Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   231
Educational materials

Tijorat banklari
– sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan 
ta’minlash, shuningdek xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini 
ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar. 
Tizimli risklar
 
(investitsiya portfeli risklari) – bu hatar ta’siriga ba’zi bir 
qimmatli qog’ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. 
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik 
emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin. Tizimli risklarga 
quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar
– hatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularning 
majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki 
tarmoqning qimmatli qog’ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: 
tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlilik riski. 
To’g’ridan - to’g’ri investitsiyalar – 
bevosita mahsulot ishlab chiqarish 
yoki xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida 
xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar kiritish. To’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan 
nazorat qilish imkonini beradi. 
O’rtacha kvadratik chetlanish –
investitsiya loyihasini amalga 
oshirishning barcha mumkin bo’lgan variantlari o’rtacha qiymatdan qanchaga 
chetlashganini ko’rsatib beradi. Bu ko’rsatkich riskning absolyut kattaligini 
ifodalab baradi, qanchalik o’rtacha kvadratik chetlanish yuqori bo’lsa, risk 
shunchalik katta bo’ladi. 
Foydaning boy berilishi riski
- bu risk amalga oshirilmagan tadbirlar 
natijasida kelib chiqadigan qo’shimcha (bilvosita) zararlar hisoblanib, bu risk 
tarkibiga quyidagilar kiradi: birjaviy risklar; selektiv risklar; bankrotlik risklari. 
Fond bozori
– qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-
sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor. 


O’QUV MATERIALLARI 
332 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə