Dinshunoslik ma'ruza doc


KURSNING MAKSAD VA VAZIFALARI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/47
tarix28.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#113796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
dinshunoslik

KURSNING MAKSAD VA VAZIFALARI
. Dinshunoslik kursini o'kitishdan 1-maqsad talabalarni din 
va diniy ta'limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha, ta'limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan 
qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi, 
evolyusiyasi, hozirgi xolati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni 
haqida ilmiy-nazariy ta'limotlar bilan qurollantirish ko'zda tutiladi. 
2-maqsad O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda USH asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga 
aylanganligi, halqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat 
hayotida tutgan o'rni, madaniyat va ma'naviyat, san'at va adabiyotni boyitishga qo'shgan xissasi xususida 
talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o'rgatilishidan iborat. 
3-maqsad talabalarda ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo'lgan dinlarning shakllari, 
ta'limotlari, yo'nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur hosil kilish orqali
o'zlari mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan iborat. 
Yuqoridagi maqsadlarga erishishda I.A.Karimovning asarlari, O'zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi taxrirdagi Qonun, Jinoyat, 
Fuqaroliq Oila, Yoshlar kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko'rsatmalar, qoidalar dasturul amal 
bo'lib xizmat kiladi. 
«Dinshunoslik» kursining vazifalari quyidagilardan iborat: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Birinchidan, Oliy o'quv yurti talabalariga shu soxada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan 
masalalarni taxlil etishda ilmiylik va ob'yektivlik uslubini qo'llanib, ularga diniy qarashlar taraqqiyotiga, 
inson kamolotiga xizmat kiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy 
dunyoqarashga asoslangan dunyoviy iymon va e'tiqodni shakllantirish. 
Ikkinchidan, ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug', qabila va milliy dinlargacha, ularda jahon 
dinlarining paydo bo'lishi va rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini tarixiy dalillar 
asosida har tomonlama ilmiy taxlil kilish va umumlashtirish. 
Uchinchidan, kursni o'rganish jarayonida dinning ta'rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya (asosiy 
tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarda tutgan o'rni; 
jamiyatni, shaxsni ma'naviy kamol toptirishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati; Islomning 
Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston xalqlari madaniyati va ma'naviyatiga ta'siri kabi masalalarni falsafiy 
taxlil qilish. 
Turtinchidan, talabalarga islom manbalari – Qur'oni Karim, Hadis, shariat haqida umumiy ilmiy 
tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan xissa qo'shgan vatandosh bobokalonlarimiz hayoti va ijodi 
bilan tanishtirish; hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish; tasavvuf ta'limotini takomillashtirishda 
xamyurtlarimiz ijodini bayon etish. 
Beshinchidan, hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinligining to'lik kafolatlanganligini 
isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yulida qilinayotgan sa'y-xarakatlarni tavsiflash, nixoyat, 
milliy va diniy qadriyatlarning sog'lom avlodni, jumladan talabalarni kamol toptirishga bag'ishlash ularda 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə