Dunyoqarash nima va uning qanday tarixiy turlarini bilasiz?



Yüklə 21,79 Kb.
səhifə1/3
tarix17.03.2023
ölçüsü21,79 Kb.
#102762
  1   2   3
Dunyoqarash nima va uning qanday tarixiy turlarini bilasiz


1-mavzu : FALSAFA FANI PREDMETI, MAQSADI? VAZIFALARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI


  1. Quyidagi savollarga `pma javob btring.:



  1. Dunyoqarash nima va uning qanday tarixiy turlarini bilasiz?

Dunyoqarash tushunchasi. har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir ijtimoiy guruhning, har bir kishining o‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va shu kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning dunyoni va o‘zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi

  1. Mifologik va diniy dunyoqarashning o’xshash va farq tomonlarini yoriting?

Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi predmetlar va hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning paydo bo‘lishi, uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va shu kabilarga bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni bajargan.Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‘rsatishi mumkin.



  1. Yüklə 21,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə