Ekologiyaning rivojlanish tarixi


Kosmos ekologiyasi, x¢jayralar ekologiyasi va mikroorganizmlar ekologiyasi kabi ekologiyaning tarmoq va bo’limlari jadal rivojlanmoqda



Yüklə 6,52 Mb.
səhifə6/12
tarix21.01.2023
ölçüsü6,52 Mb.
#98950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ekologiyaning rivojlanish tarixi

Kosmos ekologiyasi, x¢jayralar ekologiyasi va mikroorganizmlar ekologiyasi kabi ekologiyaning tarmoq va bo’limlari jadal rivojlanmoqda.

Kosmos ekologiyasi, x¢jayralar ekologiyasi va mikroorganizmlar ekologiyasi kabi ekologiyaning tarmoq va bo’limlari jadal rivojlanmoqda.

Xullas, ekologiyaning yana bir: Yer sharining tirik qismi haqidagi bo’limi - global ekologiya vujudga keldi.

Global ekologiya butun Yer sharini o’z ichiga oluvchi biosferani o’rganadi.

Ekologiyaning vazifalari

Ekologiya boshqa tabiiy fanlar singari nazariya, amaliyot va dunyoqarashni shakllantiradi.

Nazariy funktsiya insonning sub‘ektiv intilishlarini, tabiatning mavjud ob‘ektiv qonuniyatlarini chuqur o’rganish, shu bilan birgalikda dunyoning ilmiy manzarasini tuzish uchun jonli va jonsizlar birlik qonunlari, ularning o’zaro harakatini o’rganadi.

Ekologiyaning amaliy faoliyati nazariy bilimlarga tayangan holda, biosferani antropogen omillar ta‘sirida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy, agrar-sanoat va ijtimoiy tizimlarni ilmiy asosda boshqarish, kelajak avlod uchun sof tabiiy dunyoni saqlashni o’rgatishdan iborat. L.I.Tsvetkova va boshqalar insoniyat jonsiz planetaga o’z qabri ustida «Har kim o’ziga yaxshi bo’lishini o’ylagan», degan yozuvni qoldirmasligi uchun o’zining butun aqli, kuchi va mablag’ini sarflashi lozim, deb yozganida naqadar haq edi.

Bugun biosferaning kelajagini, nafaqat bugungi kuni, balki ertani o’ylaydigan madaniyatli, aql-zakovatli kishilarni topish qiyin emas. Biosfera taqdiri bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan tabiiy, texnogen, ma‘naviy element sifatida qabul qilinmokda. Ko’pchilikka hozirgi kunda ijtimoiy muammolar ekologik muammolar bilan chambarchas bog’liqligi sir bo’lmaganligi kabi, zamonaviy ekolog ham o’z navbatida sotsiologiya, siyosatshunoslik, etika, ma‘naviyat va boshqa ijtimoiy fanlarsiz o’z ma‘nosini yo’qotadi. Yuqorida qayd etilganlardan mantiqan ekologiyaning dunyoqarashni shakllantiruvchi funktsiyasi kelib chiqadi, ya‘ni inson o’zi ham tabiatni bir bo’lagi ekanligini his etishi, tabiiy jarayonlarga o’z ta‘sirini ko’rsatishi, iqtisodiy va ekologik qiziqishlarni hisobga olishi shart.


Yüklə 6,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə