Dinshunoslik


Mustaqillik: dinga va diniy tashkilotlarga munosabatning o‘zgarishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə65/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#125498
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Dinshunoslik maruza

Mustaqillik: dinga va diniy tashkilotlarga munosabatning o‘zgarishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat tubdan o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarning mohiyatini va ahamiyatini teran anglab yetmoq uchun sobiq Sho‘ro davrida dinga va diniy qadriyatlarga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatni bilish bizni o‘ylash va fikr yuritishga, mustaqillikning qadrini anglashga yo‘llaydi.
Sobiq Sho‘ro davrida «Din xalq uchun afyundir», «Din ma’naviy og‘uning bir turidir» degan g‘oya asosida dinga ateistik yondoshuv shakllangan edi. Bu esa amalda fuqarolarning vijdon erkinligini kamsitish, diniy qadriyatlarga nisbatan ma’lum ma’noda salbiy munosabatning shakllanishiga olib kelgan edi. Kommunistik mafkuraning yalovbardorlari deyarli 70 yil mobaynida daxriylikka asoslangan jamiyatni qurishga harakat qildilar. Oqibatda halqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan diniy ruhdagi kitoblar xalq ko‘zidan yashirildi, ko‘plari yo‘qotildi. Din ravnaqi yo‘lida zahmat chekkan al-Buxoriy, at-Termiziy, Baxouddin Naqshband, Motrudiy, Zamaxshariy kabi o‘nlab buyuk bobokolonlarimiz yaratgan islom madaniyati reaksion madaniyat deb qoralandi.
Diniy-ma’muriy obidalar, ulug‘ allomalar mangu uyquga ketgan maqbaralar qarovsiz, tashlandiq holga kelib qoldi. Bunga istagancha misol topiladi.
Mustaqillik tufayli O‘zbekiston fuqarolari uchun tom ma’nodagi vijdon erkinligi ta’minlandi.
Milliy va diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi va tiklanmoqda. Jumladan Ramazon va Qurbon xayitlari har yili ommaviy ravishda, emin-erkin bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Diniy-ma’rifiy soxada Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Imom at-Termiziy, Baxouddin Naqshband, Burxoniddin Marg‘inoniy kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning yubileylari o‘tkazildi.
Mustaqillik tufayli respublikamiz fuqarolari Haj safariga borish, muqaddas qadamjohlarni ziyorat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Agar o‘tmishda sobiq Sho‘ro bo‘yicha har yili 25-30 kishi hajga borgan bo‘lsa, 1991 yilda O‘zbekistondan 1500 kishi, 2003 yilda 3800 nafar kishi Haj ibodatini bajarish imkoniga ega bo‘ldi. Mustaqillikning o‘tgan o‘n uch yili davomida ja’mi 48000 dan ortiq yurtimiz fuqarolari Haj va Umra kabi diniy farzini ado qilish imkoniga ega bo‘ldilar59.
Mustaqillik yillari diniy tashkilotlarning ham soni ortdi. Agar XX asrning 90 yillarida respublikamizda 119 ta diniy tashkilot mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2003 yilga kelib ularning soni 2091 taga yetdi. Mustaqilligimizga qadar bor yo‘g‘i 2 ta diniy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, xozirda ularning soni 16 taga yetdi. Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutini 1975-1990 yillar orasida 153 kishi, Mir Arab madrasasini 1950-1990 yillarda 272 kishi bitirgan bo‘lsa, 1991-2003 yillar orasida ularni 4732 kishi bitirib chiqdi. Bu imomlarning diniy ma’lumot darajasi keskin oshganligini ko‘rsatadi. Mustaqillik yillari o‘rta maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lgan imomlar ulushi 2,6 foizdan 47 foizga, oliy diniy ma’lumotga ega bo‘lganlarning ulushi 1,6 dan 23 foizga o‘sdi.
O‘tgan yillar davomida xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan noyob manbalarni tizimli o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Ularning natijasi o‘laroq Imom Buxoriyning xadislar to‘plami 4 jildda, Burxoniddin Marg‘inoniyning «Al-Hidoya»si, Imom at-Termiziyning «Sunan at-Termiziy» asarlari o‘zbek tilida ilk bor nashr etildi. Muqaddas Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi 2 marotaba nashr etildi.
Buyuk diniy ulamo va mutafakkirlarning yubileylari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda, maqbaralari ta’mirlanib xalqimizning ziyoratgohiga aylantirilmoqda. Chunonchi 1993 yilda Baxouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi; 1995 yilda Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi; 1998 yilda Imom Buxoriyning 1225 yillik; 2000 yilda Imom Motrudiyning 1130 yilligi va Burxoniddin Marg‘inoniyning 910 yilligi; 2001 yilda «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi; 2003 yilda Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileylari nishonlangan bo‘lsa, 2004 yilda Xoja Axror Valiy tavalludining 600 yilliklari nishonlanadi. Mana shularning hammasi mustaqillik yillari O‘zbekistonda vijdon erkinligi, din, diniy tashkilotlar va dindorlarga nisbatan davlat siyosatida tub o‘zgarishlar bo‘lganligini isbotlovchi dalillardir.
Mustaqillik yillari dinning jamiyatdagi mavqei tiklandi, barcha diniy uyushmalarga, mazhab va jamoalarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat imkoniyati yaratildi.
O‘zbekiston ko‘pmillatli, ko‘p konfessiyali davlatdir. Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashab, ular turli dinlarga e’tiqod qiladilar. Bunday sharoitda diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qolayotganligi tabiiy xoldir.
«Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi»60.
Azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Tariximizning eng murakkab, og‘ir damlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda majoro va ziddiyatlar bo‘lmagan. Xozirda Vatanimizda turli dinlar va din vakillari o‘rtasida umumbashariy qadriyatlar asosida birodarlikni mustahkamlashga muhim ahamiyat berilmoqda. Bunda respublikamizda mavjud bo‘lgan 16 ta diniy konfessiya birlashmalari faoliyati katta ahamiyat kasb etayotir. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma sharoitlar yaratilgan.
Bu boradagi xuquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasining amaldagi tasdig‘ini 1995 yilda musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» mavzuidagi xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi; shuningdek Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi hamda Yevangel – Lyuteran jamoasining 100 yilligi nishonlanganligida; hamda 1998 yildan Toshkent Pravoslav diniy seminariyasi, Samarqand Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatib kelayotganligida ko‘rishimiz mumkin.




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə