Dunyo aholisi sonini tadrijiy o’sishi

Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/9
tarix12.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#148777
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Axoli sonining o’sishi va atrof-muhit muamolarni yuzaga kelishi

XIX asrgacha bo’lgan davrda demografik jarayonlarda sezilarli o’zgarishlar bo’lmadi. Undan keyingi davrlarda aholining tabiiy harakati ko’rsatkichlarida demografik o’tish davriga xos jarayonlar boshlandi. U oila bajaradigan vazifalarining keskin o’zgarishi, turmushning nisbatan yaxshilanishi, aholining yosh tarkibidagi siljishlar va boshqa omillar bilan bog’landi.

Demograf olimlar demografik yetish davri 4 ta ketma-ket keluvchi bosqichni o’z ichiga olishligini ilmiy asoslab berganlar. Birinchi bosqichuchun tug’ilishning yuqori darajada saqlanishi va o’limning keskin qisqarishi oqibatida vujudga keluvchi juda yuqori darajadagi tabiiy o’sish xosdir.Ikkinchi bosqich ko’p bolali oiladan kam bolali oilaga o’tish, o’limning qisqarishi, tug’ilishning esa undan ham ko’p miqyosda qisqarishi natijasida tabiiy o’sishning kamayishi bilan ifodalanadi.

Uchinchi bosqichda, avvalambor, aholi ichida qariyalar sonining o’sishi hamda tug’ilishning asta-sekin pasayishi natijasida umumiy o’limning nisbiy darajasi birmuncha ko’tariladi. Mazkur bosqichda aholi soni juda oz miqdorda va jadal sur’atlarda o’sadi yoki qisqaradi (depopulyatsiya jarayoni). To’rtinchi bosqichda tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari tenglashadi, aholi sonining tabiiy-umumiy o’sishi umuman barham topadi.

Demografik o’tish davri dastavval Yevropada XVIII asrda boshlandi. Shunda tabiiy o’sish koeffitsienti 20-30 promillega teng bo’ldi. Buni haqiqatan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Chunki 10-20 yil oldin atigi 5-10 promillega teng bo’lgan tabiiy o’sish koeffitsienti qisqa vaqt ichida 2-3 marta oshdi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə