birga turmush darajasi – ko’plab omillar yig’indisi taъsirida bo’lgan
o’zgaruvchan jarayondir.
Turmush darajasi bir tomondan, muntazam o’zgarib
turadigan, turli neъmatlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan,
boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar
bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan
belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab
chiqarish
va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot
darajasi, aholining madaniy-maъrifiy Tayanch iboralaralar: turmush darajasi;
umumiy va xususiy ko’rsatkichlar; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik
ko’rsatkichlar; obyektiv va subyektiv ko’rsatgichlar; qiymat va natural
ko’rsatgichlar; mutlaq va nisbiy qashshoqlik; aholi daromadlar; pul
daromadlari;ish haqi; vaqtbay va ishbay haqi; ishhaqiga talab va uning taklifi;
mehnat
unumdorligi; pensiya; nafaqa; stipendiya; foyda; divident; foiz; renta;
natural daromad; shaxsiy daromad; firma daromadi; davlat daromadi; istemol
savati; oziq-ovqat savati. Turmush darajasi-bu jismoniy,
manaviy va ijtimoiy
ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish
uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
kategoriyadir.
. Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi
daromadlari va ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk,
madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini
chuqurroq o’rganish lozim bo’ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular quyidagi
turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy
va ijtimoiy-demografik;
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdo rva sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar.
Umumiy ko’rsatgichlar:
1.Milliy daromad
2.Istemol fondi
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
umumiy darajasini ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan:
1.Iste’mol darajasi va usullari.
2.Mehnat sharoitlari.
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar.
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini
ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-
iqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi
ko’rsatkichlarni iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar
aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy
tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Obyektiv
ko’rsatkichlar obnktiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega bo’lsa, subyektiv
ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat,oilaviy
munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan qoniqish bo’yicha
hisobga olinadi. Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul
ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul
jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi. Natural
ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan
muayyan moddiy nematlar va xizmatlar-oziq-ovqat mahsulotlari, energiya
istemoli, mol-mulk, turar-joylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini
ifodalaydi.
Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar
va xizmatlar istemol
hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat
ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif
etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Dostları ilə paylaş: