O’zbekiston respublikasi oilaviy va



Yüklə 342 Kb.
səhifə7/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

O’tirib turish

Hamma ishtirokchliar doira shaklida o’tiradilar.


Yo’riqnoma: «Men sizlarga u yoki bu panjalar sonini ko’rsataman. Ba’zan bir qo’lda. Men qo’limni ko’tarishim bilan, shuncha ishtirokchilar o’rinlaridan turishlari kerak, nechta ekanligini men ko’rsataman: ( ko’p ham, oz ham emas). Masalan: agar men qo’limni ko’rsatib to’rtta panjamni ko’rsatsam (ko’taradi va ko’rsatadi) unda mumkin qadar tezroq sizlardan to’rt kishi sizlardan turadi. Qachonki men qo’limni tushirsam, ular o’tirishlari mumkin».
Trener guruhga bir necha marta u yoki bu panjalarining sonini ko’rsatadi. Mashq boshlanishida 5-7 panjani ko’rsatish yaxshiroq bo’ladi, oxiriga borib esa 1-2 ta panjalarni. Mashqning bajarilishi jarayonida trener guruh ishtirokchilarining vazifani bajarishda bo’lgan intilishlari haqida mulohaza yuritadi va taaluqli xulosalar chiqaradi. Muhokama vaqtida trener guruhga bir necha savollar berishi mumkin: «Biz oldimizga qo’yilgan vazifani bajarishimizda nima yordam berdi, yoki uning bajarilishini nima qiyinlashtirildi?», «Siz turishga qaror qilganingizda nimani nazarda tutdingiz?», «Agar bizda bu vazifani oldindan muhokama qilish imkoniyati bo’lganda, ishni qanday tashkil etgan bo’lardik?».
Hayvonot olami

O’yin ishtirokchilari doira bo’lib turishadi va o’zlariga birorta hayvonning nomini tanlashadi. 20 kishidan iborat guruh uchun 6 ta hayvonning nomi yetarli. Bir xildagi hayvonlarning nomi qog’ozga sonlar bilan yozilib, ularga shulardan birini olish taklif etiladi. Ishtirokchilar ma’lum bir hayvonlarni tanlab bo’lganlaridan so’ng ko’zlarini yumib, atrofda aylanib yuradilar va o’zlari mansub bo’lgan turdagi sheriklarini izlaydilar. Bunda hamma o’ziga mos ovoz bilan bir-birini chorlashi kerak (masalan, «ba-a-ba-a», «miyov-miyov», «vov-vov» va h.k). Ikkita bir xil «hayvon» bir-birini topib olsa, ular qo’llarini mahkam ushlagancha keyingi sherigini izlashga tushadilar va barcha sherigini topib, toki alohida guruhlar tuzilmaguncha davom etaveradi.
Bu kirish o’yini hisoblanib, u asosan bir-biriga ishonch hosil qildi.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə