E nuritdinov odam fiziologiyasi


Текшириш керак 15.07.2010 -йил



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/129
tarix22.05.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#87670
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Текшириш керак 15.07.2010 -йил 
 
Siydik hosil bo'lish mexanizmi 
Siydik buyraklarda oqayotgan qon plazmasidan hosil bo'lib nefronning murakkab
faoliyati hisoblanadi.Hozirgi zamonda siydikning hosil bo'lish mexanizmlari 
oxirgacha 'rganib chiqilmagan. Lekin bu jarayonning ikki davri: filtratsiya 
(ultratfiltrasiya) va reabsorbsiya (qayta so'rilish) aniqlangan.Koptokchalardagi 
flltratsiya 
1844 yildayoq K.Ludvig o'z tadqiqotlariga asoslanib, siydik hosil bo'lish jarayoni 
koptokchalarning kapillarlari devori orqali ro'y beradigan filtratsiyadan va 
kanalchalarda ro'y beradigan reabsorbsiya (ya'ni qayta so'rilish)dan iborat deb faraz 
qilgan. Keyinchalik A.Keshich bu taxminni rivojlantirib, siydik hosil bo'lishining 
filtratsiya-reabsorbsiya 
nazariyasini 
ta'riflab 
bergan. 
Bu 
nazariya 
hozirgi 
tasavvurlarga asos bo'ldi va ko'p eksperimentlarda tasdiqlandi. 
Hozirgi nazariyalarga ko'ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada 1200 
ml qon, ya'ni yurakning aortaga tashlaydigan qonning 20-25% i o'tadi. Odam 
buyraklarining umumiy massasi 0 43% ni tashkil etib, buyraklar po'stlog'i qavati 
orqali 91-93% qon o'tib, qolgan qismi esa uning mag'iz qavatidan o'tadi. 
Qon plazmasidan Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha 
moddalar 
(yuqori 
molckulali 
birikmalardan 
tashqari) 
filtrlanib 
o'tadi. 
Koptokchalardagi filtratsiya endoteliydagi teshiklar, membrana va kapsulaning ichki 
devoridagi epiteliy hujayralar orasidagi yoriqlar orqali ro'yobga chiqadi. Bu filtr 
diametri taxminan 100 A° (angstrema) gacha bo'lgan molekulalarni o'tkazadi. 
Molekulyar og'irligi 70 000 dan ortiq bo'lgan kattagina molekulalar bu filtrdan 
o'tmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekular og'irligi 160 000 dan ortiq) kabi 
oqsillar filtratdan o'tmaydi. Molekular og'irligi uncha kata bo'lmagan ba'zi yot 
oqsillar (tuxum oqsili, jelatina va boshqalar) buyrak filtridan o'tib, siydik bilan chiqib 
ketadi. Qon plazmasining albuminlari (molekular og'irligi 70 000) filtratga juda oz 
o'tadi. 
Tomirlari ichida gemoliz bo'lgan eritrotsitlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning 
5% li filtratga o'tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar 
(siydikchil, siydik kislotasi, glukoza, aniinokislotalar) koptokcha filtridan bemalol 
o'tib, Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. Natijada koptokcha filtrat, ya'ni 
birlamchi siydikda hosil bo'ladi. 
Bu siydikning miqdori bir kecha-kunduzda 1-1,5 1 gacha yetadi. Filtratsiya 
hajmining kattaligi buyraklarning qon bilan yaxshi ta'minlanishi, koptokcha 


112 
kapillarlarining maxsus tuzilganligi, filtratsion yuzasining kata ekanligi va ulardagi 
qon bosimi yuqori ekanligidan bog'liq. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə