Евросиё
Африка
Шимолий
Америка
Жанубий
Америка
Австралия
Шимолий Муз океани
Ҳинд
океани
Тинч
океани
Тинч
океани
Анлантика океани
5.6-расм. Глобал экотизим – Ер биосфераси
YUqorida ta’kidlangan ekotizimlardagi barcha tirik organizmlar nafaqat oziqlanishiga ko‘ra, shuningdek moddalar va energiya almashi-nuvi bo‘yicha ham bir-biri hamda abiotik muhitning barcha tarkibiy qismlari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi.
Tabiiy ekotizimlar ochiq tizim bo‘lib, ular modda va energiyani qabul qilishi va qaytarib berishi kerak.
Tabiatda tirik organizmlar, eng avvalo, produtsentlar tomonidan o‘zlashtiriladigan moddalar zaxirasi cheklangan. Agarda bu moddalar-dan ko‘p marta foydalanilmasa, ya’ni moddalar doimiy (uzluksiz) aylanish jarayoniga jalb etilmasa, Erda hayot mumkin bo‘lmas edi. Bio-gen moddalarning «to‘xtovsiz» aylanishi atrof-muhitda moddalar oqimini yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlashga qobiliyatli, bajara-digan vazifalari har xil bo‘lgan organizmlar guruhlari tomonidan amalga oshiriladi (5.7-rasm).
5.7-rasmda aks etganidek, tabiiy ekotizimlarda moddalar aylanib turishini saqlash (ta’minlash) uchun produtsentlar o‘zlashtira oladi-gan shakldagi noorganik (mineral) molekulalar, produtsentlar bilan oziqlanadigan I tartibli konsumentlar, ham produtsentlar, ham I tartibli konsumentlar bilan oziqlanadigan II tartibli konsument-lar, shuningdek produtsentlar oziqlanishi uchun organik moddalarni noorganik molekulalarga qayta tiklovchi redutsentlar zarur bo‘ladi.
Ekologik tizimlardagi moddalar oqimi (aylanishi) energiya oqi-miga (ko‘chishiga) nisbatan katta jarayon hisoblanadi.
Quruqlik va suv ekotizimlaridagi organizmlarning ozuqaviy o‘za-ro munosabati o‘ziga xos ozuqa (trofik) zanjiri orqali ta’minlanadi (5.8-rasm).
5.8-расм. Қуруқлик экотизимларида организмларнинг озуқавий ўзаро муносабати – трофик занжир босқичлари
Dostları ilə paylaş: |