O’zbekiston respublikasi oilaviy va


Sakrash Guruh ishtirokchilari yuzlarini bir tomona o’girgan holda bir qator turadilar. Yo’riqnoma



Yüklə 342 Kb.
səhifə4/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

Sakrash

Guruh ishtirokchilari yuzlarini bir tomona o’girgan holda bir qator turadilar.
Yo’riqnoma: Men «bir, ikki, uch», deb sanayman va har «uch» deganimda siz quyidagicha holatlarda sakrashingiz mumkin:

  1. Joyingizda turgan holda.

  2. Sakrab o’ng tomonga o’girilish.

  3. Sakrab chap tomonga o’girilish.

Topshiriqni bir-birimiz bilan gaplashmasdan, jimlikda bajaramiz. Mashq hamma ishtirokchilar bir tomonga qarab turmagunlaricha davom etaveradi. Mashqni bajarishda o’zaro ko’rsatmalar berilmasligiga, ayrim ishtirokchilarning kelishib olmasliklariga va bir ishtirokchining buyrug’i bilan biror tomonni tanlamaslikni e’tibor berishi kerak.
Mashq guruhni jipslantiradi, kayfiyatni ko’taradi, qizg’inlikni tanglikni yumshatadi. Shunindek, guruh qatnashchlarining birgalikdagi faoliyatini kelishib olishlariga va umumiy qarorga kelishlariga imkon berаdi.
O’yin oxirida guruhga beriladigan savollar: «Guruhni oldiga qo’ygan vazifani bajarishda nima yordam berdi?», «Vazifani tezroq bajarishda nima yordam berdi?», «Vazifalarni tezroq bajarishda nimalar yordam berishi mumkin edi?» va h.k.


Barmoq tanlash

Guruhning hamma ishtirokchilari doira shaklida o’tiradilar.
Yo’riqnoma: «Hozir hammamiz birgalikdagi quyidagi topshiriqni hal etishimizga to’g’ri keladi: Men «bir, ikki, uch» - deb sanayman va hamma tezlik bilan, bir vaqtni o’zida bir-biri bilan kelishmasdan, gaplashmasdan, qo’ldagi panjalarni xoxlagan miqdorda tashlaydi». Mashq hamma bir xil barmoq tashlamagunicha mashq davom etaveradi. Davraning hamma ishtirokchilari bir xildagi barmoqlar sonini tashlaganda mashq tugagan hisoblanadi.
Mashqlar turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zan guruhga vazifa yechilmaguncha o’ttiz martagacha takrorlash talab qilinadi, ba’zan to’rt-besh marta yetarli bo’ladi. Har qanday holatda ham, mashq muhokama qilish uchun boy ma’lumotlar beriladi.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə