Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə3/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Уюшмалар (биоценозлар)

Популяциялар

Организмлар






Абиотик таркибий қисмлар



Модда Энергия







Организм
тизими

Экотизим
(биогеоценоз)

Популяция
тизими


1.1-rasm. Biologik tizimlarning tashkiliy-tuzilmaviy darajalari




Organizm – jonsiz (o‘lik) materiyadan bir qator xususiyatlari, ya’ni moddalar almashinuvi, o‘z tuzilmasini o‘zi bir maromda tutib turishi va irsiy belgilarini saqlagan holda ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lishi bilan ajralib turadigan tirik mavjudot. Xususan, mikroorganizmlar, o‘simlik organizmlari, hayvon organizmlari va odam organizmi farqlanadi.
Ekologiyada organizm abiotik va biotik muhit bilan o‘zaro cham-barchas bog‘langan yaxlit tirik tizim sifatida qarab chiqiladi. Bun-da o‘xshash hayvon yoki o‘simliklardan iborat organizmlar guruhiga mansub bo‘lgan, boshqacha aytganda, bitta biologik turga, ya’ni indi-vidlari bir qator umumiy morfo-fiziologik belgilarga, o‘zaro chati-shib, serpusht avlod qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lgan va boshqa shu kabi individlar guruhidan gibrid shakllari amalda butunlay yo‘q-ligi bilan ajralib turadigan populyasiya yoki populyasiyalar majmuiga tegishli bo‘lgan, biroq bir-biridan o‘ziga xos farq qiluvchi yakka tirik organizm yoki individ ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.
Bir odam ikkinchi odamga aynan o‘xshamaganidek, har bir individ boshqa individlardan o‘ziga xos tarzda farq qiladi. Biroq ularni har bir individning tur doirasida ko‘payish qobiliyatini ta’min­lovchi genofond birlashtirib turadi. Har xil turga mansub individlardan (zot yoki navdan) nasl qolmaydi. Har bir individ o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ularning muhit holati va omillari ta’siriga munosa­bati turlicha bo‘ladi. Masalan, harorat ko‘tarilishiga individlarning bir qismi chidam bermasligi va nobud bo‘lishi mumkin, biroq muhitga eng yaxshi moslashgan individlar hisobiga turning barcha populyasiyalari yashab (saqlanib) qoladi.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə