O’zbekiston respublikasi oilaviy va



Yüklə 342 Kb.
səhifə2/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

AHILLASHTIRISH O’YINLAR

«Botqoqlik o’yini»
Buning uchun kartondagi yasalgan o’rtacha kattalikda «likopchalar» kerak bo’ladi. Ularning soni 9 ta bo’lishi kerak. Guruh a’zolari qator bo’lib birin-ketin tarelkalarda oyoq qo’yib botqoqlikdan o’ta boshlaydilar, atrofda esa (ikkinchi guruh a’zolari) qaroqchi timsohlar yuradi. Timsohlar tarelkalarni olib qo’yishiga shay turadilar maqsad har bir guruh a’zosi tarelkalardan oyoq uzmasligi hech bo’lmaganda bir oyoqning uchi bilan ularni bosib turishi kerak. Agar guruh a’zolari ittifoq bo’lib harakat qilsalar mag’lubiyatsiz botqoqlikdan o’tadilar, bironta likopchani timsohga bermaydilar.

«Avtobus»


I shtirokchilar ikki guruhga bo’linadilar. Boshlovchi ular ikkita avtobusda joylashishlari kerakligini aytadi. Avtobus o’rindiqlari sifatida stullaridan foydalanishlari mumkin. Ishtirokchilar stullarga bir-birlariga qarama-qarshi joylashib o’tirаdilar. Hamma ikki avtobusga joylashib bo’lgach boshlovchi birinchi avtobus yurmasligini, u buzulib qolganligini ma’lum qilib, hamma ikkinchi avtobusga o’tishi kerakligini aytadi. Bu o’yin boshlovchiga guruhga ishtirokchilar orasida bir-biriga ishonchni rivojlantirishiga yordam beradi.


Toping-chi, bu kim?
Buning uchun har bir ishtirokchi shu guruh a’zolaridan kimningdir 10 tadan kam bo’lmagan xarakter xususiyatlarini qog’ozga yozadi, lekin kim haqida yozilganligini, xatto o’g’il yoki qiz bolaligini ham hech kimga aytmaydi. Qolgan ishtirokchilar yozilgan xarakter xususiyatlariga qarab gap kim haqida ketayotganligini topishlari lozim. Agar guruh kim haqida ketayotganligini tez topsa, uni ta’riflangan ishtirokchi mohir odam sifatida rag’batlantiriladi.
«Orqama-orqa»
Ishtirokchilar xona bo’ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana a’zolaridan birining nomini aytadi, masalan, «orqa» deydi. Shunda ishtirokchilar o’zlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. O’ziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa o’rtaga chiqadi va o’yinni davom ettirish uchun boshqa tana a’zolarining nomini aytadi(masalan qo’l, oyoq, bosh barmoqlar, yelka va hokazo).
«G‘aram, tepalik, so’qmoq»
Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga bo’linadilar. Har bir guruh a’zolari bir-birilarining qo’llaridan ushlab, davra quradilar. O’yin ishtirokchilarining o’ng tomonga qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan «So’qmoq» deyilganda ishtirokchilar bir qator bo’lib o’tirib olishlari kerak. «G’aram» deyilganda har guruh 2 kichik guruhga bo’linadi va bir-biriga yuzma yuz bo’lib qo’llarini birlashtirib yuqoriga ko’taadilar. «Tepalik» deyilganda esa, ishtirokchilar yana bir qator bo’ladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa, ikkinchisi o’tirib oladi, natijada tepaliklar ko’rinishini aks ettiradilar. Vazifani boshqalardan oldin va yaxshi bajargan guruhga 1 ball beriladi. Shunday qilib eng ko’p ball jamg’argan guruh g’olib deb topiladi.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə