Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   231
Educational materials

 
 
5. Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 
 
Kurs ishi tasdiqlangan o’quv rejada ko’zda tutilgan ta’lim yo’nalishlarida 
bajariladi. Kurs ishi o’quv rejaga ko’ra 5232700 – “Investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishida nazarda tutilgan. “Investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirish” fanining “Investitsion loyihalashtirish” modulidan kurs ishi 
muayayn mavzu bo’yicha umumiy yaxlitlikka ega ilmiy-amaliy fikrlarni aks 
ettiruvchi loyihaviy ish hisoblanadi. 
Kurs ishi mavzuning dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga 
tadbiqi, uning uslubiy darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs 
ishini bajarishning muhim bosqichi rejada belgilangan savollar yoritilishida o’zaro 
nazariy va amaliy aloqadorlikni ta’minlashdir. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini 
to’g’ri shakllantirish talabaga uning maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olish 
hamda ko’zlangan natijaga erishish yo’llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash 


O’QUV MATERIALLARI 
373 
bosqichlarini ketma-ket bajarishga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy 
tuzilishini to’g’ri ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo’yilgan maqsad 
hamda natijalarini aniq ifodalash, fikrlarni mantiqiy bayon etish uslublari va kurs 
ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi. 
Kurs ishi talabaning salohiyati hamda fan bo’yicha chuqur bilim va amaliy 
ko’nikmaga egaligini namoyon qiladi. Kurs ishida o’rganiladigan masalalarning 
nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo’yilgan vazifalarni tahlil qilish 
hamda muammolarni hal etishni ko’zlagan holda reja tuziladi va shu asosida 
bajariladi. Talaba kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirishning o’ziga xosligi, xorijiy davlatlarning tajribalari va 
orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda belgilangan muammolarning 
yechimi yuzasidan yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi va ularni bartaraf etish yo’llarini 
tavsiya etadi. 
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi: 
- o’rganilayotgan muammo bo’yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur 
tahlil qilish; 
- kurs ishida rasm va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda 
rasmiylashtirish; 
- kurs ishi bo’yicha to’plangan materiallarni tanqidiy o’rganish; 
- xulosa va tavsiyalarning asoslab berilishi; 
- talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayyan izchillikda bayon 
qilinishi; 
- qo’yilgan talablar bo’yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi. 
Kurs ishini bajarish yuzasidan kafedra tomonidan uslubiy qo’llanma ishlab 
chiqiladi va talabalar e’tiboriga yetkaziladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə