O’zbekiston respublikasi oilaviy va



Yüklə 342 Kb.
səhifə5/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

Chigilni yechish
Qatnashchilar doira shaklida turadilar .
Yo’riqnoma: «Kelinglar bir-birimizga yaqinroq bo’lib olamiz, kichikroq doira hosil qilib, Barchamiz qo’llarimizni doira o’rtasiga cho’zamiz. Mening ishoram bilan hammamiz bir vaqtda qo’llarimizni ushlaymiz. Shunday ushlashimiz kerakki, har birimiz qo’limiz orasida yana kimnidir qo’llari bo’lishi kerak. Shuning uchun yonimizdagi kishi qo’lini emas, keyingi qarshimizdagi odamnikini ushlashga harakat qilaylik. Ikkala qo’limiz bilan bir odamning ikkala qo’lini ushlamang – bir qo’lingiz bilan bir ishtirokchining ikkinchi qo’lingiz bilan esa ikkinchi ishtirokchini qo’lini ushlang. Shunday qilib boshlaymiz. Br, ikki, uch».
Shundan so’ng trener barcha qo’lar bir-birini ushlashiga ishonch hosil qilganidan so’ng, guruh qatnashchilariga qo’llarini qo’yib yubormay mashqni boshlash, «chigalni yechishni» taklif qiladi. Trener ham bevosita mashqda qatnashadi, ammo bu paytda turli fikrlar tug’iladi. Bunday paytda trener xotirjamlik bilan, bu hal qilishi mumkin bo’lgan vazifa ekanligini «Chigal yechilish»i mumkinligini ta’kidlashi kerak. Mashq uch variantning biror ko’rinishida ijro etilishi mumkin.

  1. Guruhning barcha qatnashchilari bir doira ichida turadilar. Bu paytda kimdir orqasiga, yana kimdir yonida qarab turishi mumkin. Asosiysi doira holati saqlanib qolishi kerak.

  2. Agar guruh katta bo’lsa, unda ikki yoki undan ortiq mustaqil doiralar qilinishi mumkin.

  3. Guruh qatnashchilari zanjir bo’lib, bir-birlariga bog’lanib doira hosil qiladilar. Bu mashqni bajarish uchun guruh qatnashchilariga vaqtni 3-5 minutdan 20 minutgacha belgilash mumkin.

Mashq yakunlangandan so’ng, guruhga bunday savollar bilan murojat qilinadi: «Mashqni bajarishga nima yordam berdi?» yoki «Mashqni tezroq bajarish uchun yana nima qilsa bo’lardi?», «Bu mashqni tezroq bajarish uchun nima xalаqit berdi?». Bizning nazarimizda bunday savollar berish maqsadga muvofiqdir. Odatda ishirokchilar, o’yin muhokamasida shunday fikrga keladilar: bunday mashqni muvofiqiyatli hal etish uchun hamkorlik, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo’lish, barcha o’zini erkin xis etishi, barcha kishini fikrlarini inobatga olish va mashq jarayonida diqqat bilan kuzatib borish kerak ekan. Bu mashq guruhni biriktirishga, shuningdek og’ir kechgan kunni maroqli yakunlash imkonini beradi. Mashqni ehtiyotkorlik bilan bajarish talab qilinadi, chunki u ishtirokchilar orasida jismoniy bog’lanishni taqozo etadi. Agar trener o’yin davomida biror qatnashchining toliqqanini sezsa, uni o’yindan ozod qilishi mumkin.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə