Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə62/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi. Kontaktli o‘t oldirish
tizimi tarkibiga tranzistor kiritilishi, bu tizimga xos bo‘lgan barcha 
kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniyatini bermaydi. Xususan, ko‘p silindrli
dvigatellarda aylanishlar chastotasining katta qiymatlarida uzgich 
pishangchasining dirillash hodisasi ruy berib, bu bir sikl (ya’ni bir uchqun
hosil bo‘lish uchun ajratilgan vaqt) davomida kontaktlarni ko‘p marta 
uzilib-tutashishiga olib keladi. Natijada, bir uchqun o‘rniga quvvati ancha
kam bo‘lgan bir necha uchqun hosil bo‘ladi, o‘t oldirishni ilgarilatish 
burchagining belgilangan qiymati o‘zgarib ketadi, o‘t oldirish ishonchli
amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari uzgich kontaktlarining yeyilishi, 
oksidlanishi va ifloslanishi o‘t oldirish tizimining ishonchlilik darajasini
pasaytiradi. Kontaktlar oksidlanishi, ifloslanishi va moylanib qolishi,
ularning kontakt qarshiligi ortib ketishiga va tranzistorning boshqarish toki
I

b
qiymatining kamayib ketishiga olib keladi. Bu tranzistorni ochilmaslik va 
o‘t oldirish tizimining ishlamaslik hollarini vujudga keltiradi. Ishlatish
davrida qo‘shimcha mehnat va vaqt sarf qilib, muntazam ravishda, uzgich 
kontaktlarining tutashib turish burchagini rostlab turish ehtiyoji ham
kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining kamchiliklariga kiradi. 
Zamonaviy avtomobillarda keng tatbiq etilgan kontaktsiz-tranzistorli
o‘t oldirish tizimlar yuqorida keltirilgan kamchiliklardan holidir. Bu o‘t 
oldirish tizimning asosiy fazilati ularda uzgich kontaktlarining yo‘qligidir.
Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontaktsiz-tranzistorli o‘t 
oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi va tuzilishi bilan farq
qiladi. Kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarida asosan quyidagi turdagi datchiclar 
eng ko‘p tatbiq topgan: magnitoelektr, Holl va fotoelektr.
Magnitoelektr datchik (5.8-rasm) uzgich-taqsimlagich valiga 
o‘rnatilgan doimiy magnit 2 va o‘zakka o‘ralgan stator chulg‘ami 3 dan
iborat. Doimiy magnit aylanganda uning magnit maydon ta’sirida stator 
chulg‘amida
o‘zgaruvchan 
EYUK

induktsiyalanadi. 


Datchik
kuchlanishining musbat yarim davri qiymati ta’sirida o‘t oldirish tizimining 


chiqish tranzistori ochiladi va tok manbaidan o‘t oldirish g‘altagining
birlamchi chulg‘ami hamda tranzistorning kollektor-emitter o‘tish joyi 
orqali birlamchi tok I
1

o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi manfiy


bo‘lganda tranzistor yopiladi, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi 
chulg‘amidan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va ikkilamchi chulg‘amda
yuqori kuchlanish induktsiyalanadi. Shunday qilib datchik magniti bir 
aylanganda stator chulg‘amda EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy
impulsi mavjud bo‘ladi va natijada tranzistor bir marta ochilib, bir marta 
yopiladi, ya’ni o‘t oldirish g‘altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi
hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni silindrlar soniga teng 
bo‘lishi kerak. 5.8-rasmda 4 silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan magnitoelektr datchikning sxemasi
keltirilgan.
Magnitoelektr datchik ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator chulg‘amida hosil bo‘ladigan
EYUK amplitudasi doimiy magnitni, ya’ni tirsakli valning aylanishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanish 
chastotasi ortishi bilan EYUK amplitudasi ham ortadi. Bu esa tranzistor ochilishi va yopilishi va demak o‘t
oldirish daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi. 
Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishning ilgarilatish burchagiga ta’siri kontaktsiz-
tranzistorli o‘t oldirish tizimining to‘ngich avlodlarida ham markazdan qochma va vakuum rostlagichlar 
yordamida hisobga olinadi.
Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda kichik va u tranzistorni ochish uchun 
yetarli bo‘lmaganligi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarining amaliy sxemalarida maxsus bir necha
bosqichli ko‘chaytirgichlar qo‘llaniladi. 
5.8-rasm. Magnitoelektr
datchik sxemasi. 
1 - magnit, 2 - stator, 3 - 

chulg‘am 
5.9-rasm. Fotoelektr 

datchik ning umumiy


sxemasi. 
5.10-rasm. Holl elementi-

ning ishlash prinsipi





60


Fotoelektr datchik (5.9-
rasm) eng umumiy ko‘rinishda 
yorug‘lik
manbai,

darchalari


silindrlar soniga teng bo‘lgan 
aylanuvchi lappak va yorug‘lik
sezuvchi 
elementdan
iborat

bo‘ladi.


Uzgich-taqsimlagich 
valiga mahkamlangan lappak
aylanganda yorug‘lik manbai 1
dan

chiqqan 

nur
lappak

darchasidan


o‘tib,

yorug‘lik


sezuvchi element 2 ga tushganda, 
unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi. YOrug‘lik sezuvchi element sifatida fotodiod, fototranzistor
yoki fotoelement ishlatilishi mumkin. Fotoelektr datchiklarni qo‘llanilishi vibratsiyaga chidamli, uzoq 
muddat davomida ishlovchi yorug‘lik manbai yo‘qligi bilan cheklanadi. Oxirgi vaqtda, bu maqsadda, o‘zidan
yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi fotoelektr datchiklarning keng tatbiq qilish imkonini 
yaratmoqda.Masalan o‘zimizni mamlakatimizda chiqarila-yotgan Matiz avtomobilining o‘t oldirish tizimida
aynan fotoelektr datchik o‘rnatilgan. 
Mikroelektronikaning rivojlanishi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarida Xoll effektiga asoslangan
yarim o‘tkazgichli datchiklar ishlatila boshlandi. Xoll elementi germaniy, kremniy va boshqa yarim 
o‘tkazgichlardan tayyorlangan yupqa ( h = 10
-4


10



-6
m ) to‘rt elektrodli plastinadan iborat (5.10-rasm). 
Agar bunday plastinadan tok I o‘tishi bilan bir vaqtda unga magnit induktsiya vektori B, plastina
tekisligiga tik yo‘nalgan magnit maydon ta’sir qilsa, uning tok yo‘nalishiga parallel bo‘lgan qirralarida Xoll 
EYUKi E

x
hosil bo‘ladi 


E

x

= k

x


I


B/ h . 
Bunda k


x
- plastina materialiga bog‘liq bo‘lgan Xoll doimiysi; h - plastina qalinligi. 
Xoll elementida hosil bo‘ladigan signal juda ham kichik qiymatga ega bo‘lib, u tok manbasining
kuchlanishi va atrof muhit haroratiga bog‘liq. Shuning uchun Xoll datchigi (5.11-rasm,a) Xoll elementi 3 
dan tashqari ko‘chay-tirgich 4, shakllantirgich 5, bar-qarorlik bloki 7, chiqish tranzis-tori 6 ni o‘z tarkibiga
olgan mikrosxemadan iborat (5.11-rasm, b da 3) . Magnit maydon doimiy magnit 1 yordamida hosil qilinib, 
uzgich-taqsimlagich valiga o‘rna-tilgan va maxsus darchalarga ega bo‘lgan rotor 2 magnit kuch chiziqlarini
damba-dam uzish uchun xizmat qiladi. Rotor aylanib, darchalari doimiy magnit to‘g‘risiga kelganda, 
magnit kuch chiziqlari Xoll elementi 3 yuzini kesib o‘tadi va uning chiqish elektrdlarida EYUK hosil buladi.
Ko‘chaytirgich 4 da ko‘chaytirilgan va komparator 5 da kerakli shaklga keltirilgan signal, chiqish tranzistori 
6 ning bazasiga uzatiladi va uni ochadi. Keyingi daqiqada rotor 2 ning tishchasi doimiy magnit qutbi
qarshisiga to‘g‘ri bo‘ladi va magnit kuch chiziqlari yo‘lini to‘sadi, ya’ni ularni uzadi. Natijada, Xoll EYUK 
yo‘qoladi va chiqish tranzistori 6 yopiladi. Datchik signaliga tok manbasining va atrof muhit harorati
o‘zgarishining ta’sirini kamaytirish maqsadida mikrosxemaga barqarorlik bloki 7 urnatilgan. 
Energiya dvigatel silindrlariga mexanik usul bilan taqsimlanishi, o‘t olishni ilgarilatish burchagini
mexanik rostlagichlarining nuqsonlari, tirsakli valdan taqsimlagich valigacha bo‘lgan mexanik uzatmalar 
tufayli o‘t oldirish daqiqasini aniqlashdagi xatoliklar kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarining asosiy kamchiliklari
hisoblanadi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə