Dinshunoslik


Xristianlikning muqaddas kitobi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə24/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
Dinshunoslik maruza

Xristianlikning muqaddas kitobi.
Xristianlik dinining ta’limoti «Bibliya» da bayon etilgan. «Bibliya» kitoblar demakdir. U yaxudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya o‘z ichiga Tavrot, Zabur va Injilni olgan, Eski axd (Eski vasiyat) va Yangi ahd (Yangi vasiyat) deb nomlanuvchi ikki qismdan iborat ilohiy kitobdir. Tavrot va Zabur Bibliyaning Eski ahd qismiga kiritilgan bo‘lib, u yaxudiylar va nasroniylar uchun birday ilohiy muqaddas kitob sanaladi. Bibliyaning xristianlik bilan bog‘liq ikkinchi qismi Yangi ahd deb yuritilib, unga Injil kiritilgan. Yaxudiylar Injilni tan olmaydilar va muqaddas hisoblamaydilar. «Ahd» so‘zi Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini, ahdlashuvini ifodalaydi. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, Bibliya – Xudoning kalomi, barcha insonlarga yo‘llangan, dunyo va odamzodning paydo bo‘lishi va «oxirat» sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi – yagona Xudoning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. Bibliya miloddan avvalgi 8-asr va milodiy 2-asrlar oralig‘ida oromiy va yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyib ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan.
Bibliya eng qadimiy adabiy yodgorliklardan biri bo‘lib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliyada, bir yoqdan, odamzotning gunohkor bo‘lib tug‘ilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi, Xudo tomonidan rad etilishi to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchi yoqdan, Xudoning gunohkor insonni qutqarish uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yo‘lini ochgan Iso Masix to‘g‘risida to‘laqonli xabar beriladi.
Ja’mi qadimiy yaxudiy tilida 66, lotin tilida 70 kitob (bo‘lim)ni o‘z ichiga olgan Bibliya XIII asrda kardinal Stefan Lengton tomonidan xozirgi ko‘rinishga keltirilgan.
Bibliyaning Yangi ahd deb ataluvchi qismi Injil 27 kitob (bo‘lim) chadan iborat bo‘lib, unda Iso Masixning dunyoga kelishi, yashashi, o‘lib keyin tirilishi va ta’limoti bayon qilingan. Injilni Iso Masixning 12 shogirdi va safdoshi apostollar ya’ni xavoriylar payg‘ambar o‘limidan keyin 1-2 asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Matto, Luka, Mark va Yuxanno kabi aposto(xavoriy)lar yozgan 4ta Injil kitobi: Yevangeliya (xushxabar), havoriylarning amallari, 21 risolasi va Ioann «Vahiynoma» si milodiy 313 yilda Papa Buyuk Konstantinning buyrug‘iga muvofiq qabul qilingan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə