Dtpi tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6mm-20- gurux talabasi Abduraxmonov Dostonning Budjet hisobi fanidan tayorlagan



Yüklə 66,73 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü66,73 Kb.
#150785
1   2   3   4
Budjet hisobi 1 dos

Byudjet hisobining vazifalari: - Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; - Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish; - Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish; - Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; - Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; - Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir. Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat: Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi; Byudjet ijrosini nazorat qilinishi;  Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi;  Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi;  Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;  Byudjet tashkilotlarida soha hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar. Byudjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga rioya qilish va boshqalar.

Nazorat funktsiyasi - orqali byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi. Byudjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat. Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi. Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida byudjet ijrosi jarayonida daromadlar, byudjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.


Yüklə 66,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə