pasayadi.
44
chastotasining yuqorililigi cho‘tka va kollektorlarning ishlash sharoitini og‘irlashtiradi
va ularni eyilishini
tezlashtiradi.
Reduktorli starterlarning qo‘llanishi ularning ishlab chiqarish texnologiyasini sezilarli darajada
o‘zgarishiga olib keldi. Xususan, tez aylanuvchi qismlarning mexanik mustahkamligi oshirildi, yakor
chulg‘amlarini izolyatsiya qilish uchun pishiqligi yuqoriroq bo‘lgan materiallar qo‘llaniladigan,
elektrodvigatelning asosiy zanjirlaridagi qalaylash yo‘li bilan ulanadigan birikmalar payvandlanadigan,
aylanuvchi qismlarni aniq muvozanatlashtirish amalga oshiriladigan bo‘ldi.
4.6-rasm
. Ichki ilashgan reduktorli starter:
1–old tomondagi qopqoq; 2– yuritma pishangi; 3– tortish relesining yakori; 4–tortish relesining
chulg‘ami; 5–kontaktli lappak; 6– uyg‘otish chulg‘ami; 7– cho‘tka; 8– podshipnik; 9– kollektor;10–
elektrodvigatel yakori; 11– reduktorning yetakchi shesternasi; 12– ichki ilashgan yetaklanuvchi tishli
g‘ildirak; 13– erkin yurish muftasi; 14– yuritma shesternasi; 15– yuritma vali.
4.7-rasm. Planetar reduktor va doimiy magnitli starter:
1– yuritma shesternasi ; 2– yuritma pishangi; 3– tortish relesi; 4– kollektor; 5–cho‘tka; 6–
doimiy magnitlar; 7– yakor; 8– planetar reduktor; 9– erkin yurish muftasi
45
Oxirgi vaqtda quvvati 2 kVt dan katta bo‘lmagan starterlarda doimiy magnitlardan uyg‘otilish
usuli
tobora keng tatbiq topmoqda (4.7-rasm, 6). Odatda soni oltita bo‘lgan doimiy magnitlar starter qobig‘ining
ichki qismiga diametri bo‘ylab mahkamlanadi. Doimiy magnit koersitiv kuchi nisbatan katta bo‘lgan stronsiy
ferritidan tayyorlanadi. Koersitiv kuchi katta bo‘lgan doimiy magnitlar starter ishga tushirilayotgan
jarayonda yuzaga keladigan “yakor reaktsiyasi” ta’sirida magnitsizlanishga chidamli bo‘ladi va o‘zining
magnit xususiyatlarini uzoq vaqt davomida barqaror saqlaydi. Mamlakatimizda chiqarilayotgan
Nexia
avtomobilining starteri elektrodvigateli ham doimiy magnitlardan uyg‘otilish prisipiga asoslangan.
Bu turdagi starterlarning yangi avlodiga temir-neodim-bor qotishmasidan tayyorlangan yuqori
energiyali doimiy magnitlar o‘rnatilmoqda. Bu magnitlar “Magnakvench” nomi bilan yuritiladi. energiyasi
22-30 kJ/m
3
bo‘lgan strontsiy ferritiga nisbatan “Magnakvench” magnitlarining energiyasi sezilarli darajada
katta bo‘lib, 100-290 kJ/m
3
doirasida yotadi. Bu magnitlar asosida tayyorlangan starterlar juda ixcham va
yengilligi bilan ajralib turadi. Temir-neodim-bor qotishmasining ancha qimmatligi, ochiq havoda
oksidlanishga moyilligi va temperaturaga ta’sirchanligi bu magnitlarning jiddiy kamchiligi hisoblanadi. Bu
kamchiliklarni bartaraf qilish uchun tayyorlash jarayonida magnitga maxsus ishlov berish zarur bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: