishtiroki, o’quvchi hamda ota-onalarning pedagog bilan qanchalik darajada aloqa
o’rnatganligi o’rganilgan.
Uyda ta’lim oluvchi bolalarning aksariyatida (75%) o’qituvchi bilan muloqot natijasida hissiy
munosabatlar shakllana borar ekan. Bolalarning 25% qismida esa bunday aloqalar mehnat
orqali vujudga kelar ekan. O’qituvchi va ota-onalardagi mo’tadil aloqalar ko’p (77%) oilalarda
vujudga keladi. 11% hollarda mehnat orqali paydo bo’ladi, 11% hollarda umuman
shakllanmaydi. Tadqiqotchilarning kuzatuviga ko’ra, “o’quvchi – ota-ona – o’qituvchi” tizimida
hissiy bog’lanib, o’zaro bir-birini tushunish – ruiy-korreksion faoliyatda muvaffaqiyat
garovidir.
Ota-ona va oila a’zolari bilan aloqa o’rnatib olish birinchi vazifa bo’lib, u muhim rol o’ynaydi.
Ammo, nogiron bolasi bor oilalarning tilini topib ishlash oson emas. Bunday hollarda M.Eggning
maslahatlariga quloq tutishni tavsiya etgan bo’lardik. U o’zining “Mening farzandim
boshqalardek emas ….” Deb nomlangan kitobida shunday deydi: “Bolangizni tarbiyalashdek
olijanob vazifa zimmangizga yuklatilgan. Faqatgina siz uni ezgulikka yetaklay olasiz, uning
kelajagi faqatgina sizga bog’liq. Buni siz uchun hech kim qilmaydi. Unga yordam berishingiz
uchun bolangizni tushunishingiz bilan birga bu yo’lda sizdagi sabr hamda mehr-muhabbat va
maqsad sari intilishingizning o’zi kifoya.”.
Shunday bo’lsa-da, alohida yordamga muhtoj ta’limga layoqatli bolalarni ta’lim olishlari uchun
pedagoglarning sa’yi-harakatlari ota-ona tomonidan qo’llab-quvvatlanmayotganligi tufayli
ozmuncha qiyinchilikka uchraydilar. Buning eng asosiy sabablaridan biri ota-onaning bola
tarbiyalashga kerakli ravishda tayyor emasliklaridir. Shuning uchun ham bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biri bo’lgan ota-onalarda korreksion-pedagogik savodxonlikni oshirish
har jihatdan zimmamizdagi ulkan vazifa hisoblanadi.
Yuqoridagi talablar asosida olib borilgan karreksion ishlar o’qituvchi ishining samaradorligi,
uning ijobiy natijasini ta’minlaydi. Bunday darslarda ishtirok etib, bilim, ko’nikma va malakalar
bilan qurollangan o’quvchilarning shaxsii barkamollikka erishishlari, ijtimoiy hayotda munosib
tarzda o’z o’rinlarini topishlari, kelajagi buyuk mamlakatimizning mohir bunyodkorlari bo’lib
etishishlari shubhasizdir
Dostları ilə paylaş: |