Fransiyaning Afrikadagi mustamlakachilik siyosati Reja: Kirish



Yüklə 309,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü309,87 Kb.
#142024
  1   2
Fransiyaning Afrikadagi mustamlakachilik siyosati




Fransiyaning Afrikadagi mustamlakachilik siyosati 
Reja: 
Kirish 
1. 19-asrdagi fransuz mustamlakachilik urushlari.
2. Fransiya va Afrika: zamonaviy mustamlakachilik. Zamonaviy 
fransuz koloniyalari 
3. Fransiyaning Jazoirdagi mustamlakachilik siyosati 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 


Kirish 
Mustamlakachilik XIX asrning 70-yillari oxiridan boshlab imperiyasining 
yaratilishi mustamlakachilik siyosatining yo‗nalishi avval bosib olingan 
mustamlaka hududlarini o‗zlashtirish va yangi mustamlakalar bosib olishga 
qaratildi. 1881-yilda Shimoliy Afrikada joylashgan Tunisning bosib oli- nishi 
yangi mustamlakalar bosib olish yo‗lidagi dastlabki qadam bo‗ldi. Germaniya 
Fransiyaning Tunisni bosib olishiga atayin qarshilik ko‗rsatmadi. Uning maqsadi 
Fransiya va Italiya munosabatlarini keskinlashtirish edi. Chunki, Germaniya 
Italiyaning ham Tunisga da‘vogarligini yaxshi bilardi. Fransiya bilan 
munosabatlari keskinlashgan Italiya endi Germaniya bilan yaqinlasha boshladi. 
Oxir-oqibatda, bu yaqinlashuv 1882-yilda Italiyaning 1879-yilda Germaniya va 
Avstriya-Vengriya imperiyalari o‗rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoqqa 
qo‗shilishiga olib keldi. Shu tariqa, Yevropada jahon tarixiga „Uchlar ittifoqi― 
nomi bilan kirgan harbiy-siyosiy ittifoq qaror topdi. 
Fransiyaning Afrikadagi bosqinchilik siyosati Tunis bilangina cheklanib 
qolgani yo‗q. Aksincha, 1891-1896-yillar davomida Gvineya, Senegal, 
Madagaskar va Mavritaniyani ham bosib oldi. 1912-yilda esa Marokash ustidan 
o‗z protektoratini o‗rnatdi. Fransiya Osiyoda ham o‗z mustamlakalarini ko‗paytirib 
bordi. Chunonchi, 1884-yilda Vyetnamni egalladi. Oradan o‗n yil o‗tgach, Laos 
ustidan protektorat o‗rnatdi. Shu tariqa, 20 mln. aholi yashay- digan 
mustamlakachilik imperiyasi tuzildi. Bu mustamlakachilik imperiyasi tufayli, 
Fransiya katta daromad manbalariga ega bo‗ldi
.
Fransiya hozirgi kunda ham 20 ga 
yaqin Afrika mamlakatlarida, bu mamlakatlar mustaqil, ularning o‗z bayrog‗i, 
madhiyasi va chegaralari bor bo‗lsa-da, hukmronlik qilmoqda. Fransiya XXI 
asrdagi mustamlakachilik siyosatini o‗zgartirib, barcha sobiq koloniyalariga 
"shartli mustaqillik" taqdim etdi. Shartli mustaqillikni nima ekanligini quyida 
o‗rganib chiqamiz. 

Yüklə 309,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə