O’zbekiston respublikasi oilaviy va



Yüklə 342 Kb.
səhifə16/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

Ikki qo’llab ko’rishish
Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida o’tirishadi. Qo’llar bir-biriga birlashtirilgan bo’ladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xoxlagan tomondagi (chap yoki o’ng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qo’shqo’llab qo’l uzatadi. Unisi esa qo’llarini yonidagisiga uzatish mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat yetguncha shu holda davom etadi. Shunday qilib, bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv ko’tarilishini ko’rasiz.
Bu o’yinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish uchun foydalidir.


«Avtobus» o’yini
Maqsad: Muloqot mazmunini shaxsning noverbal harakatlaridan anglash imkoniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Noverbal komponentlar: imo-ishora, mimika va hissiy holatlarni o’qiy olish qolibiliyatlarni aniqlash.
Boshlovchi ishtirokchilarga insonning muloqot jarayoni qanchalik boy ekanligi u faqatgina og’zaki muloqotdan iborat bo’lmay, balki so’zlar yordamisiz ishlatiladigan ma’lumotlarga ham boy ekanligi haqida aytib o’tadi. So’zlar yordamisiz uzatiladigan ma’lumotlar muloqotdagi noverbal komponent deyiladi. Bu xil komponentlаrni: imo-ishoralar mimika (yuz ifodasi) va ixtiyorsiz tana harakatlarini muloqotga kirishayotgan har qanday odamda kuzatish mumkin. Bu xil komponentlarni zehn bilan kuzatish va tushunish natijasida ko’pincha suhbatdoshimiz ayta olmaydigan mayl, istaklari haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Bu xil harakatlarni kuzata olish harakatlarni kuzata olish qobilyati inson ichki olamida yuzaga kelayotgan noroziliklarni oldindan sezish, suhbatdoshini «yarimta» gapidan tushuna olish imkoniyati beradi. Natijada, muloqot jarayonida bu xil omillarni hisobga olish bu jarayonni ancha yengillashtiradi va o’zaro tushunish hissini keltirib chiqaradi.
Ishtirokchilarda bu xil bilimlarni mustahkamlash uchun quyidagi mashq taklif etiladi. Ishtirokchilar ikki qator bo’lib bir-birlariga qarama-qarshi holda yuzma-yuz turadilar. Har bir ishtirokchi qarshisidagi sherigi bilan mashqni bajaradi.
Yo’riqnoma: Tasuvvur qiling, sizlar qarama-qarshi tomonlarga ketayotgan avtobusda ketayapsizlar, avtobus oynasida boshqa avtobusda ketayotgan tanishingizni ko’rib qoldingiz. Birinchi guruhlardagi sizlarning o’sha tanishishingiz biron zarur, muhim gapingiz bor. Imo-ishora orqali unga o’z fikringizni tushuntirishingiz kerak. Ikkinchi guruhdagilar, sizlar o’z suhbatdoshlaringizni imo-ishorasidan nima demoqchi ekanligini tushunib olishingiz kerak.
Ishtirokchilar mashqni bajarib bo’lganlaridan so’ng boshlovchi har bir guruh ishtirokchilariga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Sherigingiz bermoqchi bo’lgan ma’lumotdan nimani tushundingiz? Ikkinchi guruhlarga esa «Siz aslida nima demoqchi edingiz?» deb so’raladi. Natijada solishtirib chiqiladi va noverbal imo-ishora va xatti-harakatlar individual xususiyatga ega bo’lishi bilan birga umumiy tomonlarga ham egaligi ta’kidlab o’tiladi. Muloqot davomida bu jarayon ishtirokchilarning nafaqat so’zlari balki, xatti-harakatlari, yuz ifodasi tovushidagi intoniyasiyalar o’qiy olish zarurligi haqida xulosa chiqariladi.
Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə