Toshkent moliya instituti andijon fakulteti



Yüklə 84,53 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü84,53 Kb.
#129595
növüReferat
Mo’ydinov falsafa


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

ANDIJON FAKULTETI
Soliq va soliqqa tortish” yo’nalishi
I bosqich SSST-70-22-guruh talabasi
Mo’ydinov Murodxonning
Falsafa” fanidan tayyorlagan mustaqil ish


REFERATI

Bajardi: M. Mo’ydinov
Tekshirdi: T.Abdullayev
Oltinko’l – 2023
Alisher Navoiy ijodida gumanizm g`oyalari

Reja:


  1. Kirish

  2. Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad

  3. Shoirning diniy va falsafiy asarlari

  4. Abdurahmon Jomiy ijodida gumanizm g`oyalari

  5. Alisher Novoiy

  6. Alisher Novoiy ijodida gumanizm g`oyalari

  7. Xulosa.

  8. Foydalanalingan adabiyotlar ro’yxati.

Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (7-noyabr 1414-yil, Jom — 9-noyabr 1492-yil, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqs hbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi „Dilkash“ (Navoiy maʼlumotiga koʻra, „Nizomiya“) madrasasiga kirib, oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlida tahsil olgan. Shu davrdayoq u arab tilini mukammal oʻrgana boshlagan. Keyinroq Jomiy oʻz bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulugʻbek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays qabilardan taʼlim oladi. Bu yillarda u til va adabiyotnigina emas, riyoziyot, falakiyot, falsafa, huquqshunoslik fanlari, din asoslari, hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur oʻrganadi, olimlarning turli mavzulardagi munozara va mubohasalarida qatnashib, yetuk olimligi bilan tanila boshlaydi. Jomiy Hirotga qaytgach, tasavvuf yoʻliga kirishni, oʻz bilim va faoliyatini shu yoʻlga, qolaversa, ijodga, ilm-fanga bagʻishlashni afzal koʻradi. U oʻziga pir qilib Shayx Saʼdiddin Koshgʻariy tanlaydi, Hirotning jome masjidida uning suhbatlarini tinglaydi. Saʼdiddin Koshgʻariy tasavvufda Muhammad Naqshband sulukiga mansub edi. Jomiy mashhur sufiylar bilan yaqindan muloqotda boʻladi. Muhyiddin ibn al-Arabiyning asarlarini chuqur mutolaa qiladi. Oʻzining mutasavviflik faoliyatida Bahouddin Naqshband gʻoyalarini shu sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi — Xoʻja Ahror bilan yaqin munosabatda boʻlgan holda yanada rivojlantirdi. Rasman oʻzini kundalik „Malomatiya“ tariqatiga mansub deb xisoblasada, asarlarida Naqshbandga ixlosi baland boʻlgan.


Jomiy Xurosonda temuriylardan Shohrux, Abulqosim Bobur, Abu Said va Husayn Boyqaro podshoxligi davrida yashadi. Xurosonda Hirot taxtiga temuriy Sulton Husayn Boyqaro oʻtirgandan soʻng Jomiyning mamlakatdagi mavqei juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning koʻp avlodlari oʻzlarini unga murid, deb eʼlon qilganlar.

Shoirning diniy va falsafiy asarlari


Jomiy asarlarining bir qismi diniy va falsafiy mazmunga ega bulib, ularda shoir islom dini va sharq falsafasining bir qator masalalarini oʻz qarashicha talqin etadi, tasavvufning 15-asrdagi yirik arbobi sifatida uz fikr-muloxazalarini bayon etadi. Bunga uning Naqshi fusus („Maʼnolar naqshi“), Shavohidi nubuvva („Paygʻambarlikka dalillar“), [["Sharhi qasidayi „Toiya ("Radifda „to“ harfidan foydalanib yozilgan qasida sharhi"), Naqdi nusus („Matnni tanqid“), "Sharhi qasidayi „Hamriya („Hamriya“ qasidasi sharhi"), Naqshbandiya taʼlimoti haqida risola, Vohid“ atamasi haqida risola", Zikr“ shartlari haqida risola"]], Haj qilish yoʻllari haqida risola kabi bir qancha asarlarini shu guruhga kiritish mumkin. Jomiy falsafasining asosini tasavvufiy gʻoyalar tashkil etadi. Uning tasavvurida Xudo jonli mavjudot boʻlmay, yorugʻ nur koʻrinishiga ega. Hamma narsani yaratgan yagona Xudo goʻzal maʼshuqaga oʻxshagan boʻlib, minglarcha oynada turli qiyofada va koʻrinishda namoyon boʻladi. U yunon faylasufi Yaloximnning jilolanish („emanatsiya“) falsafasini davom ettiradi va yanada rivojlantiradi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar kelib chiqishi va mohiyati eʼtibori bilan ilohiydir.

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, I.Karimov.


Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini , ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan1.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir .Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi.Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi.
Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.
El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni,
Olam elining yomoni yomon bil oni.
Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi.
Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning ma’naviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bo‘la olganligida deb biladi. Ilm o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘la oladi, deb hisoblaydi.Alisher Navoiy hikmatlarida olam- olam ma’no mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-ma’rifat, mehr- oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o‘rinni egallaydi.
Birovkim qilsa olimlarga ta’zim,
Qilur go‘yoki payg‘ambarga ta’zim.
Shoir olim ahlini qadrlaydi, ulug‘laydi.Olimlarga ta’zim qilish- payg‘ambarga ta’zim qilsh bilan barobar ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan:
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Navoiy kishi bilimga ega bo‘lishi uchun oz-ozdan o‘rganib borishi lozimligini, bilimlari yig‘ilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi mumkinligini yozadi va buni tomchi-tomchi sivlar yig‘ilib daryoga aylanishiga o‘xshatadi.
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod chiqarishida ko‘maklashadi, bu bilan uning hayot yo‘lini- to‘g‘ri yo‘lni belgilab beradi.Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham to‘lay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi.
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amoliga qarab baho beradi. Odamiylikning mezoni bu -porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqparastlikdir. Uyg‘oq qalb sohibi nazdida har qanday holatda ham to‘g‘ri so‘zni ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. Aksincha, sharoitga qarab o‘zgaraverish, o‘z shaxsiyatini asrab, haq gapni aytishdan qo‘rqish -bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka davogarlik qilgan holda yomonlar hayliga ham sherik bo‘lib ketaverish -bu munofiqlik namunasidir.
Aytish lozimki, Navoiy insonga tanbeh berar ekan, avvalo o‘z hayotiy kuzatishlariga asoslanadi. Pok e’tiqodi, ijtimoiy qarashlari taqozosiga ko‘ra mulohaza yuritadi. Ulug‘ inson tafakkurining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan xulosaviy fikr -mulohazalari xalqning “Yaxshiga yondosh, yomondan qoch”, “yaxshi bilan yurding yetding murotga, yomon bila yurding, -qolding uyatga”, “Yaxshi odam yo‘ldoshidan bilinar”, “Do‘sting kimligini aytsang, sening kimligingni aytaman” kabi maqollar bilan butunlay mushtarakdir.
Uyg‘oq qalb sohibi nazdida yaxshi inson yoki yaxshilik tushunchasining ma’nosi nihoyatda keng bo‘lib, unda imon va etiqod, odat va hayo kabi inson zotini bezaydigan go‘zal fazilatlar jamuljam bo‘lgan. Odamiylikning mezoni bu faqat o‘zi uchun emas, balki, o‘zgalar manfaati , xalq g‘am- tashvishi bilan yashashdir. Binobarin, axloq targ‘ibotchisining navbatdagi tanbehi ham yaxshilik xususida:
“Baxlning andoqki, butun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tong va qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bo‘lg‘ay.Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, ulug‘lar nazarida arjumandroq . Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ekdikim, o‘rmadi”.
Shoir insonga xos qusurlar va hislatlar haqidagi fikrini quyidagi bayt bilan yanada oydinlashtiradi va qissadan hissa chiqaradi: Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim budur dehqong‘a so‘z, Har nekim ekding bugun borin hamon tut oning ko‘z.
Alisher Navoiy ilm o'rganishga intilishni inson kamolotini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta'riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g'oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma'rifatli bo'lishga undaydi. Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e'tirof etadi. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi.
Mazkur o'rinda Mirzo Ulug'bekni ana shunday xislatga ega bo'lgan kishilardan biri bo'lganligiga urg'u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'grilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson hayotidagi rolini ko'rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: “Adab kichik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi”.
Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi.
Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o’z asarlarida har bir so’zdan unumli va o’rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo’ladi. Ulug’ shoir o’zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shdi, umuminsoniy fazilatlar to’g’risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.
lisher Navoiyning gumanistik-pedagogik qarashlari.Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) ilm-fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at, me’morchilik va boshqalarni rivojlantirish bilan birga, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishga ham katta e’tibor bergandi. U o‘zining “Xamsa”, “Mahbub ulqulub” kabi yirik ta’limiy-axloqiy asarlarida, shuningdek, “Munojot”, “Vaqfiya”, “Majolisun nafois”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida, hamda Abdurahmon Jomiyning “Arba’iyn” nomli asari tarjimasi “CHi-hil hadis” (“Qirq hadis”) kabi asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo‘llari, usullarini bayon etdi.

Alisher Navoiy o‘z davrining ilg‘or, ma’rifatparvar allomasi sifatida islomdagi ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi o‘gitlarni, aqidalari, o‘zidan ilgari o‘tgan mutafakkirlarning pedagogik qarashlarini an’anaviy tarzda davom ettirdi. Ayniqsa, inson kamolotida ilm-fanning o‘rni aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.

Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlaridan deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. SHunga ko‘ra o‘z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining, insoniy burchi, deb hisoblaydi. CHunki ilm egallashdan maqsad ham xalqining, o‘z mamlakatining baxt-saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat etishdan iboratdir, deb ta’kidlaydi.

Alisher Navoiy hayotda o‘z ilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmaganga yoki urug‘ sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi:

Ilm o‘qib qilmag‘on amal maqbul, Dona sochib ko‘tarmadi mahsul.

Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olimu fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. Masalan, Alisher Navoiy o‘zining “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, o‘z vaqfidan mablag‘ ajratgan. Madrasada ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda qattiq intizomga rioya qilish talab etilgan. SHuningdek, u ilm-fanni mustaqil holda o‘rganish, etuk ilm sohiblaridan dars olishga ham undaydi.

Alisher Navoiy bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, deydi. Bunday har qanday qiyinchilikni engib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan ish ko‘rish, uni oxirigacha etkazish, chidam va sabot

bilan o‘rganishni ta’kidlaydi. Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini ham belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida maktab, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi.

Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimlar, mudarrislar hamda ustoz-murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’lumotli, o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur, deydi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqo‘l, johil va ta’magirliklarini. “Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga rag‘batlangan. Ularni kaltaklashga o‘rgangan o‘zi rahmsiz, miyasi po‘lat va ko‘ngli toshdir. G‘azabli qoshi chimirilgan, gunohsizlarga achchiqlanishga odatlangandir. Ularning ko‘pchiligida ko‘ngil qattiqligi va ta’ma kasalligi oshkor va o‘zlari aql kamligiga giriftor. Ammo yosh bolalar tabiatidagi qaysarlikni qiynalib rom qiluvchi va kichkinalarning olazarak harakatini do‘q bilan tartibga soluvchidir. Agarchi qiliqlarining qo‘polligi namoyondir, ammo o‘zlari yosh bolalar kelishmaganliklarini silliqlashtirishga yirik egovdir”, – deb qoralash bilan birga, o‘qituvchi mehnatining og‘irligi, murabbiylik haqqini xolisona baholaydi. “Uning ishi odam qo‘lidan kelmas, odam emas balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim bunga nima etsin”.

SHunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar bo‘ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo‘ladi. Har qanday bo‘lsa ham yosh bolalarga uning haqqi ko‘pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qabul qulluq qilsa arziydi.

Haq yo‘lida kim senga harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila

Alisher Navoiy o‘qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo‘ysa, unga bo‘lgan talabni ham shunchalik oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo‘lishlarini talab etadi: “mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa, va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgazmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa… YAramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilmoq undan sodir

bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”.[1]

Alisher Navoiy o‘zi barpo etgan “Ixlosiya” madrasasida o‘z zamonasining etuk mudarrislarini yig‘di va ilm izlagan talabalar ana shu madrasalarda ilm peshvolaridan tahsil oldilar.

Demak, Navoiy har bir yoshning aqliy kamolotga etishida ilmu fanning ahamiyatini ko‘rsatib o‘tish bilan birga jamiyat taraqqiyotining asosi sanalgan ilm ahli, ilmni tarqatuvchi olimu fozillarni hurmat qilishga va ularning turmush darajasini yaxshilash masalalariga ham e’tiborni qaratadi.

Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo‘lish bilan qanoatlanib qolmasligi, balki u yana sabr-toqat, sahiylik, himmatli, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze’, adab, ishq va vafo shu singari fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozimligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Alisher Navoiy tarbiyada insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashiga, xato va kamchiliklarini anglab, tuzatishga e’tibor beradi: yanglish va xato kishilikning shartidir. Xato va yanglishni anglab, ogohlangan baxtli kishidir. Kimiki, e’tirof tomon qaytar ekan, xatosi yo‘qoladi. Kimiki, dalil keltirib aljiray bersa, xatosini bir karra oshiradi. Mubolag‘asi qancha ko‘proq esa, yanglishishi shuncha ko‘rimliroq bo‘lur va o‘zini katta ko‘rsatib, tortishuvi qancha esa, ortiqroq o‘zi xalq o‘rtasida shuncha rasvoroq ko‘rinur.

Xatog‘a tadoruk nedur bexilof,

Ayon qilmoq o‘z sahviga e’tirof,

Vagar qilsa sahviga ijro dail,

Ki yaxshidur aylar iki bil.

YA’ni kishi xato qilganda yanglishganini bo‘yniga olsa – bu yaxshi. Agar o‘z xatosiga dalil ko‘rsata bersa, uning xatosi yana ikki barobar ortadi, deydi alloma.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Allomaning pedagogik qarashlari o‘zidan oldin o‘tgan salaflarining bu boradagi ilg‘or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga oid an’anaviy SHarq xalqlari ta’lim-tarbiya yo‘riqlariga asoslanadi.
Alisher Navoiyning ta’lim –tarbiyaviy qarashlarida komil inson aqliy, axloqiy, ilm-ma’rifatga intilgan ijodkor, qobilyatli, bilimdon, oqil va dono kishi, sofdil, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatga ega bo‘lgan, adolatli, muruvvatli, kamtar, sog‘lom va jismonan baquvvat, mard va jasur barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Karimov I.A.YUksak ma’naviyat — yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat,2008.
Karimov I.A.Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. .-T.: O’zbekiston, 2009.
Karimov I.A. Inson, uning xuquq va erkinliklari oliy qadriyat.XIV-jild.- T.:“O’zbekiston” , 2006
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 11-tom. Xamsa. Saddi
Iskandariy. T.:“Fan”, 2002
5.Badriyev F., Xudoyberdiyev A. Alisher Navoiyning “Farhod va SHirin” dostoni haqida// Til va adabiyot ta’limi. 2011, 8-son.
6.Qayumov A. Alisher Navoiy (Mashhur siymolar hayoti). -T.: Kamalak,1991.
7.Navoiyning ijod olami. T., 2001.
8.Hayitov SH. Kaykovus va Alisher Navoiy talqinida qalb tarbiyasi. . Til va adabiyot ta’limi. 2005 yil 2-son, 84-bet
9.Navoiy, Alisher. Xamsa: Hayratul-Abror, Farhod va SHirin, Layli va Majnun, Sab’ai sayyor, Saddi Iskandariy.--T.: G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.-423 b.
Yüklə 84,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə