Dinshunoslik


VIJDON ERKINLIGI TO‘G‘RISIDAGI HUJJATLAR VA ULARNING MAZMUNI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə66/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Dinshunoslik maruza

VIJDON ERKINLIGI TO‘G‘RISIDAGI HUJJATLAR VA ULARNING MAZMUNI.



Birlashgan millatlar tashkilotining 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan. «Inson xuquqlari umumiy deklaratsiyasi».

Мазмуни:
Ҳар бир инсон эркин фикрлаш, виждон ва дин эркинлиги ҳуқуқига эга.





Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 31-моддаси.

Ҳамма учун виждон эркинлиги кафолатланади. Ҳар бир инсон хоҳлаган динга эътиқод қилиш ёки ҳеч қайси динга эътиқод қилмаслик ҳуқуқига эга. Диний қарашларни мажбуран сингдиришга йўл қўйилмайди.





Ўзбекистон Республикаси биринчи чақириқ Олий Мажлисининг ўн биринчи сессиясида 1998 йил 1 майда «Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида» қабул қилинган янги таҳрирдаги қонун.

Қонунга мувофиқ фуқароларнинг динга муносабатидан қатъи назар тенг хуқуқлилиги; Динларнинг ва диний ташкилотларнинг давлатдан; Мактабни диндан ва диний ташкилотлардан ажратилганлиги; Диний таълимни амалга ошириш ва бошқа масалалар ўз ифодасини топган.





  1. Masala bayoni Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so’zi asli lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.

Turli lug’atlar va manbalarda missionerlikka ko’plab ta’riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so’z asosan xristian dini bilan bog’lanadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book» (“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o’z diniga targ’ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,- degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskvada nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati»,- degan ta’rif keltirilgan.61
Umuman olganda, turli lug’atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga juda yaqin va o’xshash bo’lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishni anglatadi.
Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to’g’ridan-to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o’z mohiyatiga ko’ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Missionerlik o’ziga xos va uzoq tarixga ega. Dastlab muayyan darajada ijobiy ko’rinishga ega bo’lgan missionerlik islom va xristian dini rivojlangan davlatlar o’rtasida o’zaro savdo hamda madaniy munosabatlar orqali bir-biriga ta’sir etishiga sabab bo’ldi. O’zga xalqlar erishgan yutuqlarning kirib kelishi, mahalliy madaniyatlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Fan, texnika va texnologiya yutuqlarining jadal kirib kelishida ham missionerlarning ishtiroki katta. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga, xalqlarning turmush darajasining ortishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Biroq bugungi kunda missionerlikdan g’arazli maqsadlarda foydalanish ham keng tus olgan. Missionerlik e’tiqodni o’zgartirishdan tashqari shaxsiy boylik orttirish, geosiyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun ham vositachilik qilmoqda. Missionerlik harakatlarining kuchayishi bilan, ayniqsa, zamonaviy telekommunikatsiya, kompyuter, internet tarmog’i orqali biron bir hududga xos ma’naviy qadriyatlarni o’zga xalqlarga singdirish, insonlarning ongi va qalbini zabt etish yo’li bilan jahonda ma’naviy hukmronlikni o’rnatishga urinish hollari ham kuzatilmoqda.
Afsuski, missionerlikning salbiy ta’sirlari kuchayib bormoqda. SHunga qaramasdan ayrim mamlakatlargina bunday illatning oldini olishga harakat qilib, boshqalari esa aksincha, missionerlik faoliyatiga qonun bilan ruxsat berib qo’yishgan. Masalan, Armaniston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunida (8-modda) prozelitizmning ta’qiqlanganligi ko’rsatilgan bo’lsa, Ukraina va Belorussiyaning bu boradagi qonunchiligida “missionerlik jamiyatlari” faoliyatiga diniy tashkilot sifatida rasman ruxsat etilgan62.
Missionerlik dastlab buddizmda mil. avv. 3–asrdan boshlangan bo’lsa-da, haqiqatdan ham, o’z tarixiy taraqqiyotida u ko’proq xristian dini doirasida namoyon bo’ldi. Ma’lumki, xristian dinida missionerlik 4-asrdan boshlab paydo bo’lgan. 13-14 asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlar Ispaniya va Portugaliyada mustamlaka imperiyalari tashkil topgach (15-16 asrlar), o’z faoliyatini kuchaytirdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. XX asrga kelib, o’z holicha missionerlik bilan shug’ullangan tashkilotlarni birlashtirish yo’lida harakatlar boshlandi va ilk xalqaro protestant missionerlik tuzilmalari shakllantirildi. Birinchi butunjahon protestant missionerlari konferentsiyasi 1910 yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida bo’lib o’tgan edi. Keyinroq esa «Xalqaro missiyalar kengashi» tuzildi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug’ullanadi. Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko’ngilli homiylarni topishda missionerlik bazalarining ahamiyati katta. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ’ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishiga shubha qilmasa ham bo’ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə