|
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalariJamiyat taraqqiyotida tarixning mazmuni yo'nalishlari va konsepsiyalari
|
səhifə | 9/29 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 252,3 Kb. | | #164164 |
| 30 talik mavzularJamiyat taraqqiyotida tarixning mazmuni yo'nalishlari va konsepsiyalari
Olamni bilish nafaqat tabiat balki jamiyat hodisalarini falsafiy tahlil etishni taqozo etadi. Shuning uchun ham jamiyat nima, u qanday qilib paydo bo’lgan, jamiyat taraqqiyotining manbai nimada kabi savollar kishilarni doimo qiziqtirib kelgan. Jamiyatning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlari haqida Sharq mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar bir qancha ajoyib fikrlarni ilgari surganlar.
Forobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida, jamiyat insonlarning xohishi bilan o’zlariga kerak bo’lgan iste’mol mahsulotlarini birgalashib ishlab chiqarish niyatida tashkil etilgan jamoa birlashmasi, deb yozadi.
“Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, insonlarni bir-birlariga bog’lovchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”2.
Beruniyning fikricha, jamiyat insonlar tomonidan “shartnoma” asosida tuzilgan. Uningcha, “inson o’z ehtiyojlarini tushunib, o’ziga xos o’xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o’zaro kelishuvchanlik qabilidagi “shartnoma” tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilishi ham zarurdir”3.
Ibn Sino jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak, jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlarga tayanib yashashi zarur deb ta’kidlaydi.
Olmon faylasufi Gegelning ko’rsatishicha, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti, uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarning asosiy sababi “mutlaq g’oya”ga bog’liqdir. U o’zining “Falsafa tarixi” asarida “mutlaq g’oya” kishilik jamiyati tarixini harakatga keltiruvchi kuch, deb ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|