Dtpi tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6mm-20- gurux talabasi Abduraxmonov Dostonning Budjet hisobi fanidan tayorlagan



Yüklə 66,73 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü66,73 Kb.
#150785
1   2   3   4
Budjet hisobi 1 dos

Davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi byudjet hisobi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi: - davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga uslubiy rahbarlik qiladi; - byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqadi; - respublika byudjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi. 1.Byudjet hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishini tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar (O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari) 2.Byudjet hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy xujjatlar (yo’riqnomalar, nizomlar) 3.Byudjet xisobini alohida ob’ektlari hisobini yuritish mexanizmi, hususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalari, tavsiyalari) 4.Byudjet hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan ishchi xujjatlar 3.O’zbekiston Respublikasida Byudjet hisobini tashkil etish va yuritish Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida byudjet hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda byudjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

1. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi; 2. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi; 3. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha -byudjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi. Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida byudjet hisobi yuritilib, Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika byudjeti ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda.


Yüklə 66,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə