Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə6/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Geterotrof organizmlar fotosintez yoki xemosintez yo‘li bilan anororganik moddalardan organik moddalar hosil qila olmaydigan, tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan, ularni bir holatdan (shakldan) ikkinchi holatga (shaklga) aylantiradigan va parchalaydigan tirik organizmlar bo‘lib, ularga mikroorganizmlar, hayvonlar va odam, shuningdek ba’zi o‘simlik va zamburug‘lar kiradi. O‘lik organik moddalar (o‘simlik va hayvon qoldiqlari, chirindi) bilan oziqla-nuvchi organizmlar saprotroflar (masalan, zamburug‘lar), tirik orga-nizmlarda tirik to‘qimalar hisobiga yashash va rivoj­la­nish qobi-liyatiga ega bo‘lgan organizmlar parazitlar (ma­salan, kanalar) deyi-ladi.
Organizmlar oziqlanish turlari va shakllariga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, ular bir-biri bilan murakkab trofik zanjir (ozuqa yoki oziq-lanish zanjiri) orqali o‘zaro aloqaga kirishadi. Oziqlanish zanjiri – organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘lib, ular orqali eko-tizimda modda va energiyaning o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ozuqa zanjiri – «ozuqa – iste’molchi» munosabati orqali bir-biri bilan bog‘langan turlarning guruhlari bo‘lib, bir tur (hal-qa yoki to‘plam) ikkinchi tur (halqa yoki to‘plam) uchun ozuqa bo‘lib xiz-mat qiladigan zanjir. Bu zanjirda ayrim organizmlar organik mod-dalar ishlab chiqaradi, ayrimlari ularni iste’mol qiladi, uchinchi xillari esa anorganik modda­larga aylantiradi. SHunga muvofiq pro-dutsent, konsument va redutsent organizmlar farqlanadi.
Produtsentlar – oddiy anorganik moddalardan organik moddalar ho­sil qiluvchi avtotrof (fototrof, xemotrof) organizmlar (masa-lan, yashil o‘sim­liklar, chuchuk suvo‘tlari).
Konsumentlar – produtsent (avtotrof) organizmlar hosil qilgan organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar. Ular orasida fa-qat o‘simliklar bilan oziqlanuvchi o‘txo‘r (masalan, sigir), faqat bosh-qa hayvonlarning go‘shti bilan oziqlanuvchi etxo‘r (masalan, yirtqich-lar), har ikkalasi, ya’ni ham o‘t, ham et (go‘sht) bilan oziqlanuvchi xo‘ra (masalan, odam, ayiq) organizmlar farqlanadi. Hamma narsani iste’-mol qiluvchi hayvonga (masalan, ola qarg‘a, qo‘ng‘ir ayiq, cho‘chqa) evri-fag deyiladi. SHuningdek, o‘simliklar bilan oziqlanadigan orga-nizmga birinchi tartibli konsument, hayvonlar bilan oziqlanadigan organizmga ikkinchi tartibli konsument deyiladi.
Redutsentlar – hayot faoliyati davomida faqat organik moddalar qoldiqlari bilan oziqla­nib, ularni oddiy anorganik birikmalarga parchalovchi or­ganizmlar (bakteriya, zamburug‘ va mikroorganizmlar). Redutsentlar atrof-muhitda mod­dalarning biogeokimyoviy aylanishi-ni, ya’ni biosfera chegarasida, uning biogeotsenozlar, landshaftlar deb ataluvchi bioxorologik birliklari o‘rtasida kimyoviy elementlar ko‘chib yurishi va o‘zgarishining davriy jarayonlarini nihoyasiga etka-zadi. Bakteriya va mikroorganizmlar yashash muhitiga bog‘­liq holda aerob (kislorodli) va anae­rob (kis­lorodsiz) muhitda yashaydigan tur-larga bo‘linadi.
Umuman olganda, faqat erkin molekulyar kislorod bo‘lganda hayot kechira oladigan organizmlarga (masalan, deyarli barcha hayvonlar, o‘simliklar va aksariyat mikroorganizmlar) aeroblar, kislorodsiz, organik va anorganik moddalarning parchalanish (masalan, achish, bij-g‘ish) jarayonida hosil bo‘ladigan energiya hisobiga yashaydigan orga-nizmlarga anaeroblar deyiladi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə