Guruh talabasi Rajapova Dilfuza



Yüklə 122,7 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü122,7 Kb.
#158515
Borliq va yo’qlik tushunchalarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini o’zaro aloqadorlik jihatlari


23-05 Guruh talabasi Rajapova Dilfuza
Borliq va yo’qlik tushunchalarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini o’zaro aloqadorlik jihatlari
R e j a:
1. Borliqdagi universal aloqadorlik va o’zgaruvchanlik
2. Tartiblilik va sistemaviylik
3. Determinizm falsafasi
4. Taraqqiyot kontseptsiyalari

1. Borliqdagi univyersal


Aloqadorlik va o’zgaruvchanlik

Falsafada narsa va hodisalarning universal, umumiy aloqadorligi g’oyasi alohida ahamiyatga molik. Narsalarning, hodisalarning o’zaro aloqa-dorligini ilg’ab olish mushkul emas: hayotimizning o’zi bunga ko’plab mi-sollar keltiradi. Zotan, maishiy turmushimizda binodagi shart-sharoitlar-ning inson salomatligiga ta‘sirini, ob-havoning hosildorlik darajasiga ta‘sirini ko’p takrorlaymiz. Bunday aloqadorlikning nisbatan murakkab ko’rinishlari mavjud. Masalan, tabiiy shart-sharoitlar millatning menta-litetiga, turmush tarziga ta‘sir o’tkazadi. Ijtimoiy faoliyat esa, o’z nav-batida, tabiiy shart-sharoitlarga jiddiy ta‘sir o’tkaza boradi. Hozirgi zamon falsafasi bundan-da e‘tiborliroq aloqadorliklarning sir-sinoat-larini aniqlashga ham intiladi.


Biroq bir hodisaning boshqasiga o’tib turishi, bir narsaning ikkinchisiga ta‘sir ko’rsatishi - borliqning muhim atributi, xususiyati ekanligini anglash uchun jiddiy falsafiy mushohada yuritmoq lozim. Chun-ki borliqning har qanday atributi xususida fikrlash uchun mavhum tafak-kur yuritishning eng yuqori darajasiga ko’tarilmoq darkor. Binobarin, bor-liqdagi universal aloqalar mohiyatini bilishga yuksak falsafiy madaniyatga ega bo’lgan shaxsgina qodirdir.
Borliqdagi universal aloqadorlik g’oyasi ko’p asrlar davom etgan fal-safiy munozaralar va mulohazalar mahsulidir. Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistondayoq faylasuflar borliqda universal aloqadorlik mavjud-ligini tushunib yetgandilar. Antik falsafa vakillari olamdagi narsa va ho-disalar qarama-qarshi xususiyatlarga egaligini, ushbu xususiyatlar o’zaro aloqadorligini, bir-biriga o’tib turishini (issiq sovuqqa, quruq ho’lga va hokazo) qayd etgan edilar. Asta-sekinlik bilan ushbu mulohazalar borliq-ning o’zgaruvchan xarakterga egaligi haqidagi, boshqacha aytganda o’zgarish to’g’risidagi fikrlarga borib taqaldi.
O’zaro aloqadorlik va o’zgaruvchanlik uzoq davr borliq o’zgarmas xarakterga ega, deb hisoblanardi. Olam-ning o’zgaruvchanligi haqidagi tasavvur o’z davrida buyuk kashfiyot bo’lgan edi. Xitoy, Hindiston va Yunoniston mutafakkirlarining xulosalariga ko’ra, borliqning barcha shakllari o’zgaruvchan xarakterga ega. Ularning o’zgarishi uchun ma‘lum vaqt kerak bo’ladi, bu vaqt mobaynida narsa yoki hodisa o’z xususiyatlarini yo’qotib, yangilarini kasb etib boradi. Albatta, qadimgi davr mutafakkirlari harakatning turli shakllari xususida ilmiy ma‘lumotlarga ega emasdilar, ularning xulosalari mantiqiy fikrlashning mahsuli edi, xolos. Shunga qaramasdan ular masalaning asosiy mohiyatini ilg’ab ola oldilar: borliqdagi barcha narsalar bir-biriga ta‘sir o’tkaza boradilar, ushbu ta‘sir, o’zaro aloqadorlik ularning o’zgarishiga olib keladi.
O’zaro aloqadorlik va o’zgarish haqidagi ilk tasavvurlarni dao mada-niyatida ko’rishimiz mumkin. Masalan, «Xuaynantszi» kitobida borliqning besh moddiy va besh ma‘naviy elementdan tashkil topgani, bu elementlar o’zaro birlashtirilgan gorizontal va vertikal xochlardan (krestlardan) ibo-ratligi uqdiriladi. Moddiy elementlarni ifodalovchi gorizontal xoch quyidagicha tasavvur etiladi
Sxema 1
Olov

Daraxt Tuproq Metall

Suv
Moddiy elementlar bir-biriga ta‘sir ko’r- satgan holda o’zgarib boradi. Ular orasi-dagi o’zaro ta‘sir va o’zgaruvchanlik manti-g’i biz tilga olgan kitobda quyidagicha tasavvur etiladi:


1. Daraxt voyaga yetadi, Suv qariydi, Olov tug’iladi, Metall asir bo’ladi, Tuproq o’ladi.
2. Olov voyaga yetadi, Daraxt qariydi, Tuproq tug’iladi, Suv asr bo’ladi, Metall o’ladi.
3. Tuproq voyaga yetadi, Olov qariydi, Metall tug’iladi, Daraxt asir bo’ladi, Suv o’ladi.
4. Metall voyaga yetadi, Tuproq qariydi, Suv tug’iladi, Olov asir bo’ladi, Daraxt o’ladi.
5. Suv voyaga yetadi, Metall qariydi, Daraxt tug’iladi, Tuproq asir bo’ladi,j Olov o’ladi.
Dao madaniyati ma‘naviy elementlarni ham xoch tarzida tasavvur etadi (Sxema 2).Qadimgi Xitoy faylasuflarining xulosalariga ko’ra, ma‘naviy elementlar ham birg’biriga ta‘sir etgan holda o’zgara boradilar.
Sxema 2
Mas‘uliyat


An‘ana Ezgulik E‘tiqod

Insonparvarlik


Qadimgi Hindistonning ortodoksal va noortodoksal falsafiy mak-tablarida ham borliqdagi o’zaro aloqadorlik va o’zgaruvchanlik haqidagi fikrlar ko’plab uchraydi. Ularning biriga murojaat etish bilan cheklansak. Buddizm ta‘limotida insonning tanasi ham, ruhi ham borliqning o’zga-ruvchan elementlari - dxarmlarning o’zaro ta‘siri natijasida yuzaga kelgan jarayon (!) sifatida talqin etiladi. Dxarmlarning turli shakldagi kombi-natsiyasi nafaqat inson tanasini, balki uning tuyg’ulari va tasavvurlarini shakllantiradi. Buddizm tarafdorlari ushbu mulohazadan o’ziga xos xulosa qiladilar: tana va ruh - o’zgarmas reallik emas, u muntazam o’zgarishda. Hayot muntazam to’lqinlanib turgan ummonga o’xshaydi: undagi toshqinlar o’rnini osoyishtalik, osoyishtalik o’rnini toshqin egallab turadi.


Qadimgi Yunonistonda borliqdagi universal aloqadorlikka, uning o’zgaruvchan xarakteriga ilk bor e‘tibor bergan faylasuf Geraklit bo’ldi. Uning tasavvuriga ko’ra, olam doimiy oqib, o’zgarib turgan daryoga o’xshaydi, bu daryoga ikki bora kirib bo’lmaydi (chunki ikkinchi bora kirganda daryoning barcha atributlari o’zgargan, ya‘ni o’zga daryo bo’ladi). Biroq undan keyin ijod qilgan faylasuflarning bir guruhi bu o’zgaruvchanlikni voqelikning yuzaki xususiyati deb bilgan bo’lsalar (masalan, Zenon o’z aporiyalari yordamida bor-liqning yuzaki qismigina o’zgarishini, uning mohiyati esa o’zgarishsiz qoli-shini isbotlashga urindi), ikkinchi guruhi o’zgaruvchanlikni borliqning mutlaq atributi sifatida talqin qildi ( masalan, Kratil Geraklit aytgan daryoga ikki bora emas, bir bora ham kirib bo’lmasligini uqdirdi: men kirishni nazarda tutgan daryo men kirgan daryodan tubdan farq qiladi).
Borliqning universal aloqadorligi va o’zgaruvchanligi haqidagi mulo-hazalar nemis klassik falsafasida ayniqsa yorqin talqin etildi. G. Gegel-ning nazdida borliqdagi universal aloqalar va o’zgaruvchanlik «tezis – an-titezis – sintez» triadasi tarzida namoyon bo’ladi. Ayni paytda G. Gegel borliqdagi o’zgarishlar sifatan yangi sistemalarning yuzaga kelishini kuzatar ekan, o’zgarishning nafaqat miqdoriy, barki sifatiy xarakterga egaligini ham kashf etdi. Sifatiy o’zgarishlar - taraqqiyot kontseptsiyasi borliqning il-miy-falsafiy manzarasini chizishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. (Bu haqda keyingi paragraflarda fikr yuritamiz).
Universal aloqadorlik tiplari. Hozirgi zamon falsafasi borliqdagi universal aloqadorlik g’oyasini quyidagicha ta‘riflaydi. Borliqdagi narsalar va hodisalar o’rtasida umu-miy, turli xarakterga ega bo’lgan aloqadorlik mavjud, ular o’zaro aloqa-dorlikda o’zgarib va rivojlanib boradilar.
Ma‘lumki, borliq o’z tuzilishiga (tarkibiga) ega. Ushbu tarkib za-monlar o’tishi bilan o’zgarib boradi. Shunga ko’ra, borliqdagi universal aloqalarning ikki tipini ajratish mumkin:
1.Tarkibiy aloqalar. Mazkur aloqalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) butun va bo’lak o’rtasidagi aloqalar;
b) sistema va element o’rtasidagi aloqalar;
v) shakl va mazmun o’rtasidagi aloqalar;
g) mohiyat va hodisa o’rtasidagi aloqalar;
d) ayrimlik va uumiylik o’rtasidagi aloqalar.
2. Determinatsiya aloqalari. Ushbu aloqalar quyidagilardan tarkib topadi:
a) sabab va oqibat o’rtasidagi aloqalar;
b) imkoniyat va voqelik o’rtasidagi aloqalar;
v) zarururiyat va tasodif o’rtasidagi aloqalar.

Tilga olingan aloqalar tegishli falsafiy kategoriyalar yordamida ifodalanadi. Ma‘lumki, har qanday aloqa bir emas, ikki sub‘ektning mavjud bo’lishini taqazo etadi. Aytaylik, xalqaro munosabatlar uchun A va V davlatlar bo’lishi, do’stlik aloqalari uchun A va V shaxs bo’lishi shart. Xuddi shuningdek, har qanday aloqani ifodalash uchun uning har ikkala qutbi nomlanishi lozim. Shu bois falsafada kategoriyalarni juft-juft holda shakllantirish va yuritish odat tusiga kirgan. Falsafa kategoriyalari bir-biri bilan uyg’unlashar ekan, borliqdagi o’zgarishlar va ziddiyatlar, aloqalar va munosabatlarni mufassal yoritib beradi. Ayni paytda falsafiy kategoriyalardan o’rinli foydalana bilish malakasi falsafiy fikrlash madaniyatining yuksak darajada shakllanganidan dalolat beradi.


Voqelik haqidagi bilimlarimiz kengayib borar ekan, falsafiy kategoriyalarning mazmuni va hajmi ham tqlishib boradi.
* * *
Borliqdagi universal aloqalar haqidagi muxtasar mulohazalari-mizdan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
Borliqdagi universal aloqadorlik g’oyasi ko’p asrlik tafakkur mah-sulidir. Uning mohiyatini narsalar va hodisalar o’rtasidagi umumiy aloqa-dorlik, narsalar va hodisalarning o’zaro aloqadorlikdagi o’zgarishi va ta-raqqiyoti haqidagi xulosalar tashkil etadi.
Universal aloqalar ikki tipga (tarkibiy va determinatsiya aloqalari) ega.
Universal aloqalar falsafiy kategoriyalar yordamida ifodalanadi.

2. TARTIBLILIK VA SISTEMAVIYLIK


Borliqdagi tarkibiy aloqalarning tartibli va sistemaviy xarakterga egaligini anglab yetish uchun uning tashkil topishi sinoatlarini yaxshi bilmoq darkor. Boshqacha aytganda, sistemaning (narsaning) tarkibini aniqlash uchun eng avvalo uning vujudga kelish va shakllanish mantig’ini tadqiq etish zarur bo’ladi.


a) sistemalarning o’z-o’zidan tashkil topishi. Tartiblilik


Hozirgi zamon falsafasi sistemalarning vujudga kelishi va shakl-lanishi jarayonini tushuntirishda sistemalarning o’z-o’zidan tashkil topi-shi haqidagi g’oyaga asoslanadi. Ushbu g’oyaning shakllanishiga muammoni sis-temaviy va informatsion yondashuv pozitsiyasidan tahlil qilgan faylasuflar jiddiy ulush qo’shdilar. Biroq, bu mutaxassislar biologik va ijtimoiy sistemalarni tadqiq etish bilan cheklandilar. Noorganik tabiatdagi sis-temalarning tashkil topishi muammosi esa e‘tibordan chetda qoldi.


Ushbu vazifa sinergetika nomini olgan ta‘limotda (asoschilari G. Xaken va I. Prigojin) o’z talqinini topdi. Ushbu ta‘limotga ko’ra, o’z-o’zi-dan tashkil topish qonuniyatlari nafaqat biologik va ijtimoiy, balki no-organik tabiatdagi sistemalarga ham xosdir. Turli sistemalarda sodir bo’layotgan jarayonlarni ikki tipga ajratish mumkin:
a) yopiq sistemalarda kechadigan jarayonlar; bu sistemalarda muvozanat (tartibli, osoyishta) holati hukmron, biroq ma‘lum shart-sharoit ta‘sirida ushbu tartiblilik o’rnini tartibsizlik (xaos) egallaydi;
b) ochiq sistemalarda kechadigan jarayonlar; bu jarayon davomida siste-malarda o’z-o’zidan tartibsizlik o’rnini tartib egallay boradi va tarkib (elementlar o’rtasidagi aloqalar) yuzaga keladi. Sinergetika aynan ana shu jarayonni sistemalarning o’z-o’zidan tashkil topishi deb nomlaydi.
I. Prigojin va I. Stengers o’zlarining «Tartibsizlikdan tartibga» («Poryadok iz xaosa» – M., 1986) nomli kitobida sistemaning o’z-o’zidan tash-kil topishi jarayonini quyidagicha tushuntiradi. Sistema termodinamik mu-vozanat holatida bo’lganida uning elementlari (aytaylik, gaz molekulalari) bir-biriga ta‘sir o’tkazmaydilar. Ularning holati gipnotik uyquni esla-tadi. Elementlar orasida o’zaro ta‘sir bo’lmagani bois ular biron-bir tar-tibli tarkibni vujudga keltira olmaydilar. Biroq sistema tashqi muhit-ning energetik ta‘siri doirasiga tusharkan, elementlar «junbushga kela-di», muvozanat holati buziladi. «Gipnotik uyqudan uyg’ongan» elementlar endi o’zaro aloqadorlikda harkatlana boshlaydilar va tarkibni yuzaga kelti-radilar. Bunday tarkibni I. Prigojin dissipativ tarkib deb ataydi. Eng muhimi, dissipativ tarkib tashqi muhitning energetik ta‘siriga beri-luvchanlik xususiyatini saqlab qoladi, bu hol uning muntazam o’zgarib bo-rishiga zamin yaratadi. Shu ko’yi tashqi muhitdagi o’zgarishlar turli tar-kibiy konfiguratsiyalarning shakllanishiga olib keladi.
Yuqoridagi fikrga asoslanadigan bo’lsak, dissipativ tarkibning aso-siy xususiyati tartiblilikdir. Binobarin, tartiblilik deganda sistema-larda tarkibning, ya‘ni elementlar o’rtasidagi aloqalarning mavjudligini tushunmoq lozim.
Sinergetik yondashuvning sistemalar tashkil topishini o’rganishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ushbu yondashuv termodinamika asoschilarini iztirobga solgan muhim savolga javob berish imkonini beradi. Entropiyaning (entro-piya – energiyaning aylanishi jarayonini ifodalovchi fizik kattalik) orta borishi qonuniga ko’ra, moddiy sistemalar issiqlik muvozanati va tartib-sizlikka intiladilar; biroq, olamda esa yuksak darajadagi tartiblilik hukmron, buning boisi nima? Sinergetik yondashuv ushbu savolga javoban sistemalar tartibsizlikdan tartib yaratishga qodir ekanliklarini asoslab beradi.
b) butun va bo’lak. Yaxlitlik printsipi
Sistemalarning tashkil topishini o’rganishda sinergetik yondashuvga murojaat etish maqsadga muvofiq bo’lsa, ularning tarkibini tahlil qi-lishda dialektik yondashuv qo’l keladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, sinergetika va dialektika bir-birini to’ldiruvchi, o’zaro bog’liq ta‘li-motlardir.
Borliqning, undagi narsalarning tarkibi azal-azaldan falsafiy mu-shohada ob‘ekti bo’lib kelgan. Narsa nimadan tarkib topadi? Bir necha narsa yaxlitlikni tashkil etishi mumkinmi? Ayrimlik va umumiylik o’rtasidagi aloqadorlik nimadan iborat? Narsalarning tartibsiz yig’indisi bilan tar-tibli yig’indisi o’rtasida nima farq bor? Qadimgi falsafiy ta‘limotlar negizida yuzaga kelgan bu savollar asta-sekinlik bilan falsafaning abadiy savollariga aylandi. Borliqdagi tarkibiy aloqalar bilan bog’liq bu savol-lar hozirgi kunda ham falsafiy munozaralar mavzui bo’lib kelmoqda.
Asrlar davomida shakllangan xulosaga ko’ra, narsani bilish uchun uning nimadan tarkib topganini aniqlash lozim. Borliqning tuzilishini, tarkibini ifodalovchi ilk falsafiy kategoriyalar «butun» va «bo’lak» bo’l-di. Bunda «bo’lak» deganda yangi, murakkab narsalarni vujudga keltirishga qodir bo’lgan oddiy «predmetlar» tushunildi. Butun esa bo’laklarning yi-g’indisi mahsuli sifatida talqin qilindi. Biroq, har qanday kishi fal-safiy mulohaza yurita boshlarkan, butun - bo’laklarning oddiy yig’indisi emasligiga amin bo’ladi. Haqiqatan ham, bo’lg’usi bino, kema, ko’ylak qism-larining jamlamasi hali bino, kema, ko’ylak degani emas. Qadimgi Yunon falsafasida mashhur bo’lgan «Tezey kemasi» nomli mulohazani olaylik. Te-zey o’z kemasida sayohatga jo’nadi. Safar davomida dengizchilar muttasil ke-mani ta‘mirlab, uning u yoki bu bo’lagini yangisiga almashtirib bordilar. Axiyri kemaning almashtirilmagan bo’lagi qolmadi. Savol tug’iladi: bu o’sha safarga jo’nagan eski kemami yoki yangisimi? Kema o’sha, faqat uning bo’laklarigina o’zgardi, deb javob beradigan bo’lsak, beixtiyor «butun – bo’-laklarning oddiy yig’indisi emas», degan fikrni qo’llab-quvvatlagan bo’-lamiz.
Xo’sh, unda butunlikning, yaxlitlikning siri nimada? Yaxlitlikning butun sir-sinoatini bo’laklar o’rtasidagi aloqadan izlamoq kerak. Ushbu xulsoaning sharofati bilan yaxlitlik printsipi o’z ifodasini topdi. Unga ko’ra, butun – bo’laklarning oddiy yig’indisidan emas, bo’laklar va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalardan tarkib topadi.
Asta-sekinlik bilan bo’laklar orasidagi turli tipdagi aloqalar tur-li tipdagi butunlikni, yaxlitlikni hosil qilishini ham anglab yetishga mu-vaffaq bo’lindi. Masalan, tarkibiy tuzilishga oid aloqalarga (kristall, arxitektura binolari) yaxlitlikning tarkibiy tipi, faoliyat va harakatga doir aloqalarga (mashina harakati, organizm hayoti) yaxlitlikning funktsi-onal tipi, taraqqiyotga xos aloqalarga (o’simliklar va embrion rivoji) yax-litlikning genetik tipi mos tushadi.
Xullas, yaxlitlik – murakkab tarkibiy tuzilishga ega ob‘ektlarning umumlashtirilgan xarakteristikasidir. «Butun – bo’lak» kategoriyalarining «aloqa» tushunchasi bilan boyitilishi «sistema», «element», «tarkib» kabi yangi falsafiy kategoriyalarning shakllanishiga, sistemaviylik g’oyasining yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
v) sistema va element.
Sistemaviylik printsipi

Butun va bo’laklar o’zaro aloqador ekan, demak, ular qandaydir tartibga ega bo’lmog’i lozim. Ushbu tartiblilikning mantig’i haqidagi mulohazalar sistemaviylik g’oyasining shakllanishiga olib keldi. Dasturilavvalda sis-temaviylik g’oyasi bilish jarayoniga nisbatangina ishlatildi. Masalan, nemis klassik falsafasining atoqli namayondalaridan biri I. Kant fanni yaxlit sistema sifatida talqin etgandi.


Biroq tabiat va jamiyatni o’rganishda XIX asrning o’rtalariga qadar mexanizm va elementarizm g’oyalari hukmron bo’ldi. Insoniyatning murakkab ob‘ektlarni (kishilik jamiyati, biologik olam) o’rganishga qo’l urishi sis-temaviylik g’oyalarining tugal shakllanishiga sabab bo’ldi. Ushbu g’oyaning sharofati bilan «sistema», «element», «tarkib» kategoriyalari shakllandi.
«Sistema» deganda nimani tushunmoq kerak? V.N. Sadovskiy o’zining «Sistemalarning umumiy nazariyasi. Mantiqiy-metodologik tahlil» nomli kitobida («Osnovaniya obhey teorii sistem. Logiko-metodologicheskiy ana-liz».- M., 1974) Ushbu kategoriyaning 40 ta ta‘rifini keltiradi. Ularning umumiy jihatlariga asoslanadigan bo’lsak, sistema - o’z tarkibiga ega bo’l-gan o’zaro aloqador elementlar yig’indisidir (malasan, inson organizmi, avtomobil, bino).
Sistemaning mohiyatini anglab yetish uchun «element» va «tarkib» ka-tegoriyalarining definitsiyasidan boxabar bo’lish zarur. Elementning asosiy xususiyati shundaki, u sistemani vujudga keltirishda bevosita ishtirok eta-di. Element – sistemaning bo’linmas qismidir (albatta, shu sistema miqyo-sida fikrlaganda).
Sistema haqidagi tasavvurlar «tarkib» kategoriyasining mazmunini aniqlashni taqazo etadi. Tarkib – sistemadagi elementlar orasidagi bar-qaror aloqalar yig’indisidir. Har qanday sistemada turli xarakterdagi aloqalar mavjud bo’ladi. Ularning ba‘zilari jiddiy ahamiyatga ega, boshqa-lari esa o’tkinchi. Tarkib – sistema elementlari orasidagi har qanday alo-qani emas, qonuniy aloqalarni ifodalaydi. Masalan, jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlari mulkchilik, faoliyat va taqsimot munosabatlaridan iborat. Biroq ular orasida mulkchilik munosabatlarigina hal qiluvchi aha-miyatga ega.
Faylasuflar sistemaning sifatini belgilovchi mezon haqida bahs yuritadilar. XIX asrda elementarizm tarafdorlari sistemaning sifatini element belgilaydi, deb uqdirardilar. Tarkibiy-funktsional tahlil mak-tabi tarafdorlari esa (T.Parsons) bunday mezonni tarkib bilan bog’lay-dilar. Aslida haqiqat har doimgidek «oltin o’rtalikda»: sistemaning si-fati, bir tomondan, elementlar (chunki elementlarning o’zgarishi yangi alo-qalarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi), ikkinchi tomondan esa, tarkib (chunki tarkibning o’zgarishi elementlar funktsiyalarining boyishiga olib keladi) bilan belgilanadi.
XX asrda har qanday narsa sistema sifatida o’rganila boshlandi. Buning oqibati o’laroq falsafada sistemaviylik printsipi shakllandi. Ushbu printsipni quyidagicha ifodalash mumkin: har qanday narsa yoki ho-disa o’zaro aloqador bo’lgan elementlardan, gorizontal (elementlar orasi-dagi) va vertikal (sistemaning turli darajalari orasidagi) tarkibdan tash-kil topadi.
g) shakl va mazmun
Narsadagi turli jihatlarning, elementlarning bir-biri bilan bog’-liqligini, borliqning tartibliligini ifodalovchi kategoriyalardan yana bir juftligi «shakl» va «mazmun»dir. Antik falsafada borliqning tartib-liligini ushbu kategoriyalar yordamida ifodalash odat bo’lgandi. Masalan, “shakl” tushunchasi borliqdagi narsalarning mavjudlik usullarini talqin qilishda qo’llanilardi. Yunon falsafasining gultojisi hisoblangan Aris-totel ta‘limotida «shakl» kategoriyasi markaziy o’rinni egallagandi. Aristotel «shakl» tushunchasini materiyaning antipodi sifatida ishlatadi. Materiya tartibga, shaklga (shakllantirishga) muxtoj. Shakl esa borliqni tartibga solish qudratiga ega. Keyinchalik G. Gegel ham shaklni tartibga soluvchi reallik sifatida talqin etdi. Uning antipodini esa narsaning mazmuni bilan bog’ladi. G. Gegel birinchi bo’lib shakl va mazmun dialek-tikasi to’g’risida mulohaza yuritdi.
«Shakl» va «mazmun» kategoriyalari haqida ko’plab mulohazalar bil-dirilganiga qaramasdan ularga ta‘rif berish bag’oyat mushkul. Harqalay, eng umumiy jihatlariga asoslanib, ushbu tushunchalarning mazmunini ifodalash mumkin. Mazmun deganda narsaning (sistemaning) muhim elementlari yi-g’indisi, ushbu sistemaning asosiy xarakterini belgilovchi aloqalar tushu-niladi. Masalan, ishlab chiqarishning mazmunini ma‘lum mahsulot va uning tayyorlanishi, kinofilmning mazmunini uning syujeti tashkil etadi.
Shakl – u yoki bu mazmunning mavjudlik usulidir. Ishlab chiqarishda mehnatning tashkillashtirilishi, badiiy asarda kompozitsiya shakl vazifasini o’taydi.
Shakl va mazmun bir narsaning turli jihatini ifodalaydi, shu bois ular o’zaro dialektik aloqadordir. G. Gegel ta‘biri bilan aytganda, shakl hamisha mazmunli, mazmun esa shakllangandir. Shakl va mazmun o’rtasidagi bog’lanish behisobdir. Bu bog’lanishda ayrim holatda shakl, ayrim holatda mazmun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, inson mehnat qobiliya-tining (mazmunning) rivojlanishi inson qo’lining (shaklning) o’zgarishiga sabab bo’lgan. Tarbiya mazmunining o’zgarishi tarbiya shakllariga jiddiy ta‘sir o’tkazadi. Ayni paytda yangi shakllarning yuzaga kelishi mazmunning o’zgarishiga olib keladi. Masalan, yangi musiqa asboblarining yaratilishi (shakl) u yoki bu musiqiy asarning (mazmunning) ijrosiga ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
Biroq shakl mazmunga qaraganda konservativroq ekanligini, nisbatan sekinroq o’zgarishini nazarda tutmoq darkor. Hayot buni bir necha bor isbot-lab bergan. Aytaylik, jamiyatda yangi ehtiyojlar, munosabatlar yuzaga kelga-niga qaramasdan boshqaruv shakllari sekinlik bilan yangilanishi mumkin. Bunday holatda shakl jamiyat taraqqiyotiga xalal berayotgan omilga aylanadi. Shaklning sekinlik bilan o’zgarishi, konservativligi formalizm illati-ning bo’y ko’rsatishiga sabab bo’lishi mumkin. Shu bois shakl va mazmun uy-g’unligini ta‘minlash har qanday sohada eng e‘tiborli vazifalar turkumiga kiradi.
d) mohiyat va hodisa
Borliqdagi tarkibiy bog’lanishlarni anglab yetish uchun voqelikning botiniy va zohiriy darajalari xususida ham mulohaza yuritmoq zarur. Ush-bu mulohazalar “mohiyat” va “hodisa” kategoriyalarida umumlashtiriladi.
Falsafiy tafakkurning ilk bosqichlaridayoq narsalar haqidagi odatiy tasavvurimiz yuzaki ekanligi ilg’ab olingandi. Vaholanki, nazariy tafakkur narsalarning asl tabiatini tushunishga intiladi. Bu zaruriyat mohiyat va hodisa muammosini kun tartibiga qo’ydi.
Hozirgi zamon falsafasi mohiyat deganda narsa yoki hodisaning bo-tiniy, ichki, yashirin va nisbatan barqaror jihatini tushunadi. Hodisa esa narsa yoki hodisaning zohiriy, tashqi, oshqor va beqaror (o’zgaruvchan) ji-hatidir. Mohiyat va hodisa – dialektik aloqador qarama – qarshiliklardir, shu bois ular bir-biriga mos tushmaydi. Ba‘zan bu qarama-qarshilik yorqin namoyon bo’ladi: narsaning tashqi belgilari uning botiniy jihatlarini mutlaqo yashirib turadi. Bunday hollarni zohir, tuyulma deb ataydilar. Zo-hir yoki tuyulmaga misol qilib sarobni keltirish mumkin.
Umuman olganda, mohiyat va hodisaning mos tushmasligini odatiy va-ziyatlarda ham kuzatsa bo’ladi. Gegelning ta‘kidiga muvofiq, narsalar bor-lig’i bir pardadir; bu parda ortida uning asl mohiyati yashirinib yotadi. I. Kant esa hodisani inson hissiy organlari yordamida bilinadigan shakl deb ataydi. Biroq har safar hodisa uni yuzaga keltirgan botiniy jarayonlardan farq qiladi. Masalan, kamalak oddiy hodisadek tuyuladi, biroq uning mo-hiyatini suv tomchilarida yorug’likning jilvalanishi tashkil etadi.
Biroq bundan mohiyat va hodisa o’rtasida hech qanday aloqadorlik yo’q, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aks holda olamni bilishning mutlaqo iloji bo’lmasdi. Mohiyat hodisada namoyon bo’ladi, hodisa esa mohiyat ifodasidir. Mohiyat va hodisa inson bilish jarayonining yo’nalishini ko’rsatuvchi (hodi-sadan mohiyatga) kategoriyalardir. Hodisa bag’rida yashiringan mohiyatni aniqlash sistemaning (narsaning) elementlari, tarkibi, yaxlitligi sababla-rini aniqlash imkonini beradi.

j) ayrimlik va umumiylik


Turli kategoriyalarni talqin etarkanmiz, biz hanuzgacha bir sistema-dagi (narsadagi) elementlar va aloqalar, bir butunning bo’laklari, bir jarayonning ichki va tashqi jihatlari xususida fikr yuritdik. Xo’sh, bir ne-cha sistema (narsa) orasida ham aloqadorlik mavjudmi? Ular o’rtasida o’x-shashlik yoki tafovut bo’lishi mumkinmi? Ushbu muammo ustidagi o’ylar «ayrimlik» va «umumiylik» kategoriyalarining shakllanishiga olib keldi.
Ayrimlik – alohida olingan narsa yoki hodisani xarakterlaydi; bu narsa yoki hodisa o’zining «makoniy» va «zamoniy» xususiyatlari, turli xossalari bilan o’zga narsa yoki hodisalardan farqlanib turadi. Umumiylik – ayrim narsa yoki hodisalarning xususiyatlaridagi o’xshash jihatlarni ifodalovchi kategoriya. Narsalar va hodisalarning bir tipga taalluqliligi, bir guruhga mansubligi umumiylik belgilari sanaladi.
Ayrimlik bilan umumiylik orasidagi aloqalar barcha narsa va hodi-salarni qamrab oladi. U inson tafakkuri uchun ham fundamental xarakterga ega. Olamni «ayrimlik – umumiylik» nuqtai nazaridan bilish uchun nar-salarni qiyoslash, ular o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni aniqlash zarur bo’ladi.
Real narsalar ayrimdir, ya‘ni har qanday ayrim narsa o’zining tak-rorlanmas xususiyatlariga ega. Undan farqli o’laroq, umumiylik aniq «ma-koniy» va «zamoniy» xususiyatlarga ega narsani emas, ularning takrorla-nuvchi, o’xshash xususiyatlarini ifodalaydi, xolos. Biroq bu xulosa uzoq davom etgan falsafiy munozara intihosidir. Falsafa tarixida umumiy tushunchalar tabiatiga doir bahs ko’p asrlarga cho’zildi. Bu bahsda nomina-lizm tarafdorlari faqat ayrim narsalarnigina real voqelik deb tan olishar, umumiylikni esa faqat tushuncha sifatida mavjud sub‘ektiv reallik deb bilishardi. Realizm vakillari umumiylikni ayrimlik kabi reallik sifatida e‘tirof etardilar. Hozirgi zamon falsafasida ushbu bahs o’z yechimini topgan hisoblanadi.
Ayrimlik va umumiylik o’zaro dialektik aloqadorlikda namoyon bo’la-di. Umumiylik sof holda mavjud emas, u ayrimlik bilan birgalikda, uy-g’unlikda mavjud. Ayrimlik esa u yoki bu guruhga mansub bo’larkan, albatta umumiy xususiyatlarga ega. Binobarin, ayrim narsa nafaqat individual, balki boshqa narsalarda ham takrorlanadigan umumiy xususiyatlardan tar-kib topadi.
Ayrimlik va umumiylik dialektikasi «alohidalik – bir tiplilik» tarzida namoyon bo’lishi ham mumkin. Agar narsada individual xususiyatlar yorqinroq namoyon bo’lsa, bu narsani alohidalik deb ifodalaydilar. Agar narsada boshqa narsalardagiga o’xshash xususiyatlar ko’proq bo’lsa, bu umu-miylikni bir tiplilik deb yuritadilar.
Xullas, ayrimlik va xususiylik dialektiksi mazmunini bilish narsalar orasidagi o’zaro bog’lanish tabiatini, borliqdagi tarkibiy aloqa-dorlik mohiyatini chuqurroq bilish imkonini beradi.
* * *
Mulohazalarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Narsalardagi tarkib ularning ichki o’zgarish mantig’iga muvofiq ravishda o’z – o’zidan tashkil topadi.
Narsa butundir, bu butunlik bo’laklardan tarkib topadi. Bo’laklar narsadagi tarkibiy aloqalarning sharofati bilan butundir.
Har qanday narsa sistemadan iborat, ya‘ni o’z elementlariga ega; elementlar orasida esa ma‘lum aloqadorlik mavjudki, bu aloqadorlik narsaning tarkibini tashkil etadi.
Narsada muhim va ikkinchi darajali belgilar, xususiyatlar mavjud. Muhim belgilar yig’indisi narsaning mazmunini tashkil etadi. Maz-munning mavjudlik usuli esa shakldir.
Sistemadagi turli elementlar va aloqalar botiniy va zohiriy xarakterga ega bo’ladi. Botiniy (barqaror) elementlar hamda aloqalar sis-temaning mohiyatini, zohiriy (o’zgaruvchan) elementlar hamda aloqalar esa hodisani tashkil etadi.
Narsa – ayrimdir. U individual (takrorlanmas) va boshqa narsada takrorlanadigan xususiyatlarga ega. Takrorlanadigan xususiyatlar umumiy-lik deyiladi.

3. DETYERMINIZM FALSAFASI


Falsafiy bilishda determinizm printsipi o’ziga xos o’rin tutadi. Ushbu printsipga ko’ra, real tabiiy, ijtimoiy va ruhiy hodisa va jarayonlar qonuniy ravishda yuzaga kelib, rivojlanib va yo’qolib boradilar, ular ma‘-lum sabab bilan shartlangandirlar. Ushbu printsipdan chekinish olamni il-miy – falsafiy bilishga xalal beradi.


Determinizm haqidagi zamonaviy tasavvurlar sabab–oqibat aloqalari va qonuniyatlari haqidagi tasavvurlar rivojining mahsulidir.
a) Sabab va oqibat. Sababiyat printsipi
Amaliy tajribalar va kuzatishlar, keyinchalik esa ilmiy tadqi-qotlarning dalolat berishicha, olamda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning manbaini, ya‘ni bir hodisani yuzaga keltirgan boshqa hodisani aniqlash imkoni mavjud. Bu hodisalarning birinchisini sabab, ikkinchisini oqibat deb yuritish qabul qilingan. Ular o’rtasidagi eng oddiy aloqadorlikni qu-yidagicha ifodalash mumkin:
Sxema 4
S О
Ko’rinib turibdiki, «sabab – oqibat» aloqasi sababdan oqibatga qarab yo’nalgan. Demak, ular o’rtasidagi munosabat teskari yo’nalishga ega bo’lishi mumkin emas.Boz ustiga, sabab har qanday oqibatni emas, aniq bir oqibatni yuzaga keltiradi. Masalan, olma urug’idan olma daraxti, shaftoli urug’idan shaftoli daraxti unib chiqadi.
«Sabab – oqibat» aloqadorligining murakkabroq shakllari ham mav-jud. Buni quyidagi tarzda namoyish etish mumkin:
Sxema 5
S-1
S-2
S-3 О

S-n

Ayrim sabablar esa bir necha oqibatning yuzaga kelishiga olib keladi:


Sxema 6 О-1
О-2
S О-3

О-n

SHuningdek, «domino effekti» nomini olgan «sabab – oqibat» aloqa-dorligi ham mavjud. Bunda bir sabab navbatma – navbat sodir bo’ladigan oqibatlar zanjiriga turtki beradi:


Sxema 7
S О-1 О-2 … О-n
«Sabab – oqibat» aloqadorligining murakkab shakllaridan biri fizik va ximiklar kashf etgan zanjir reaktsiyasida namoyon bo’ladi. Bunda voqealar rivoji «domino effektidagidek» kechadi, lekin har bir necha hodisaning sababiga aylanadi. Bunda sxema 6 va sxema 7 uyg’unlashib ketadi. Zanjirli ximik reaktsiyalar, yadro zaryadi massasining portlashi aynan ana shunday tarzda yuz beradi.
Sabab bilan oqibat o’rtasidagi aloqadorlik bevosita va bilvosita xarakterga ega bo’lishi mumkin. Bevosita aloqadorlikda ikki hodisa o’rta-sidagi munosabat ko’zga tashlanib turadi (masalan, bilyardda bir sharning ikkinchisiga urilishi). Bilvosita aloqadorlikda esa bunday munosabatni ilg’ab olish mushkul kechadi. Bunga quyidagi jarayonni misol qilib keltirsa bo’ladi: elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojning ortib borishi issiqlik elek-trostantsiyalarining ko’payishiga olib keladi; natijada elektrostantsiyalar-da ishlatiladigan ko’mir ishlab chiqarish kengayadi; mutanosib tarzda atmo-sferadagi zaharli chiqindilar miqdori oshib boradi; trubalardan chiqadi-gan gaz havodagi kislorod bilan birlashib, sulfat kislotasi hosil qiladi; ushbu kislota yomg’ir sifatida zaminga qaytib tuproqning ifloslanishiga va o’rmonlarning halok bo’lishiga olib keladi.
Olam mukammalroq o’rganib borilgani sari, insonlarning sabab va oqibat o’rtasidagi aloqadorlik xususidagi tasavvurlari ham kengaydi. Ush-bu aloqadorlikning yangi shakllari aniqlanishi sababiyat qonuniyatlari haqidagi bilimlarni yanada boyitdi. Sabab va oqibat o’rtasidagi o’zaro ta‘-sir g’oyalarining yuzaga kelishi ayniqsa jiddiy e‘tiborga loyiq. Ushbu g’oyaga ko’ra, sabab ma‘lum oqibatni yuzaga keltiradi, oqibat esa, o’z navbatida, sababga ta‘sir o’tkaza boshlaydi:
Sxema 8
С О
Masalan, tuproq o’simlikning rivojlanishiga turtki beradi, o’sim-liklar esa tuproq tarkibining o’zgarishiga olib keladi; iqtisodiyot siyosiy munosabatlarning ma‘lum shakllarini yuzaga keltiradi, siyosiy munosabat-lar esa iqtisodiyotga aks ta‘sir o’tkazadi.
Falsafiy mushohadalar natijasida oqibat nafaqat sababning, balki ma‘lum shart – sharoitlarning mahsuli ekanligi aniqlandi. Shart-sharoit – narsadagi ichki aloqalar va tashqi omillar yig’indisidir. A–sabab ma‘lum shart-sharoit bo’lganidagina B–oqibatga olib kelishi mumkin. Shart-sharo-it o’zgartirilsa, A–sabab B–oqibatga emas, S–oqibatga turtki beradi. Oqi-batning yuz berishiga olib kelgan sabablar yig’indisi va shart-sharoit fal-safada sababiy asos deb ataladi. Sababiy asos, shuningdek, bahona, turtki tushunchalarini ham qamrab oladi.
Sabab va oqibat o’rtasidagi murakkab aloqadorlik to’g’risidagi falsa-fiy o’ylar sababiyat printsipining shakllanishiga zamin hozirladi. Ushbu printsipga muvofiq, har qanday oqibat ma‘lum sabab va shart-sharoitning intihosidir; olamda hech qanday hodisa besabab sodir bo’lmaydi.
b) zaruriyat va tasodif
Sabab va oqibat o’rtasidagi aloqadorlikda qonuniyat borligini ta‘-kidlab o’tdik. Binobarin, har qanday «sabab – oqibat» zanjiri ob‘ektiv zaruriyatdan iborat. Shu yo’nalishdagi fikrlarimiz o’z-o’zidan determinatsiya aloqalarini ifodalovchi ikkinchi juftlik – «zaruriyat» va «tasodif» kate-goriyalari sari yetaklaydi.
Zaruriyat «sabab – oqibat» aloqalarida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Za-ruriyat – sistemalarning mohiyatiga taalluqli xususiyat, qonuniy ravishda yuz berishi lozim bo’lgan oqibat–hodisadir. Tasodif esa narsalardagi aso-siy aloqalarga emas, ikkinchi darajali aloqalarga bog’liq bo’lgan, yuz beri-shi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo’lgan hodisa, jarayondir.
Falsafiy determinizmda tasodifiy hodisaning maqomini belgilash masalasi mavjud. Masalaning mohiyati quyidagicha: sababiyat printsipiga ko’-ra, har qanday hodisa besabab yuz bermaydi. Demak, tasodifiy hodisa ham ma‘lum sabab mahsulidir. Agar sababning oqibatga olib kelishini ob‘ek-tiv zaruriyat deb hisoblasak, tasodifiy hodisa ham ob‘ektiv zaruriyat bilan bog’liq bo’lib chiqadi. Unda «zaruriyat» va «tasodif» kategoriyalarini qara-ma-qarshi qo’yishda nima ma‘ni bor?
Falsafa tarixida masalaning ichki yechimi taklif etilgan. Bir guruh faylasuflar sababiyat printsipini tasodifiy hodisaga nisbatan qo’llay-dilar; ular tasodifni hech qanday sababga ega bo’lmagan hodisa, deb talqin qiladilar. Ikkinchi guruh faylasuflari esa tasodifni asl sabablar aniq-lanmagan hodisaga qiyoslaydilar. Birinchi yechim sababiyat printsipining in-kor etilishiga, ikkinchi yechim esa «tasodif» kategoriyasini bilish imkoni-yatlarining inkor etilishiga olib keladi.
Harqalay, tasodifning mavjudligini rad qilish bema‘nilikdan o’zga narsa emas. Agar zaruriyat mutlaq xarakterga ega, deb biladigan bo’lsak, ta-sodifga o’rin qolmaydi. Bunday zaruriyat olam taraqqiyoti mantig’ini ol-dindan yozib qo’yilgan stsenariyga o’xshatib qo’ymaydimi?
Aslida «zaruriyat» va «tasodif» kategoriyalarining mazmunini to’g’ri aniqlash uchun «shart-sharoit» tushunchasiga murojaat etmoq zarur. Chunki za-ruriyat hamisha ma‘lum shart-sharoitlar bilan shartlangandir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, zaruriyat nisbiy xarakterga ega. U yoki bu hodi-saning zaruriy xarakterga egaligi haqida gapirarkanmiz, unga zaruriylik ato etgan ob‘ektiv shart-sharoitni ham nazarda tutmog’imiz lozim.
Basharti zaruriyat nisbiy xarakterga ega ekan, tasodif ham nisbiydir. Bir hodisa A-jarayonda zaruriyat bo’lib, B-jarayonda tasodif sanalishi mumkin. Fikrimizni asoslash uchun jo’nroq bo’lsada quyidagi ikki voqealar zanjirini keltiramiz:
1.Adham oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun do’konga jo’nadi. Yo’lda to’satdan uning boshiga qurbaqa kelib tushdi.
2.Qush qorin to’ydirish ilinjida atrofni olazarak kuzata boshladi. Birdan ko’zi qurbaqaga tushdi. Qush unga chang soldi-yu ko’kka parvoz qildi. Biroq yo’lda qurbaqa changalidan tushib ketdi.
Har ikkala voqealar zanjirida ham bir epizod – qurbaqaning tushib ketishi uchraydi. Biroq birinchi jarayonda bu hol tasodifiy xarakterga ega bo’lsa, ikkinchi jarayonda zaruriyatdir.
Ayni paytda zaruriyat va tasodif dialektik aloqador ekanligini ham unutmaslik darkor. Tasodif ayrim hollarda zaruriyatning o’ziga xos shakli bo’lishi ham mumkin. Masalan, jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy progress sari intilib borishi zaruriyatdir. Biroq bu zaruriyat turli tasodifiy voqea-larning izchil zanjiri tarzida namoyon bo’ladi. Boshqa misolni olaylik. Noevklid geometriyasining aynan Lobachevskiy tomonidan kashf etilishi tasodifdan o’zga narsa emas. Biroq XVIII asr oxiri - XIX asr boshlaridagi geometriya fani taraqqiyoti noevklid geometriyasining kashf qilinishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratib bo’lgandi. Aytmoqchi, Lobachevskiy-dan ayri holda noevklid geometriyasining Bolyai va Guss tomonidan ochili-shi ham shu zaruriyatning mavjud bo’lganidan dalolat beradi.
v) imkoniyat va voqelik
Zaruriyat va tasodif o’rtasidagi dialektik aloqadorlik imkoniyatning voqelikka aylanishi dialektikasi bilan bog’liqdir. Sistemalar taraqqiyo-tidagi har bir bosqich keyingi rivojlanish bosqichlariga o’tish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratadi. Ushbu imkoniyatlardan birortasining kelajakda ruyob-ga chiqishi tasodifiy xarakterga ega. Binobarin, sabab-oqibat zanjirini to’liq tasavvur etish uchun «imkoniyat» va «voqelik» kategoriyalariga muro-jaat qilish lozim.
«Sabab-oqibat» munosabatlari sabab-hodisa zaruriy yoki tasodifiy oqibatni yuzaga keltirganda sodir bo’ladi. Basharti sabab-hodisa sodir bo’lmagan bo’lsa-yu, lekin yuzaga kelishi mumkin bo’lsa, uni imkoniyat deb ataydilar. Imkoniyat – sabab-hodisaning ayrim elementlari mavjudligini, ayrimlari esa hali mavjud emasligini ifodalovchi kategoriyadir. Voqelik esa ob‘ektiv reallikka aylangan imkoniyatdir.
Voqelik aktual (mavjud) borliq, imkoniyat esa potentsial borliqdir. Aktual borliq negizida kelajakdagi voqelik imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Boshqacha aytganda, voqelik negizida kelajakdagi voqelik imkoniyati mavjud, imkoniyat esa kelgusida yuzaga keladigan voqelikdir. Masalan, jamiyatimiz demokratlashti-rilayotgan va yangilanayotgan, mamlakatimiz isloh eti-layotgan va modernizatsiya qilinayotgan bugungi davrni voqelik desak, uning negizida mavjud bo’lgan kelgusi fuqarolik jamiyati asoslari imkoniyatdir.
Imkoniyatni imkonsizlikdan ajratmoq lozim. Buning uchun «ehti-mollik» tushunchasining mazmuninidan boxabar bo’lmoq lozim. Ehtimollik – imkoniyatning miqdoriy me‘yoridir. Ayrim imkoniyatlarning voqelikka aylanishi ehtimoli katta, boshqalarining ehtimoli esa kichik bo’ladi. Im-konsizlikda esa bunday ehtimollik darajasi mutlaqo bo’lmaydi. Uchta mi-solga e‘tibor beraylik.
1. «Alisherning uyiga do’sti kelarmish».
2. «Alisherning uyiga Prezident kelarmish».
3. «Alisherning uyiga Napoleon kelarmish».
Birinchi imkoniyatda ehtimollik darajasi nihoyatda katta. Biror bir tasodifiy holat sodir bo’lmasa, ushbu imkoniyat albatta voqelikka aylanadi. Ikkinchi imkoniyatda ham kam bo’lsag’da, ehtimollik darajasi mavjud. Albatta, davlat rahbarining oddiy fuqaro uyiga tashrif buyurishi kam uch-raydigan hol, lekin bundan tilga olingan imkoniyat hech qachon voqelikka aylanmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Uchinchi imkoniyat esa, tabiiyki, mutlaq imkonsizlikdan iborat.
Imkoniyat va voqelikning dialektik tushunilishi katta amaliy va na-zariy ahamiyatga ega. Insonning ob‘ektiv reallikni o’zgartirishga qaratil-gan amaliy faoliyati aktual borliqda imkoniyat sifatida mavjud bo’lgan tendentsiyalar, omillar va shartg’sharoitlarni o’rganishni taqazo etadi. Chun-ki inson o’z maqsadiga erishishi uchun uni (o’z maqsadini) ob‘ektiv imkoni-yatlarga moslashtirmog’i darkor. Bilish jarayonida esa nafaqat voqelik, bal-ki imkoniyat ham aks ettiriladi, o’rganiladi. Negaki, imkoniyatlar haqidagi bilimlargina insonning bilish jarayoniga prognostik xarakter baxsh etadi.
* * *
Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Har qanday narsa, hodisa, jarayon qonuniy ravishda yuzaga kelib, shakllanib va yo’qolib boradi.
Shakllanish zanjiridagi birinchi hodisa sabab, ikkinchisi esa oqi-bat deyiladi. Sabab va oqibat o’rtasidagi dialektik aloqadorlik murakkab xarakterga ega.
Yuzaga kelgan oqibat qonuniy (kutilgan) ravishda sodir bo’lsa za-ruriyat bilan, kutilmagan oqibat esa tasodif bilan bog’liq bo’ladi.
Ob‘ektiv reallikdagi narsalar voqedir. Ushbu voqelik negizida kelgusida yuzaga keladigan voqelik imkoniyat sifatida mavjud bo’ladi.

4. TARAQQIYOT KONSEPSIYALARI


a) taraqqiyot g’oyasi dinamikasi


Taraqqiyot g’oyasi inson ongida bir necha asr mobaynida shakllana bordi. Nazariy tafakkur ibtidosida hali taraqqiyot haqidagi tasavvurlar shakllanmagandi, bunga rivojlanayotgan ob‘ekt to’g’risidagi bilimlarning yetishmasligi xalal berardi.
Qadimgi Xitoy, Hindiston, Yunonistonda ijod qilgan mutafak-kirlar borliq haqida mulohaza yuritarkanlar, narsa va hodisalarning yuzaga kelishi, shakllanishi, bir hodisa o’rnini ikkinchisi egallashi jarayoniga e‘tibor berardilar. Ular qarama-qarshiliklarning o’zaro aloqadorligi va o’zaro ta‘siri narsaning shakllanishiga olib keladi, degan xulosaga kel-dilar. Biroq olamning o’zgarishi haqida to’g’ri xulosa chiqarganlariga qara-masdan, qadimgi dunyo faylasuflari taraqqiyot g’oyasi kashfiyotchilari dara-jasiga ko’tarila olmadilar. Ularning nazdida olam takrorlanib turadigan tsiklli hodisalar yig’indisidan iborat bo’lib qolaverdi.
Taraqqiyotni sifatiy o’zgarishlar jarayoni sifatida tasavvur etish uchun «zamon» tushunchasini to’g’ri talqin qilmoq zarur edi. Bu borada ilk qadamni o’rta asrlarda musulmon va xristian falsafasi qo’ydi. Musulmon falsafasi hayotni boqiy dunyoga eltuvchi vaqtinchalik, o’tkinchi bir davr deb, xristian falsafasi esa Xaloskorning tashrif buyurishini kutish davri deb tasavvur etdi. Shu ko’yi, diniy asosda bo’lsa-da, voqea va hodisalarning dav-riy, «zamoniy» yo’nalganligi kashf qilindi. Bu qadimgi dunyo dunyoqarashiga xos bo’lgan tsikllilikka, takrorlanuvchanlikka chek qo’ydi.
Keyingi davrlardagi falsafiy mulohazalar taraqqiyot g’oyasining shaklla-nishiga zamin yaratdi. Masalan, R. Dekart olamni Xudoning irodasi bilan vujudga kelgan reallik sifatida tasavvur qiladi. Yaratilgan olam keyinchalik yangi shakllarga intila boradi, deydi u. R.Dekartning taraqqiyot haqidagi fikrlari faqat tabiatni qamrab olgan bo’lsa, frantsuz ma‘rifat-parvarlari F. Volter va J.-J. Russo tarixiy taraqqiyot g’oyasini ilgari surdilar. J. Kondorse ushbu fikrlarni uzluksiz progress g’oyasi bilan boyit-di.
Taraqqiyot haqidagi asl nazariya nemis klassik falsafasi negizida vujudga keldi. I. Kant «taraqqiyot» tushunchasini Quyosh sistemasiga nis-batan qo’llar ekan, olamning sifatiy o’zgarishi haqidagi yangicha qarashlarga asos soldi. G. Gegel esa ilk bor taraqqiyot haqidagi yaxlit kontseptsiyani ishlab chiqdi. Dialektika nomini olgan ushbu kontseptsiya nafaqat yangi ta-raqqiyot modellarining shakllanishiga zamin hozirladi, balki barcha zamo-naviy kontseptsiyalarning ham nazariy-metodologik asosini tashkil etdi.
G. Gegelning mantiqiy-gnoseologik dialektikasi XIX asrda taraqqi-yotning uch asosiy kontseptsiyasi yuzaga kelishiga sabab bo’ldi:
Taraqqiyotning gradualistik kontseptsiyasi. Ushbu kontseptsiya mual-lifi G.Spenser butun tabiatni bosqichma-bosqich evolyutsiya mahsuli sifa-tida talqin etardi.
Taraqqiyotning naturalistik kontseptsiyasi. Uning asoschisi Ch.Dar-vin taraqqiyot va evolyutsiya g’oyalarini biologiya predmetiga nisbatangina ishlatatadi.
Taraqqiyotning dialektik-materialistik kontseptsiyasi. Mazkur mo-del mualliflari K.Marks, F.Engels va V.Lenin taraqqiyotni materiyaning sifatiy o’zgarishi pozitsiyasidan ta‘riflaydi.
Bugungi kunda ham taraqqiyot kontseptsiyalari bisyor. Frankfurt mak-tabining negativ dialektikasi, G’arb falsafasida mashhur bo’lgan «fojiaviy dialektika», «epistemologik dialektika», rus faylasuflari ishlab chiqqan «teokosmik birlik dialektikasi», «parodoksal dialektika», «antinomik dialektika» ana shunday kontseptsiyalar turkumiga kiradi. Tal-qinlarning ko’pligi taraqqiyotning murakkab jarayon ekanligidan dalolat beradi. Eng muhimi, ushbu kontseptsiyalarning pozitiv jihatlarini ko’ra bilish va umumlashtira olish lozim. Tilga olingan kontseptsiyalar sintezi taraqqiyot haqida keng tasavvur shakllantira oladi.
b) «taraqqiyot» tushunchasi
Taraqqiyot dialektikaning asosiy predmeti hisoblanadi. Rivojlanish qonunlarini bilish esa taraqqiyot jarayonini boshqarish, olamni ob‘ektiv qonunlarga mutanosib tarzda o’zgartirish imkoniyatini yaratadi.
Taraqqiyot deganda butun olam taraqqiyotini tushunmaslik kerak. Ta-raqqiyot aniq moddiy va ma‘naviy sistemalar bilan bog’liq: ayrim orga-nizm, Quyosh sistemasi, jamiyat, biror-bir nazariyagina rivojlanuvchan sistema sifatida tahlil qilinishi mumkin. Konkret sistemalardan tashqa-rida taraqqiyot yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Borliq taraqqiyoti haqida gapirganda undagi sistemalarning rivojlanishini, undagi imkoniyatlar-ning voqelikka aylanishi jarayonini nazarda tutamiz. Hatto materiyaning biror bir shakli, Metagalaktika rivojlanishi ham borliq taraqqiyoti deb atalishi mumkin emas, chunki, biz yuqorida amin bo’lganimizdek, ayrimlik bilan umumiylik o’rtasida jiddiy tafovut mavjud.
Ayni paytda yana bir fikrga e‘tibor bermoq zarur. Taraqqiyot deganda bir sistemaning o’rnini boshqasi tomonidan egallashini tushunmaslik ke-rak. Gap bir narsaning boshqa narsa bilan almashinuvi xususida emas, bir narsa miqyosidagi o’zgarishlar haqida bormoqda.
Taraqqiyot murakkab, serqirra, ko’p bosqichli jarayondir. Uning uch xu-susiyati mavjud:
1.Taraqqiyot, eng avvalo, sistemadagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Ma‘-lumki, ob‘ektlarda muttasil qandaydir o’zgarish sodir bo’lib turadi (bunda o’zgarish deganda ob‘ektlardagi har qanday harakat, elementlar orasidagi o’zaro ta‘sir tushuniladi). Bunga amin bo’lish uchun qisqa muddat mobaynida ob‘ektni kuzatish kifoya: bu davr ichida ob‘ektdagi ayrim xususiyatlar yo’-qoladi, ular o’rniga yangilari yuzaga keladi. Kuzatish natijasida ob‘ektdagi «makoniy» xarakteristika-larning (o’lchovlarning), haroratning, boshqa xu-susiyatlarning o’zgarishiga guvoh bo’lamiz. Mantiqan fikrlaganda, ana shu o’z-garishlar miqdoriy va sifatiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Boshqacha aytganda, ayrim o’zgarishlar narsaning miqdoriy xususiyatlarining yangi-lanishiga olib kelsa, boshqalari sifatiy xususiyatlarining almashinuviga sabab bo’ladi. Aynan ana shu sifatiy o’zgarish taraqqiyotning birinchi xu-susiyati deb ataladi. Shu nuqtai nazardan fikrlaganda, taraqqiyot - o’zga-rishning o’ziga xos tipidir.
2.Taraqqiyot sistemasidagi takrorlanmas, qaytarilmas o’zgarishlar bilan bog’liq. Taraqqiyot narsadagi birgina sifatiy o’zgarish bilan harak-terlanmaydi. Sifatiy o’zgarishlarning bir nechtasi, boz ustiga, ushbu o’zga-rishlar o’rtasidagi bog’liqlikkina rivojlanish sifatida tan olinishi mum-kin. Sifatiy o’zgarishlar zanjiri esa takrorlanmas, ortga qaytmas xarakterga ega. «Takrorlanmaslik», «qaytaril-maslik» tushunchasining mazmunini to’liq ilg’ab olish uchun uning antipodiga murojaat qilish kerak: takror-lanuvchanlik deganda narsadagi bir sifatiy holatning vaqt o’tishi bilan yana tiklanishi anglanadi. Takrorlanuvchanlik doira shaklidagi, takrorlan-maslik esa spiral shaklidagi sifatiy o’zgarishlardir.
3.Taraqqiyot ma‘lum yo’nalishga ega bo’lgan sifatiy o’zgarishlar bilan bog’liq. Sistemada sodir bo’lgan har qanday yangi sifatiy o’zgarish uning taraqqiy etayotganidan dalolat bermaydi. Yangi sifatiy holat eskisi bilan aloqador bo’lganida, eski va yangi sifatiy holatlar o’rtasida ma‘lum vo-risiylik bo’lgani-dagina taraqqiyot haqida gapirish mumkin. Binobarin, taraqqiyot bir yo’nalishdagi sifatiy o’zgarishlarni qamrab olish mumkin.
Tilga olingan uch xususiyat «taraqqiyot» kategoriyasiga ta‘rif berish imko-nini beradi. Shunday qilib, taraqqiyot - sistemadagi takrorlanmas, ma‘lum yo’nalishga ega bo’lgan sifatiy o’zgarishlardir.
Ushbu ta‘rifga yana bir qo’shimcha qilish maqsadga muvofiq. Gap shun-daki, sistemada yuzaga kelgan yangi sifatiy holat hamma vaqt ham av-valgisidan yaxshiroq bo’lavermaydi. Taraqqiyot bir holatda sistemadagi ele-mentlar miqdorining oshishiga, tarkibining mukammallashishiga olib kelsa, ikkinchi holatda sistemadagi elementlarning kamayishiga, tarkib-ning zaiflashuviga sabab bo’lishi mumkin. Taraqqiyotning birinchi, ijobiy tipini progress, ikkinchi, salbiy tipini regress deb ataladi. Progress va regress, aftidan, umumsistemaviy xarakterga ega emas: sistemadagi ayrim sifatiy o’zgarishlar progressiv xarakterga, boshqalari esa regressiv xarakterga ega bo’lishi mumkin. Progress va regress dialektik aloqadordir.
v) dialektik ziddiyat qonuni
Taraqqiyot jarayoni o’z qonunlariga (qonun - sistemadagi ichki, muhim, zaruriy va takrorlanuvchan aloqalarni ifodalovchi tushuncha) va qonuniyatiga (qonuniyat - sistemalarning ma‘lum qonunlarga asosan rivojlanishini ifo-dalovchi tushuncha) ega.
Xo’sh, sistema (narsa, hodisa, jarayon) qanday va nimaning evaziga ri-vojlanadi? Bu savolga javob berish uchun «xossa» tushunchasining maz-munini bilmoq zarur. Xossa - sistemaning o’ziga xos xususiyatlarini, belgi-larini ifodalaydi. Har qanday narsa, hodisa, jarayon turli xossalar yi-g’indisidir. Masalan, insonning bo’yi, og’irligi, terisining rangidan tor-tib ijtimoiy fazilatlariga qadar barcha-barchasi uning xossasi sifatida baholanishi mumkin.
E‘tiborli joyi shundaki, bir narsada bir vaqtning o’zida bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan xossalar jamlanadi. Masalan, «ostki qism – ustki qism», «chap tomon – o’ng tomon», «ho’l - quruq» va hokazo. Kengroq fikrlaganda, narsada biror bir xossa yo’qki, ayni vaqtda unga qarama-qarshi bo’lgan boshqa xossa topilmasa. Ushbu qarama-qarshiliklar hamisha birga va hamisha bir-biriga o’tib turadi. Biroq ularning barchasi ham dialektik qarama-qarshiliklar, ya‘ni taraqqiyotga xizmat qiladigan qarama-qarshilik-lar bo’lavermaydi. Narsaning sifatiy o’zgarishiga olib keladigan qarama-qarshiliklargina dialektik xarakterga egadir. Bunday qarama-qarshiliklar turkumiga «miqdor-sifat», «shakl-mazmun», «butun-bo’lak», «sabab-oqibat» va hakazolar kiritilishi mumkin.
Lekin dialektik qarama-qarshiliklar mavjudligining o’ziyoq narsa-ning rivojlanishiga olib kelavermaydi. Narsa, hodisa, jarayon taraqqiy etishi uchun mazkur dialektik qarama-qarshiliklar o’zaro sig’ishmaydigan, ya‘ni ziddiyat holatiga kelishi darkor. Ushbu jarayonni «garmoniya-disgarmo-niya-konflikt» tarzida tasvirlash mumkin. Fikrimizga misol keltiraylik. Sistema sifatida o’simliklar dunyosi haqidagi bilimlarni olamiz. Bu dunyo turli xossalardan iboratligini aytib o’tishga hojat yo’q. Ana shunday xossalar bizning ma‘lum bilimlarimiz sistemasida o’z ifodasini topgan. Masalan, K.Linney XVIII asrda ifodalab bergan g’oyaga ko’ra, o’simlik tur-lari o’zgarmasdir. Biroq paleontologik ma‘lumotlar o’simlik shaklining o’zgaruvchanligidan dalolat beradi. Natijada ziddiyatli holat yuzaga kel-diki, bu holat Ch.Darvinning «tabiiy tanlov nazariyasi» kashf etilishi bilan intiho topdi. Biz keltirgan misolda sistemaning (o’simliklar dun-yosi haqidagi bilimlar) ikki xossasi ( a)o’simliklar shakli o’zgarmasligi ha-qidagi g’oya, b) o’simliklar shaklining o’zgaruvchanligi to’g’risidagi ma‘lumot) uning taraqqiy topishiga (yangi nazariya bilan boyitishga) sabab bo’lgani yaq-qol ko’rinib turibdi.
Boshqa misol keltiramiz. Sistema sifatida ishlab chiqarishni olamiz. Uning ikki dialektik qarama-qarshi xossasi mavjud:
a) mahsulot tayyorlash;
b) mehnatni tashkil qilish.
Ma‘lum paytga qadar ushbu xossalar o’rtasida garmoniya (uyg’unlik) mavjud bo’ladi. Biroq jamiyatda mahsulotga bo’lgan ehtiyojning o’zgarishi mahsulot tayyorlash texnologiyasini yangilashni taqozo etadi. Bu texnologiya-ning o’zgarishi bilan xossalar orasidagi uyg’unlik buzilib, ziddiyatli holat vujudga keladi. Mehnatni tashkil qilish metodikasining o’zgartirilishi esa ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi misollardan dialektik ziddiyat (dialektik qarama-qarshi-liklarning o’zaro sig’ishmaydigan holatga kelishi) jarayoni faqat gnose-ologiya yoxud ijtimoiy hayotga xos ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Ush-bu jarayon borliqning barcha shakllariga taalluqlidir. Atomning sistema sifatidagi taraqqiyoti ham ikki qarama-qarshi xossaning – musbat zaryadli yadro bilan manfiy zaryadli elektron birligi va «kurashiga» bog’liqdir. Shuning uchun ham dialektik ziddiyat qonunini universal qonunlar turku-miga kiritadilar.
Dialektik ziddiyatni hodisalarning zohiriy, yuzaki qismidan izla-maslik kerak. U sistemalarning asl mohiyatida yashirilgan bo’ladi. Tashqi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar mohiyatdan o’rin olgan dialektik ziddi-yatning ifodasidir, xolos. (Dialektik ziddiyat qonuni kashfiyotchisi G. Ge-gel ushbu qonunni «Mantiq ilmi» nomli kitobining «Mohiyat» bobida tahlil qilgani ham bejiz emas). Shu bois taraqqiyotga eltadigan tub dialek-tik ziddiyatlarni ilg’ab olish uchun nazariy-falsafiy fikrlashning oliy darajasiga ko’tarilish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, taraqqiyotning birinchi - dialektik ziddiyat qonuni qu-yidagicha ta‘riflanadi: narsa, hodisa yoki jarayonda mavjud bo’lgan dialek-tik qarama-qarshiliklar yaxlit birlikni tashkil etadilar, ular o’rtasida dialektik ziddiyat holatining yuzaga kelishi esa sistemaning taraqqiy etishiga olib keladi.
g) miqdorning sifatga o’tish qonuni
Biz naryysa, hodisa yohud jarayonning turli xossalar yig’indisidan iboratligini ta‘kidlab o’tdik. Endi ushbu xossalarning narsa borlig’i nuq-tai nazaridan muhimligi yoki muhim emasligi darajasiga e‘tiborni qara-taylik. Shunday xossalar borki, ularning mavjudligi, o’zgarishi yoki yo’-qotilishi narsa borlig’iga ta‘sir qilmaydi. Masalan, inson ovozining o’zga-rishi yoki yo’qolishi uning inson sifatida o’z faoliyatini to’xtatganligidan dalolat bermaydi. Ayni paytda, shunday xossalar borki, ularning o’zgarishi va yo’qolishi narsaning «o’lishi»ga, boshqa narsaga aylanishiga sabab bo’ladi. Misol sifatida inson axloqini yoxud xotirasini olaylik: axloq yoki xotiraning yo’qolishi - insoniylikning yo’qolishidir.
Birinchi turkumdagi xossalarni falsafada muhim bo’lmagan xossalar deb, ikkinchi turkumdagi xossalarni esa muhim xossalar yohud atributlar deb ataladi. Narsani narsa sifatida mavjud qilib turgan, uni yaxlit sis-tema tarzida xarakterlaydigan ana shu atributlar yig’indisiga sifat deyi-ladi.
Masalaning boshqa jihati ham mavjud. Narsadagi har qanday xossani o’lchash yoki turli raqamlarda ifodalash mumkin. Bunda har bir xossaning o’z o’lchov birligi mavjud. Aytaylik, narsaning bo’yi, eni, uzunligini metr-larda, og’irligini kilogrammlarda va h.k. hisoblash, o’lchash mumkin. Narsa xossalarining o’lchov birliklaridagi, raqamlardagi ifodasini miqdor deb ataymiz.
Sistemaning miqdori va sifati dialektik aloqadordir. Har qanday sifat miqdoriy xarakteristikalarda ifodalanishi mumkin. Miqdor esa si-fatning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Aynan shu holatga qadimgi dunyo fayla-suflariyoq e‘tibor bergan edilar. Avvalboshda sezilarli bo’lmagan kichik o’z-garishlar yig’ila-yig’ila katta o’zgarishlarga olib keladi. Inson boshidagi soch miqdorining kamayib borishi ancha vaqtgacha mutlaqo sezilmaydi, biroq ertami-kechmi uning kal bo’lib qolganini aniqlashadi. Qizig’i shundaki, nar-saning bir sifatiy holatdan boshqa sifatiy holatga o’tishi chegarasini aniqlash (masalan, odamning kal bo’lgan kunini) bag’oyat mushkul.
«Me‘yor» va «sakrash» tushunchalarining kashf etilishi ushbu mushku-lotni ham oydinlashtirdi. Gap shundaki, miqdor va sifat bir-birini taqozo etadigan, ayni paytda dialektik qarama-qarshi bo’lgan xususiyatlardir. Ularning o’zgarishi ma‘lum davr (vaqt intervali) davomida narsa sifatiy holatiga ta‘sir qilmaydi. Ana shu intervalni me‘yor deymiz. Boshqacha ayta-digan bo’lsak, me‘yor - miqdor va sifatning narsa sifatiy holatiga ta‘sir ko’rsatmaydigan dialektik birligi davri, intervalidir. Shu interval tuga-gach, narsa bir sifatiy holatdan boshqasiga o’tadi. Sistemaning ma‘lum bir sifatiy holatdan o’zga sifatiy holatga o’tishi chegarasini sakrash deymiz.
Aksariyat hollarda «me‘yor» va «sakrash» tushunchalarining mazmuni noto’g’ri talqin etiladi. Masalan, kundalik hayotda «me‘yordan oshib ketdi» degan iborani ishlatamiz va bunda «me‘yor» deganda ma‘lum chegarani nazarda tutamiz. Aslida bunday emas. Fikrimizni isbotlash uchun bir misol keltir-sak. Agar snaryadni yerdan ikki kilometr balandlikka sekundiga 1000-7909 metr tezlik bilan otsak, u yerga qaytib tushadi. Tezlik sekundiga 7910-11188 metrni tashkil etsa, odatiy parvoz kosmik parvozga aylanadi. Nihoyat, tez-lik 11189-16662 m|s bo’lganda sayyoralararo parvozning guvohi bo’lamiz. Ushbu misolda uch me‘yor mavjud:
Sxema 8





Me‘yor

Miqdor



Sifat

1.

Me‘yor 1

1000-7909 м|с

Sayyoraviy parvoz



2.

Me‘yor 2

7910-11188 м|с

Kosmik parvoz



3.

Me‘yor 3

11189-16662 м|с

Sayyoralararo parvoz



Har bir me‘yor davomida narsaning bir sifatiy holati (sayyoraviy parvoz, kosmik parvoz, sayyoralararo parvoz) saqlanib turadi. Bir me‘yordan ikkinchisiga o’tish chegarasi (masalan tezlikning 7909 m|s dan 7910 m|s ga –sayyoraviy parvozning kosmik parvozga o’tishi) sakrash hisoblanadi.


Shunday qilib, miqdorning sifatga o’tish qonuni quyidagicha izoh-lanadi: narsaning miqdori ma‘lum me‘yor davomida sifatga ta‘sir o’tkaz-maydi, lekin me‘yordan o’tganidan so’ng har qanday miqdoriy o’zgarish sifatiy o’zgarishga olib keladi.
a) dialektik sintez qonuni
Taraqqiyot bir sifatiy holatning boshqasi bilan almashinishi jarayo-ni ekanligini aytib o’tdik. Biroq narsadagi sifatiy holatlarning stixiya-li tarzda o’zgarib borishi taraqqiyotga eltmaydi. Bunda ham qandaydir qonu-niyat bo’lishi kerak.
Hamma gap shundaki, narsaning yangi sifatiy holati avvalgi holatga xos bo’lgan sifatlarning ayrimlarini saqlab qoladi. Shu tarzda narsa o’zga-rishida vorisiylik mavjud bo’ladi. G. Gegel bu jarayonni «tezis – antite-zis – sintez» tarzida aks ettiradi. Mutaffakkirning fikricha, g’oyaning ri-vojlanishi ( G.Gegel dialektikasi idealistik xarakterga ega bo’lganini unutmaslik lozim) quyidagcha kechadi: tezis - mulohaza zanjiridagi ilk fikrdir; biroq keingi mulohazalar ushbu fikrni inkor etuvchi yangi fikr-ning (antitezisning) tug’ilishiga olib keladi. Antitezisning yuzaga kelishi so’nggi instantsiyadagi haqiqat tug’ildi, degani emas. Mulohazalarning ke-yingi bosqichida tezis va antitezisdagi eng umumiy, qimmatli, e‘tiborli fikrlar sintez qilinadi.
Materialistik dialektika tarafdorlari G.Gegel triadasini mate-riyaga nisbatan qo’llaydilar. Ularning fikricha, materiya ma‘lum muddat o’z xossalarini saqlab turadi. So’ngra destruktsiya (avvalgi xossalarning yo’qo-lishi) jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning ikkinchi bosqichida kumulyatsiya (xossalarning qisman saqlab qolinishi) sodir bo’ladi. Nihoyat, konstruktsiya (yangining shakllanishi) jarayonida eng e‘tiborli eski xossalar yangilari bilan uyg’unlashadi.
Sxema 8 ga qaytaylik. Me‘yor 1 davomida narsa ma‘lum xossalarga va tarkibga ega bo’ladi. Me‘yor 2 da sistema (narsa) taraqqiyotiga xalal berayotgan xossalar va tarkib buziladi. Biroq rivojlana borar ekan, sistema Me‘yor 2 davomida inson etilgan Me‘yor 1 xossalari va tarkibiga ehtiyoj seza boshlaydi. Shu boisdan Me‘yor 3 da Me‘yor 1 va Me‘yor 2 davomida mavjud bo’lgan ayrim (eng ahamiyatdi) xossa hamda tarkiblar uyg’unlashtiriladi (sintez qilinadi). Bu mantiqiy izchillik taraqqiyotning uchinchi qonuniyati sanaladi.
Misol keltiramiz. Rossiyada Oktyabr inqilobiga qadar iqtisodiyot mulkchilikning turli shakllariga tayanar edi (Me‘yor 1). Biroq inqilob tufayli davlat tepasiga kelgan kommunistlarning siyosati o’laroq, iqtiso-diyotda jamoatchilik mulki ustuvorligi ta‘minlandi (Me‘yor 2). Biroq XX asr 20-yillarining o’rtalariga kelib, ijtimoiy taraqqiyotning o’zi yangi iqtisodiy siyosatga o’tishni taqazo etdi (Me‘yor 3). Bu bosqich avvalgi ikki bosqichlarda mavjud bo’lgan eng e‘tiborli xossa va tarkiblarni sintez qilgandi: bu davrda ishlab chiqarish vositalariga jamoatchilik mulkining ustuvorligini saqlagan holda mulkchilik plyuralizmi joriy etildi.
Ammo ushbu qonun taraqqiyotning avvalgi ikki qonuni kabi umumiy xa-rakterga ega emas. Birinchidan, dialektik sintez qonunini faqat progressiv taraqqiyotga nisbatangina qo’llash mumkin (chunki regressiv taraqqiyot ahami-yatli xossa va tarkiblarni voris qilib olishga asoslanmagan). Ikkinchidan, progressiv taraqqiyotning barcha tarmoqlarida ham ushbu qonun namoyon bo’lavermaydi. Shu bois bu qonunga konkret yondashuv talab qilinadi.
* * *
Yuqoridagi mulohazalarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1. Taraqqiyot haqidagi g’oyalar uzoq davom etgan falsafiy tafakkur mah-sulidir.
2. Taraqqiyotning yaxlit kontseptsiyasini ilk bor G.Gegel ishlab chiq-qan. Uning mulohazalari asosida o’nlab zamonaviy taraqqiyot kontseptsiyalari shakllandi. Ushbu kontseptsiyalardagi eng ahamiyatli fikrlar sintezi taraq-qiyot to’g’risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
3. Taraqqiyot - sistemadagi takrorlanmas, ma‘lum yo’nalishga ega bo’l-gan sifatiy o’zgarishlardir.
4. Taraqqiyotning uch asosiy qonuni mavjud:
a) dialektik ziddiyat qonuni;
b) miqdorning sifatga o’tishi qonuni;
v) dialektik sintez qonuni.
5. Fan va texnika taraqqiyoti rivojlanishning yangi umumiy qonun-larining kashf etilishiga olib kelishi mumkin.
Adabiyotlar:

  1. Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2005, 160-193-betlar.

  2. Filosofiya. Pod red. V. P. Koxanovskogo. Rostov-na- Donu, 1999, s. 146-161.

  3. Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999, 199-209-betlar.

  4. Spirkin A. G. Filosofiya. Moskva, 1998, s. 293-308.

  5. Alekseev P. V., Panin A. Filosofiya. Moskva, 1997, s. 380-401.

  6. To’lenov J. T, G’afurov Z. G’. Falsafa. Toshkent, 1997, 222-225-betlar.

Yüklə 122,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə