O’zbekiston respublikasi oilaviy va



Yüklə 342 Kb.
səhifə1/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар


MASHQ VA O’YINLAR



  1. TANISHUV O’YINLARI

«Qor yig’imi» o’yini
Boshlovchi ko’rsatmasiga binoan uning o’ng yoki chap tomonidan turgan ishtirokchilardan bittasi o’z ismini aytadi. Ikkinchisi esa birinchi ishtirokchining va o’zining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, ikkinchi ishtirokchining va o’zining ismini aytadi. Shu tariqa oxirigacha davom etadi. Oxirgi ishtirokchi birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh a’zolarinig hammasini va o’zining ismini aytadi. Guruh a’zolarining bir-biri bilan tanishishi va shu tarzda amalga oshadi.
Ikkinchi turda har bir ishtirokchi o’ziga taxallus ( gul, meva, badiiy qahramon, planetalar nomi kabi) o’ylab topib, keyin o’sha taxallus bo’yicha o’zini tanishtiradi. Bu mashq ham shaxslararo chiniqish, xotirani mustahkamlash, emosional tanglikning oldini olish maqsadida xizmat qilishi mumkin.

«Olma»


Qatnashuvchilar davra ko’rib o’tiradilar. Boshlovchi «Mening ismim…., Men …ni yaxshi ko’raman (xoxlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)»,- deydi va olma (koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi ham o’z navbatida o’zini shunday tanishtiradi va koptоkni boshqa ishtirokchiga uzatadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib bo’lgunlariga qadar davom etadi.
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin bo’lgan jumlalar:
Men…yaxshi ko’raman (kishini ismi ham bo’lishi mumkin) .
Bolaligimda yaxshi ko’rgan ovqatim…(kasha) edi.
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) -…


«Ismlar – fazilatlar»
Bu o’yin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini ko’tarish, ishtirokchilar o’zlarini erkin xis qilishlari uchun tashkil qilinadi.
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati,kishi fazilati nomini aytish lozim (Masalan, Rashid – rostgo’ylik, Murod – mardlik va hokazo).
«Juftlik asosida tanishuv»
Ishtirokchilar juft-juft bo’lib 5 minut davomida bir-birlariga o’zlari haqida ma’lumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar qarshisida o’z «sherigi» haqida uning yelkasiga qo’lini qo’ygan holda ma’lumot beradi. O’yin shu tartibda hamma ishtirokchilar bir-birlarini tanishtirgunlariga qadar davom etadi.




  1. Yüklə 342 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə