Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal iudaizm (sof)
fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo'lib, rasmiy
davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muhofazakor yo'nalishdagi iudaizm, uning
mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Markaziy
Osiyoda yashayotgan yahudiy
dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko'rinishlar
tartibiga muvofiq to'rt xil; yevropaliq buxoro, gro'zin, tog'li yoki tat yahudiylariga bo'linadi.
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan,
chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo'lsalar kerak.
Dostları ilə paylaş: