O’zbekiston respublikasi oilaviy va


Azizim men sizga yoqamanmi?



Yüklə 342 Kb.
səhifə8/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

Azizim men sizga yoqamanmi?
Maqsad: diqqtni bir joyga to’plash, jimlikni saqlash, xotirani yaxshilash.
Hamma doira shaklida o’tiradi. Boshlovchi o’zining o’ng so’l tomonida o’tirgan odamdan: «Azizim men sizga yoqamanmi?», deb so’raydi. So’ralgan odam esa quyidagicha javob beradi: «Azizim, siz menga yoqasiz, lekin men sizga tabassum hadya eta olmayman». Boshlovchi o’sha odamning tabassum qilishga erishish uchun turli xil yuz ifodalaridan, qiziqarli narsalarni gapirib berishdan yoki oxirgi chora sifatidan qitiqlashdan foydalanishi mumkin. Shunday taxlitda ishtirokchilar navbatma-navbat o’yinni davom ettiradilar. Lider o’yin jarayonida nima mumkin yoki mumkinmasligini belgilab, nazorat qilib turadi, ( masalan, «yo’q, menga yoqmaysiz», deyish mumkin emas). O’yin to oxirgi ishtirokchi boshlovchini tabassum qilishga erishmagunicha davom ettiriladi.
IV. OILAVIY TASAVVURLARNING SHAKLLANISHIGA
KO’MAK BERUVCHI O’YINLAR


Oila muamolari
Maqsad: Oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo’lgan muamolar haqida tushuncha berish. Ularning hal qilishning turli yechimlarini topa bilishga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
O’yinning boshlanishida ishtirokchilardan boshlovchi hozirgi paytda oilalarda eng ko’p uchrashi mumkin bo’lgan muamolar nimalardan iborat ekanligini so’raydi. Javoblari flipchatga yozib boriladi.
Shundan so’ng guruhda «Oila muamolari» o’yini o’tkaziladi.
Faoliyatning bu turini amalga oshirishda guruhni 5-8 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’lish mumkin. Shundan so’ng kichik guruhlarning har biriga quyidagicha topshiriq beriladi:
«Birgalikda ish olib borib; yuqorida sanab o’tilgan oila muamolaridan birini tanlab oling va shu asosida 10 daqiqaga mo’ljallangan sahna ko’rinishi tayyorlang. Har bir guruh turli xil muamolarni tanlab olishi lozim. Keyin esa anashu muamoni sahna ko’rinishi asaosida ochib berishlari lozim. Sizga muamoni tanlash va shu muamo asosida sahna ko’rinishi tayyorlash uchun 15 daqiqa vaqt beriladi».
Bunda boshlovchi albatta har bir guruhning mavzu tanlаshida turli muamolarga murojat qilishi uchun ularga maslahat berishi va tayyorlanayotgan sahna ko’rinishlarini kuzatib berishlari lozim. Muammolar turlicha bo’lishi mumkin. Masalan: oiladagi ota- ona va bola o’rtasidagi kelishmovchiliklar, er-xotin o’rtasidagi nizolar, ajralish, qaynona-kelin o’rtasidagi kelishmovchiliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik muamosi va h.k.

Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə