Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari Aziza iskandarova



Yüklə 12,9 Kb.
səhifə1/5
tarix15.02.2023
ölçüsü12,9 Kb.
#100822
  1   2   3   4   5
Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari Aziza iskandaro-hozir.org


Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari Aziza iskandarova

Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari

Aziza iskandarova

Reja:

1. Eksperimental Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.

2. Eksperimental Psixologiyaning asosiy tamoyillari

3. Eksperimental Psixologiyaning tadqiqot metodlari

Hozirgi zamon psixologiyasi haqida


  • Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.

  • Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash


  • Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg‘ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi

  • Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash jarayonlari ro‘y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differensiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog‘lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo‘lgan fiziologiya mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo‘lib psixogigiena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganuvchi) va psixokorreksiyani o‘rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi

Yüklə 12,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə