2
5-adenoz- inmonofosfat sintezi kuchayishiga olib keladi, shu modda nechog‘lik
ko‘p hosil bolsa, ichak sekretsiyasining ishlanib chiqishi ham shuncha ko‘payadi.
Bunda hujayraning «natriy nasosi» ishdan to‘xtab qoladi, natijada ichak yo'lidan
suyuq- likning qayta so'rilishi izdan chiqadi. Suyuqlikning mo‘l-ko‘1 ishlanib
chiqishi va qayta so‘rilishining deyarli yoqolib ketishi shirillab ich ketib turishiga
olib keladi.
Kasallik mahalida birdan izotonik degidratatsiya boshlanishi vabo patogene-
zining muhim bo‘g‘ini bo'lib hisoblanadi, bu hodisa tomirlarda aylanib yurgan
qon hajmining kamayib ketishi (gipovolemiya),
arterial bosim pasayishi, ge-
modinamik o‘zgarishlar boshlanishi va toqima metabolizmining izdan chiqishi
bilan birga davom etib boradi. Bu esa o‘z navbatida sezilarli oliguriya bilan
otadigan o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga, organizmdagi bir qancha muhim
sistemalar funktsional holatining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, va-
boda elektrolitlar (kaliy, natriy, xlor) yo'qolib boradi. Chunonchi, organizmda
kaliy yo'qolib, awalgi miqdorining 1/3 qismigacha tushib qolishi mumkinki, bu
narsa miokard
funktsiyasi izdan chiqib, buyrak tubulyar apparatining
buzilishiga, ichakda muskullarning juda zaifligi bilan o‘tadigan parez
boshlanishiga olib keladi. Oliguriya ham tobora kuchayib boradi.
75-
rasm. El-Tor vabo vibrionining ultrastrukturasi (B. Aliev, 1980).
Sanarelli fikriga qaraganda, vibrionlar ichakka tog'ridan-to'gVi tushmay, bal-
ki gematogen yo‘l bilan o'tadi, ayni vaqtda burun-halqum halqasidagi bodomcha
bezlari infeksiyaning kirish darvozalari bo'lib xizmat qiladi. Vibrionlar burun-
halqum xalqasining limfa sistemasida kopayib olib, keyin qon oqimiga tushadi.
Vibrionlarning ichakka o‘tishining o‘zida ikkita davr tafovut qilinadi: 1) vibri-
onlarning ichak devori bag'riga gematogen yo‘l bilan o‘tib borishi; 2)
vibrionlarning tinmay ichak yo'liga tushib turishi. Vaboning klinik sindromi
vibrion tasirida sensibillangan ichakning allergik reaktsiyasidir deb hisoblanadi.
Ayni vaqtda vibrionning o‘zi emas, balki ichak tayoqchasi hal qiluvchi omil
hisoblanadi. Demak, vaboda ichakka aloqador hodisalarning avj olib borish
mexanizmi, Sanarelli fikriga ko‘ra, bevosita enterogen mexanizm bo‘lmay, balki
nevrogen- gematogen mexanizmdir.
Patologik anatomiyasi. Vaboda ro'y beradigan struktura o'zgarishlarming
tabiatiga va bu kasallikning klinik o'tishiga qarab, uning avj
olib borishida uch
davr tafovut qilinadi: I) vabo enteriti, 2) vabo gastroenteriti, 3) algid davri.
Vabo
3
enteriti
davrida ingichka ichak devorida boshiarigan seroz-gemorragik
yallig'lanish manzarasi kuzatiladi. Ichak shilliq pardasi shishib, qonga to
l
lib
turadi, qon quyilgan joylar paydo bo'ladi, shilimshiq ko‘p ishlanib chiqadi
(giper- sekretsiya).
Vabo gastroenteritida
jarayon me’daga ham o'tib, me’da shilliq
par- dasida ham seroz-gemorragik gastrit manzarasi ay) olib boradi.
Algid
davrida
o'zgarishlar hammadan ko‘p ifodalangan bo'ladi. Ingichka ichak shilliq
parda- sidagi distrofik o‘zgarishIar kuchayib, epitelial hujayralar vakuollanadi,
mik- rovorsinkalarini yo'qotadi, bir qismi ko‘chib tushadi (deskvamatsiya).
Shilliq parda limfotsitlar va plazmatik hujayralar bilan infiltrlanadi.
Bemorlar
ko'pincha kasallikning algid davrida o‘lib qoladi. O'lganlarning koYinishi juda
xarakterli bo'ladi. Odam ancha ozlb, ayniqsa, lunjlari va ko'zlari ich-ichiga tortib,
burni bilan engagi cho‘chchayib chiqib qoladi. Tishlari qisilgan, qorni ichiga
tortgan, muskullarining konturlari juda bilinib turadigan bo'ladi, murdaning
hamma muskullari yogbchday qotib qoladi. Shunga koYa olgan kishining jasadi
juda kuchli, muskullari baquwat odam jasadiga oxshaydi (gladiator vaziyati).
Turli to'qimalar ko'zdan kechirilganida ularning suvi qochib, badan terisi,
ayniqsa qol barmoqlari terisi quruq, ajin bosgan bo'ladi (kirchi
ayol qo
£
li).
Barmoqlar bukilgan bo'lib akusher qoliga oxshab ketadigan holatda turadi,
muskullar qat- tiq va qoraygan bo'Iadiu Seroz pardalar quruq bo'lib, sovun surib
qo'yilgandek sirg'anchiq shilimshiqsimon yupqa karash bilan qoplanadi, bu
pardalarga qo‘1 urilsa, o‘sha shilimshiq ingichka iplar ko'rinishida cho'zilib
chiqaveradi.
Vabo bilan ogYigan kasalda seroz bo'shliqlardagi suyuqlik, qon»
quyuqlashib qoladi (angidremiya), periferik qondagi eritrotsitlar sonining
kopayib qolishi (polisitemiya badishi) ham shundan darak beradi,
Kasallik jarayoni avj olib borgani sayin ichakdagi patologoanatomik
o'zgarishlar zoYayib boradi. Ichak juda dam bo'lib, devori shishadi va qonga
to'lib turadi, ko'pincha qon talashlar ham paydo bo'ladi.
Ichak foliikulyar
apparati shi- shib chiqadi. Ichak shilliq pardasida karashlar ham paydo bo'ladi
(vabo-dizin- teritik jarayon), shihiq pardaning burmalar uchidagi qismi safro
bilan boyalib qoladi.
Ichak suyuqligi juda kopayib, guruch qaynatmasi koYinishiga kirib qoladi,
uning rangi oqish yoki go'sht seli rangida bo'ladi. Axlatning rangi ochadi. Mik-
roskop bilan tekshirib koYilganida ichak suyuqligida kochib tushgan bir talay
epitelial hujayralar, shilimshiq va g'ij-g‘ij vibrionlar topi lad i, Ichak shilliq
pardasida vorsinkalar va Liberkyun bezlari epiteliysining ko'plab
deskvamatsiyaga uchragani ko'zga tashlanadi.
Epitelial qoplamdan mahrum
bo‘lgan vorsinkalar gullab bo'lgan momaqavmoq o‘t boshchasiga o'xshab ketadi.
Patologoanatomik tekshirish mahalida topiladigan boshqa o'zgarishlar jum-
lasidan quyidagilarni aytib o
l
tish kerak; 1) o‘t pufagi ancha kengayib, shilliq
pardasida kataral o'zgarishlar boshlanadi. OY suyuqligi tiniq va och rangli bo'lib
qo- ladi («oq safro»); 2) sfinkterlar falajga uchraydi (anusdan ikkita barmoq
bemalol o'tadigan bo‘lib qoladi); 3) bosh miya va orqa miya nerv hujayralarida
distrofik, nekrobiotik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi; 4) yurakning nerv tugunlariga
shish kelib, ularga qon quyiladi va dezintegratsiya boshlanadi; yurak ilvillab
4
qoladi; 5) nek- rotik nefroz kuzatiladi,
buyrak shishib, qonga to'lgan bo'ladi,
parenximasi kap- sula tagidan do‘mpayib chiqib turadi; 6) taloq kichrayib,
kapsulasi bujmayib qoladi, bu narsa suv yoqolganini, yarn qon massasi kamayib
qolganligini ko‘rsatadi. Taloq markaziy arteriyalari gomogenlashib, endoteliysi
deskvamatsiyaga uchra- gan bo'ladi; 7) opkaning rangi ochib, quruqshab turadi,
ba’zan unda qon quyi- lib qolgan joylar bo‘ladi. Bronxopnevmoniya boshlanib,
ekssudatda vibrionlar topilishi mumkin. Bunda fibrin каш miqdorda topiladi,
tomirlar devoriga fibrin singigan bo ladi. Epiteliy nekrozga uchrab, kochib
tushadi.
Dostları ilə paylaş: