Ekliptik koordinatalar sistemasi Rasm 6



Yüklə 16,46 Kb.
tarix01.01.2018
ölçüsü16,46 Kb.

Aim.uz

Ekliptik koordinatalar sistemasi
Rasm 6. Osmon sferasi. Ekliptik koordinatalar sistemasi.

Yoritgichni osmon sferasidagi o’rnini ekliptika tekisligi va baxorgi tengkunlik nuqtaga nisbatan aniqlash mumkin. Bunday tanlangan koordinatalar sistemasiga ekliptik koordinatalar sistemasi deyiladi. Ekliptika qutblari va M yoritgich orqali o’tgan PMP katta yarim aylanaga yoritgichni ekliptik kenglamasi deyiladi (6-rasm). Yoritgichni ekliptik kenglamasidagi o’rni β-ekliptik kenglamasi orqali o’lchanadi. β ekliptika tekisligidan shimoliy qutb tomon 0°dan 90°gacha, janubiy qutbi tomon 0°dan -90° gacha o’zgaradi. Yoritgich ekliptik kenglamasini osmon sferasidagi o’rni esa ekliptik uzunlama  yordamida aniqlanadi.  bahorgi tengkunlik nuqtadan boshlab Quyoshning yillik ko’rinma harakati tomon 0 dan 360 gacha o’zgaradi. Quyosh ekliptika bo’ylab g’arbdan sharqga tomon harakatlanadi. U ekliptika bo’ylab harakati davomida 12 yulduz turkumidan o’tadi. Bu turkumlarga zodiak (hayvonlar) deyiladi. Zodiakdagi har bir yulduz turkumida Quyosh taxminan bir oycha bo’lib, 12 oyda bu 12 yulduz turkumini ma’lum tartibda bosib o’tadi.



Rasm7. Sferik uchburchak.

Yerning turli kenglamalarida kuzatuvchiga Quyoshning ko’rinma harakati turlicha ko’rinadi. Bir necha xollarni kurib chikaylik.

a) φ=900 Yerning shimoliy qutbidagi kuzatuvchi uchun, zeniti olamning shimoliy qutbi bilan, gorizonti esa olam ekvatori bilan ustma-ust tushadi. Shuning uchun Quyosh 21-martga yaqin chiqadi. Yarim yil botmasdan spiral shaklidagi yo’l orqali sutkali harakat etib yuqori chiqaveradi. 22 iyunda Quyosh o’zining eng maksimal balandligiga (h0=23027) erishadi. Keyin har sutkada Quyoshning balandligi kamayib borib 23 yeyentabrda u botadi. Quyoshning bunday yillik harakati tufayli shimolda yarim yil kun bo’lganda, uning janubiy yarim sharida tun bo’ladi.

b) Kuzatuvchining kenglamasi φ=6633. Bu shimoliy qutb doirasiga mos keladi. Bunday joylarda og’ishi =90 - φ=2327 ga teng va undan katta bo’lgan yoritgichlar botmaydi, og’ishlari =-2327 ga teng va undan kichik bo’lgan yoritgichlar esa chiqmaydi. Bunday kengliklarda Quyosh 22 iyunda =+2327 botmaydi va 22 dekabrda =-2327 chiqmaydi. Janubiy yarim sharda =-6633 aksincha Quyosh 22 iyunda chikmaydi, 22 dekabrda botmaydi. Yer qutblariga kancha yaqinlashgan sari, u joylarda Quyosh botmaydigan kunlar soni shuncha ko’p bo’ladi. Quyosh chiqmaydigan qutb kechalarining soni xam bir kundan 6 oygacha ortib boradi.



v) Shimoliy tropikda (φ=+2327) joylashgan kuzatuvchi uchun Quyosh ham chiquvchi ham botuvchi yoritgichdir. Quyosh 22 iyunda shimoliy tropikdagilarni zenitidan (h0=+900) o’tadi. Qolgan kunlarda Quyosh yarim kunda zenitdan janub tomonda kulminatsiyalanadi. Qishki Quyosh turish kunida uning tushdagi minimal balandligi hmin=+4308 bo’ladi. Janubiy tropikda (φ=-2327) Quyosh har kuni chiqib, har kuni botadi. 22 dekabrda zenitdan o’tadi h=90, 22 iyunda esa o’zining tushdagi minimal balandligida bo’ladi (φ=+4308).

g) Yerning ekvatoridagilar uchun (φ=00) barcha yoritgichlar singari Quyosh har kuni chiqib har kuni botadi. Bunda Quyosh har kuni 12 soat gorizont ustida bo’lsa 12 soat gorizont ostida bo’ladi. Shuning uchun bunday joylarda kun uzunligi ham tun uzunligi xam 12 soatdan bo’ladi.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə