E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/129
tarix22.05.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#87670
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005




 
E. NURITDINOV
 
 
 
 
ODAM 
FIZIOLOGIYASI
(Darsiik)
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi jismoniy tarbiya va 
jismoniy madaniyat bakalavrlari uchun darsiik sifatida tasdiqlangan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT «Aloqachi
»
2005 



Fiziologiya 
(yunon. 
fizis-tabiat, 
logos-ta'limot,fan) 
tirik 
organismning 
funksiyalarini,unda 
sodir 
bo'ladigan 
jarayonlarni 
o'rga-nadi.Bu 
fan 
hujayra,to'qima,a'zo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos 
bo'lgan barcha murakkab va muhim jarayonlarning asosiy mexanizmlarini,ularning 
funksio-nal aloqadorligini, ichki va tashqi muhit sharoitiga bog'langan holda keng 
ma'noda o'rganadi. 
Organizmni ta'minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatla-nish, nafas olish, qon 
aylanish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari, asab tizimi faoliyati va boshqa vazifalar 
fiziolgiyaning asosiy o'rganish maqsadidir.Fiziologiya organizmda sodir bo'ladigan 
funksiyalarni, ularning hamma xususiyatlarini, ko'rinishlarini o'zaro munosabatlarini 
organizmning turli funksional holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida 
aniqlashga intiladi. 
Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik) va indivi-dual (ontogenetik) 
rivojlanishini, ularning doimo o'zgaruvchi tashqi muhit sharoitiga moslashishini 
o'rganadi.Shunday qilib,fi-ziologiya organizm funksiyasini (lotincha «funksio»- ijro 
qilish, faoliyat ko'rsatish) har bir hujayra, to'qima, a'zo; tizilmaning bir butun 
organizm sathidagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o'r-gatadi. 
Odam fiziologiyasi - tibbiyot nazariyasining poydevori hisoblanadi, uning 
rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ego.Odamda 
uchrab turadigan ko'pgina kasalliklarni oldini olishda,me'yorida o'sish va 
rivojlanishini ta'-minlashda, turli muhit sharoitlariga moslanishda,atrof-muhit to-
zaligini saqlab turishda, mehnat va sport mashqlarini ko'ngilda-gidek maqsadga 
muvofiq holda tashkil qilishda,kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda 
fiziologiya yutuqlariga ta-yaniladi


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə