Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/47
tarix28.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#113796
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
dinshunoslik

A N I M I Z M
- (lotincha – animus – jon, ruh demakdir). qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining 
mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, 
tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi. 
Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning 
shakllanishida ma'lum rol o'ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai bo'lgan 
jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. 
Masalan, Shimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa 
nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, 
predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o'rganish, jon va ruhlarning tirik odamlar singari qobiliyatga 
ega degan fikrlar paydo bo'lishi munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o'lmasligi haqidagi 
tasavvur paydo bo'lgan. Chunki qadimgi odamlar o'z tanalarining to'zilishi to'g'risida to'liq bir tushunchaga 
ega bo'lmay, hattoki uyqu va tush ko'rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. Shundan sung ibtidoiy 
odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo'lib, odam o'lgandan so'ng u kuch, ya'ni 
jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bulgan. Shuning uchun ular o'zlari bilan bir qatorda hayvon, 
o'simliq hatto mehnat qurollari, keyinchaliq suv, o'rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan 
tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizi deb ataydilar. 
Jon va ruhlarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo'lib, 
xudo eng oliy ruh xisoblanadi. Farishta, shayton kabilar haqidagi tasavvurlar o'z mohiyatiga ko'ra 
murakkablashtirilgan animizmdir. Odam o'lgandan so'ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur 
chuqurlasha borgan. Demaq odam o'lganda jon chiqib ketib, yashay berar ekan, uning o'zi abadiy yashaydi 
degan tushuncha paydo bo'lgan. Abadiy ruh to'g'risidagi tasavvur ana shu yo'sinda shakllangan. Ruhlarga 
ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan. 
O'zbeklarda arvohlar hahidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq 
ё
qish, 
qabrstonlarga borib Qur'on suralaridan o'qish animizmga bo'lgan e'tiqodning shaklidir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə