|
![](/i/favi32.png) Dinshunoslik ma'ruza docdinshunoslikA N I M I Z M
- (lotincha – animus – jon, ruh demakdir). qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining
mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor,
tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning
shakllanishida ma'lum rol o'ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai bo'lgan
jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi.
Masalan, Shimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa
nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish,
predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o'rganish, jon va ruhlarning tirik odamlar singari qobiliyatga
ega degan fikrlar paydo bo'lishi munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o'lmasligi haqidagi
tasavvur paydo bo'lgan. Chunki qadimgi odamlar o'z tanalarining to'zilishi to'g'risida to'liq bir tushunchaga
ega bo'lmay, hattoki uyqu va tush ko'rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. Shundan sung ibtidoiy
odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo'lib, odam o'lgandan so'ng u kuch, ya'ni
jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bulgan. Shuning uchun ular o'zlari bilan bir qatorda hayvon,
o'simliq hatto mehnat qurollari, keyinchaliq suv, o'rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan
tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizi deb ataydilar.
Jon va ruhlarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo'lib,
xudo eng oliy ruh xisoblanadi. Farishta, shayton kabilar haqidagi tasavvurlar o'z mohiyatiga ko'ra
murakkablashtirilgan animizmdir. Odam o'lgandan so'ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur
chuqurlasha borgan. Demaq odam o'lganda jon chiqib ketib, yashay berar ekan, uning o'zi abadiy yashaydi
degan tushuncha paydo bo'lgan. Abadiy ruh to'g'risidagi tasavvur ana shu yo'sinda shakllangan. Ruhlarga
ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.
O'zbeklarda arvohlar hahidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq
ё
qish,
qabrstonlarga borib Qur'on suralaridan o'qish animizmga bo'lgan e'tiqodning shaklidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|